4–mavzu: Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili reja


-topshiriq. Vatan mavzusidagi ushbu matndan publitsistik uslubga xos sintaktik xususiyatlarni aniqlang va ularni tahlil qiling


Download 37.28 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2023
Hajmi37.28 Kb.
#1189541
1   2   3   4
Bog'liq
3-m.pub.usl.

2-topshiriq. Vatan mavzusidagi ushbu matndan publitsistik uslubga xos sintaktik xususiyatlarni aniqlang va ularni tahlil qiling.
Men o‘zbek millatiga mansub emasman, ammo O‘zbekistonda dunyoga kelib, shu yerda voyaga yetganman, go‘zal O‘zbekistonni ona vatanim sifatida sevaman va ardoqlayman. Vatan deb atalmish bu ko‘hna zamin mustaqillik davrida yana ham chiroy ochdi. Butun dunyoga yuz tutdi. Vatan so‘zi qachon bugungidek mag‘rur jaranglagan? O‘zbekistonliklar o‘z Vatanini, ona zaminini doimo e'zozlab kelganlar, har bir qarich tuprog‘ining qadriga yetganlar. Ona vatanni xuddi ota-onani sevgan kabi sevmoq kerak. Jumladan, uning ozodligi, ravnaqi uchun kurashmoq zarur. Kelajakda O‘zbekiston jahonga mashhur va ma'lum, iqtisodiyoti qudratli, yuksak madaniyatli buyuk davlatga aylanishiga ishonchimiz komil.
Shu aziz vatan - O‘zbekiston barchamizniki ekan, uning har bir sarhadini yomon ko‘zlardan asrash bizning burchimiz bo‘lmog‘i kerak. Darhaqiqat, vatan tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi yo‘lida jonimizni ayamasligimiz zarur. Zero, Vatanimiz bir, taqdirimiz birdir.

3-topshiriq. “Venn” diagrammasi asosida quyidagi berilgan uslublarning o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsating.





Nazorat savollari:
l. Publitsistik uslub qaysi sohada qo‘llaniladi?
2. Bu uslubning maqsadi nima?
3. Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Publitsistik uslubda ijod qilgan mashhur kishilarni bilasizmi?
5. Publitsistik uslubning shakllanishiga asos bo‘lgan vositalarni ayting.
6. Publitsistik uslubning og‘zaki janrlari haqida ma'lumot bering.
7. Pamflet ijodkorlari kimlar?
8. Ocherk va felyetonning farqli jihatlarini ayting.
Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling