4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet238/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


kavshaganini – chaynaganini
likillaysan – qimirlaysan
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Jimjiloq” ertagi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Jimjiloq tuyaning qornidan qanday qutuldi?

  • U bo‘rini qanday jazoladi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

“Boshqotirma”.


1

J

I

Y

D

A













2

I

N






















3

M

U

Z



















4

J

O‘

J

A
















5

I

T






















6

L

I

M

O

N













7

O

Y






















8

Q

A

L

D

I

R

G‘

O

CH

  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish. “Jimjiloq” ertagini o‘qish.




Mavzu: “Bolalar hayotidan lavhalar”.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga o‘z hayotlari davomida ro‘y bergan qiziqar- li va unutilmas voqea-hodisalarni eslab, dadil, ravon, izchillik bilan so‘zlab berishni o‘rgatish.
FK 1: maktab kutubxonasidan foydalana olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga bolalik davri eng beg‘ubor, quvonchlarga to‘la davr ekanini tushuntirish, vaqtdan unumli foydalanish, uni behuda ishlarga sarflamaslikni tushuntirish.
TK 3: odobli bo‘lishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, ongli va ifodali o‘qish, maqollardan o‘rinli foydalanish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Bilag‘on”, “Maqollar zan- jiri” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: bolalar hayotidan lavhalar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Jimjiloq” ertagini navbat bilan o‘qiydilar. Bir necha o‘quvchi ertak mazmunini so‘zlab beradilar.

Test topshiriqlari:


    1. “Jimjiloq” ertagining muallifi kim?

A) Jonatan Svift B) Aka-uka Grimmlar
D) Chingiz Aytmatov E) Faxri Erdinch

    1. Nima bolani bargga qo‘shib yamlab yuboribdi?

A) ot B) sigir D) qo‘y E) tuya

    1. Bir kuni nima Jimjiloqni uchratib qolibdi?

A) tulki B) bo‘ri D) quyon E) ayiq

    1. Bo‘ri otlarga yaqinlashishi bilanoq Jimjiloq kimlarga xabar berar ekan?

A) cho‘ponlarga B) qo‘shnilarga D) ota-onasiga E) do‘stlariga

    1. Gapdagi tushib qolgan so‘zni aniqlang: “Shunday qilib, bo‘ri …

bo‘lib qolgan ekan”.
A) echki B) tulki D) it E) mushuk
O‘quvchilar yakka tartibda test topshiriqlarini bajaradilar. Test javoblari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohlanadi.
  1. Yangi mavzuni bayoni.


Bilag‘on” o‘yini. O‘quvchilarga turli raqamlar ko‘rsatiladi.
Ular alifboni eslab, shu raqam ortiga qaysi harf berkinganini topadilar va hosil bo‘lgan jumlani o‘qiydilar.

2

14

11

1

11

8

10

-

2

4

26

20

2

14

17

11

8

10

Javob:


B

o

l

a

l

i

k

-

b

e

g‘

u

b

o

r

l

i

k

Shu harflar bilan boshlanadigan insonlarga xos ijobiy va salbiy xis- latlarga oid so‘zlarni guruhlab yozib, o‘qib beradilar.
Masalan:

Beg‘ubor Odobli Latofatli
Bebosh Ochko‘z Laganbardor

O‘quvchilardan hosil bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izohlash so‘raladi.

Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Bolalar hayotidan lavhalar”.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bolalik eng beg‘ubor, quvonchlarga to‘la davr ekanini, vaqtdan unumli foydalanish, uni behuda ishlarga sarfla- maslik, bilim olib, baland cho‘qqilarga intilish lozimligini tushuntiradi.
O‘quvchilar o‘z hayotlari davomida ro‘y bergan qiziqarli va unutil- mas voqea-hodisalarni yozadilar hamda o‘qib beradilar.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilarga “Baxtli bolalik” mavzusida videolavha ko‘rsatiladi. Videolavha namoyishidan so‘ng o‘quvchilar o‘quvchilarga sa- vollar bilan murojaat etiladi.

  • Berilgan videolavha nima haqida ekan?

  • O‘zbekiston bolalariga qanday sharoitlar yaratilgan?

  • Chet ellik bolalar hayoti haqida nimalarni bilasiz?

  • Siz o‘zingizni baxtli deb hisoblaysizmi? O‘quvchilar javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

Maqollar zanjiri” mashqi. Har bir qatordan bittadan o‘quvchi doska oldiga chiqib, “bola” so‘zi ishtirok etgan maqollar aytishi kerak. Eng ko‘p aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Maqollar:

  • Ona daraxt – bola meva

  • Bol – shirin, boldan – bola shirin.

  • Onaning ko‘ngli bolada,

Bolaning ko‘ngli dalada.

  • Ota bola uchun taxt yasar,

Baxt yasata olmas.

  • Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der,

Kirpi bolasini yumshog‘im der.
G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Dars sizga yoqdimi?

    2. Darsda sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?

    3. Darsda olgan qaysi bilimingizni hayotda qo‘llashingiz mumkin? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Baxtli bolalik” mavzusida insho yozib kelish.




Mavzu: “Yoz” (Shukur Sa’dulla).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Yoz” she’ri bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: o‘rganilgan she’rning nomi, muallifi ajrata olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga muhabbat hissini tarbiyalash, ularga kattalar mehnatini qadrlashni o‘rgatish.
TK 3: tevarak-atrofga insoniylikka xos munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Mevalar”, “Qofiyadoshini top”
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling