5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy ma’lumotlar


Qurilish maydonining zilzilabardoshligi


Download 1.44 Mb.
bet2/8
Sana24.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1718302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy m

15.2 Qurilish maydonining zilzilabardoshligi
Qurilish maydonining zilzilabardoshligi to‘lqinlar ta’siri natijasida hosil bo‘luvchi seysmik tebranishning yuqori qiymati amax yordamida ifodalanadi. Shuning uchun seysmik tezlanishning miqdorini to‘g‘ri va aniq belgilash inshoot loyihalashda katta ahamiyatga kasb etadi.
Bu maqsadda aholi yashaydigan yirik shaharlarda, sanoat, hamda suv inshootlari
qurilishi maydonlarida maxsus geologik va gidrogeologik izlanuvlar olib boriladi va yirik masshtabli xarita tuzilib, unda turli gruntlar o‘ziga xos ballar bilan ifodalanadi. „ Kichik seysmik rayonlashtirish ” deb nomlanuvchi mazkur xaritalardan tegraning zilzilaga nisbagan mustahkamligi va qurilish ishlari olib borish uchun qulay bo‘lgan maydonni tanlashda foydalaniladi (15.2- rasm).
Odatda, yahlit qoya jinslari, zich joylashgan, kam namli yirik va mayda zarrali gruntlarni zilzilaga chidamli gruntlar toifasiga kiritish mumkin. Shu bilan birga tik qiyaliklar, zax chuqurliklar va tekisliklar, shuningdek, to‘la namlangan mayda zarrali qumlar, yumshoq holatdagi loylar, o‘ta cho‘kuvchan gruntlar zilzilaga nisbatan noqulay hisoblanadi.
“Kichik seysmik rayonlashtirish” xarita tuzishda tadqiqotchilar turli holatlarni asos qilib olganlar. Masalan, Safaryan A. N., Popov V. V., Gzelishvili I. A. va boshqalar qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarini asos qilib olgan



15.2-rasm. Toshkent shahrining kichik seysmik rayonlashtirish


xaritasi (V. Mirzayev tuzgan)

bo‘lsalar, Savarenskiy YE. F., Antonenko E. M., Kas A. 3., Puchkov S. V. va boshqalar zilzila vaqtida yozib olingan gruntlar tebranishining spektr ko‘rsatkichlarini, Medvedev S. V., Bune V. I., Karapetyan V. K., Mirzayev V. M. va boshqalar esa maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlarini hisobga olgan holda turli asboblar yordamida yozib olingan gruntlarniig seysmik xususiyatlarini asos qilib olganlar.


Seysmik xaritalar umumiy asosga tayanib tuziladi. Biror tegra uchun xarita tuzilayotganda shu yerning muhandis-geologik qirqimi bo‘yicha „mezon grunt” tanlab olinadi. Ushbu mezon grunt seysmik nuqtai nazardan yirik masshtabli “Seysmik rayonlashtirish” xaritalarda mazkur tegra uchun ko‘rsatilgan ballga mos kelishi lozim (XV.3-rasm). Masalan, Toshkent shahrining “kichik seysmik rayonlashtirish» xaritasini tuzishda mezon grunt sifatida mayda tosh qabul qilingan.
15.1-jadval
Seysmik koeffitsiyent kc ning qiymatlari

Zilzila kuchi kuchi, ball

7

8

9

Seysmik koeffitsiyent

0,025

0,05

0,1

Mazkur tegradagi boshqa gruntlarning zilzila ballini aniqlashda S. V. Medvedev taklif etgan quyidagi ifodadan foydalaniladi:


 -lg([vk k)] , (15.6)
bunda: k - hisoblash balining mezon gruntiga nisbatan ortiq yoki kamligi;
vk , vm - kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlarda zilzila to‘lqinlarining tarqalish tezligi;
 k.  m - kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlar zarralarining zichligi.
Umumiy qabul qilingan qoidaga asosan (15.6) ifoda yordamida zilzila ballining aniqlashda qo’shimcha ravishda sizot suvlarining sathi hisobga olinishi lozim.
Masalan, agar qumli loy, loyli qum, yoki changsimon gruntlar qatlamlarida yer osti suvlari inshoot poydevoriga yaqin joylashgan bo‘lsa, u holda ushbu gruntga nisbatan seysmik ball bir qiymatga oshiriladi va hokazo.
Qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarini, hamda bino va inshootlarning zilzila oqibatida zararlanish holatlarini kuzatishlar natijasi “kichik seysmik rayonlashtirish” xaritalaridan foydalanish ba’zi kamchiliklardan holi emasligini ko’rsatdi. Ushbu kamchiliklarning asosida katta-katta maydonlarni seysmik jihatdan teng ballarga birlashtirish yotadi.
Ma’lumki, har qanday zamin gruntlari o‘zining tuzilishi va fizik-mexanik hossalari jihatidab bir-biridan tubdan farqlanadi. Shuningdek, qurilish maydonining tuzilmasi va gidrologik xususiyatlari ham turlichadir. Bunday holda butun bir tegra bo‘yicha yahlit bir seysmik ballga birlashadigan sharoitni topish xaqiqatdan yiroq.
Shuning uchun har bir alohida qurilish maydonining gruntlarini fizik-mexanik, mustahkamlik ko‘rsatgichlari va seysmik xususiyatlarini hisobga olgan holda hisoblash ballini aniqlash inshoot mustahkamligini ta’minlashning asosiy garovidir.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling