(sitopeniya), mielodisplaziya, Fe-, folat- va V12 etishmasligi bilan bog‘liq anemiya, trombopeniya kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Qon tarkibining zararlanishida (sepsis) immun tizimi hujayralarida amalga oshuvchi apoptozda qon tarkibida o‘sma nekrozi omilining (FNO-α) ortib ketishi kuzatiladi, boshqa bir holatda esa turli xil toksinlar va superantigenlar miqdori oshishi kuzatiladi. OITS kasalligida apoptoz CD4 bilan ta’sirlashuvchi gp 120 tizimi ishga tushishi qayd qilinadi.
Apoptoz jarayoni nekroz jarayoni bilan birgalikda bir qator neyrodegenerativ kasalliklarda – Alsgeymer, yonlama amiotrofik skleroz, Gentington sindromi, muskul atrofiyasi kabi patologiyalarda markaziy patogenetik mexanizmlardan birini tashkil qiladi. Neyronlar va miotsitlarning apoptoz jarayoni ta’sirida nobud bo‘lishi varianti bevosita insult va infarkt kasalliklarining boshlang‘ich bosqichlarida, jigar hujayralarining etanoldan zararlanishida va boshqa toksik birikmalar tasiridagi zararlanishlarda qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |