5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy ma’lumotlar


Zamin zilzilabardoshligini oshirishga


Download 1.44 Mb.
bet7/8
Sana24.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1718302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy m

15.7 Zamin zilzilabardoshligini oshirishga
yo’naltirilgan tadbirlar
Yuqoridagi (15.9) ifodaga murojaat qilamiz:

Mazkur ifodaga binoan qurilish maydonining seysmik mustahkamligi asosan ikki miqdorga, yani zilzila jarayonida vujudga keladigan tezlanish ( s) va muvozanat tezlanishi ( m) ga bog’liq.
Zilzilaning tezlanishi as tabiiy sharoitda hosil bo’lishi bois, uning asosiy ko‘rsatkichlari: tebranish amplitudasi A va davri T ga inson deyarli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Buning aksicha, muvozanat tezlanishi am zamin gruntlarining hossalari va inshootdan ta’sir etuvchi yukning miqdoriga bog‘liq bo‘lgani uchun, uning qiymatini istagancha o‘zgartirish yo‘li bilan zamin mustahkamligini oshirish mumkin.
Zaminlarning zilzilaga nisbatan mustahkamligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar turlichadir. Ularning ba’zilari gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini ( , c) oshirishga oid bo’lsa, boshqalari inshootning og’irligi, yoki uning qurilmalarini tanlashga qaratilgan.
Gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish tadbirlari. Gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ( :, c) ni oshirish bevosita muvozanat tezlanishi m va zaminning mustahkamlik koeffitsiyenti km miqdorini ko‘paytirishga olib keladi. Ushbu maqsadda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish mumkin:
- bo‘sh va g‘ovakli gruntlarni butun qatlam bo‘yicha zichlash;
- grunt zarralari aro bog‘lanish kuchini kimyoviy usullar yordamida oshirish;
- grunt zarralari aro bog‘lanish kuchini issiqlik ta’sirida oshirish;
- sizot suvlarini zamin atrofidan chetlatish va boshqalar.
Inshoot loyihasiga bo‘g’liq tadbirlar. Ushbu tadbirlarning eng oddiysi inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash va bo‘sh g‘ovak gruntlar qatlamini qisqartirish bilan bog’liq.
Inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash usulining mohiyati harqanday gruntning tashqi yukdan hosil bo’luvchi tik zo’riqish ta’sirida mustahkamligi oshishi xususiyatiga asoslangan. Ma’lumki poydevor uchun qazilgan xandaq ko‘pincha shu joydan olingan grunt bilan to‘ldiriladi. Deyarli zichlashtirilmagan bunday to‘kma gruntlar bo‘sh va g‘ovak holida joylashuvi oqibatida, zilzila ta’sirida cho’kishga moyil bo‘ladi. Agar ular zilzilaga qadar nam holatda bo‘lsa, zichlashuv jarayonida aks bosim ta’siriga uchrab, inshoot ostidagi gruntni yuksizlantirishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun avvalo poydevor atrofiga to‘kilgan gruntlar yetarli darajada zichlanishi, uning ustidan esa zilzilaga chidamli ashyolar bilai yuklanishi maqsadga muvofiq. Mazkur tadbir to‘kilgan gruntlarning muvozanat tezlanishini m oshirish bilan birga, zaminning mustahkamligini ta’minlaydi.
Inshootga taqab joylashtiriladigan qo’shimcha binolar, yoki zichlab joylashtirilgan yirik toshlar qo’shimcha yuk o’rning bosishi mumkin.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling