5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy ma’lumotlar


Download 1.44 Mb.
bet8/8
Sana24.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1718302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy m

Grunt qatlamini kamaytiruvchi tadbir sifatida poydevor chuqurligini oshirish, yoki qoziqli poydevorlar qo‘llash kabilarni aytish mumkin.
Chuqur poydevorlar har qanday inshoot: sanoat va jamoat, ko‘prik ustuni, suv inshootlari va boshqalar uchun ham qo‘l keladi. Bunda chuqur poydevorlar yordamida qo‘shimcha yerto‘lalar hosil bo‘lib, ular keltiradigan foydani nazarda tutilsa ushbu tadbirni beqiyosligiga ishonch hosil qilish mumkin..
Chuqur poydevorlar qo‘llanganda inshootdan tushayotgan bosim zaminning mustahkam, ko‘p yuk ko‘taruvchi qatlamlariga uzatilib, binoning umumiy turg‘unligi ta’minlanishi shubhasisdir.
Shu bilan birga grunt qatlami bo‘ylab chuqurlashgan sari uning mustahkamlik ko‘rsatkichlari , c ham ortib borishi bois muvozanat tezlanishi am ham yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Bu esa,o‘z navbatida, poydevor chuqurligini oshirish yo‘li bilan har bir alohida qurilish maydoni uchun am > as shartni yuzaga keltiriish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Bu masalada R.H.Rasulovning olib borgan izlanishlari diqqatga sazovordir. Tajriba yordamida o’ta cho’kuvchan gruntlar ustida olib brogan uning kuzatuvlari quyidagi hulosalarga olib keldi:

  1. inshoot zilzilabardoshligini oshirishga yo’naltirilgan chuqur poydevor qo’llash

tadbiri qatlam chuqurlashgan sari “seysmoo’tacho’kuvchanlik ostonasi” va “seysmoo’tacho’kuvchanlik moduli” ning miqdori ortib borishi bilan bog’liq;

  1. poydevor chuqurlashuvi bilan inshootdan zaminga uzatiluvchi hisobiy bosim

miqdori kamayadi;
v) poydevor chuqurlashgan sari zamindagi bo’sh qatlam qalinligi kamayadi;
g) zaminning zilzila ta’sirida qo’shimca cho’kishini ifodalovchi “seysmoo’tuvchanlik moduli” ning qiymati quyidagi omillarga bog’liq: gruntning donadorlik tarkibi, loyli zarralarning miqdori, zichlik-namlik va mustahkamlik ko’rsatkichlari, shuningdek,tashqi muvozanat va dinamik kuchlar va h.
Yuqoridagi hulosalarga tayanib izlanuvchi tomonidan o’ta cho’kuvchan gruntlardan tashkil topgan zaminlar zilzilabardoshligini ta’minlashga oid quyidagi ifoda taklif etildi:


H =   , (15.32)
bunda:  - ishootdan uzatiluvchi yuk;
  - seysmik koeffitsiyent;
  - tebranish chastotasi;
t – vaqt;
  - w namlikdagi gruntning zichligi;
 - w nalikdagi gruntning ichki ishqalanish burchagi;
cv - umumiy bog’lanish kuchi.
Ko‘pincha, inshoot zaminida katta qatlamli nihoyatda bo‘sh va g‘ovak gruntlar joylashgan bo‘lib, poydevor chuqurligini oshirish tadbiri qo‘l kelmasligi ham mumkin.
Bunday hollarda katta qatlamdagi bo‘sh va g‘ovak gruntlarni butunlay kesib o‘tish, inshoot yukini chuqur joylashgan pishiq qatlamlarga uzatishda ustun qoziqli poydevorlar qo‘llash maqsadga muvofiq. Bunday poydevorlarning asosiy afzalliklaridan biri ularni barpo etishda chuqur zovurlar qazishga va maxsus qurilmalar ishlatishga hojat yo‘qligidadir.
Shunday qilib, poydevor chuqurligini oshirish va ustun qoziqlar ishlatishdan asosiy maqsad bo‘sh va g‘ovak gruntlar qatlamini qisqartirish yo‘li bilan zaminlarning zilzilabardoshligini ta’minlashdir.
Hulosa qilib shuni aytish kerakki, zaminlarning zilzilabardoshligini oshirishning yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlari binokorlik amaliyotida foydalaniladigan tadbirlarning ayrimlari xolos, ularning soni har bir alohida sharoitga mos ravishda ortib borishi mumkin.
Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling