5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy ma’lumotlar


Download 1.44 Mb.
bet3/8
Sana24.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1718302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy m

15.3 „Zilzilabardosh zaminlar” usuli
So‘nggi yillarda kuchli zilzilalar sodir bo’ladigan tegralarda ko‘plab murakkab va noyob inshootlar bunyod etilishi bois ularning seysmik jihatdan mustahkamligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga mazkur inshootlar texnik-iqtisodiy tomondan ham qulay bo‘lishi kerak, chunki 1 ballga oshirib hisoblangan inshootning tannarxi umumiy narxning 4% dan ko‘p miqdorga oshib ketishi ma’lum.
Bu esa, o’z navbatida, zaminning zilzila ta’siriga nisbatan mustahkamlik holatini aniqlashda gruntlarning fizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatgichlaridan foydalanishni talab etadi. Zero har qanday inshootning zilzila vaqtidagi turg’unligi birinchi navbatda zamin gruntining deformatsiyasiga bog’liq.
Bu mavzuda zarralari bog‘langan gruntlarning seysmik holatini aniqlash uchun D.D.Barkan tomonidan quyidagi ifoda taklif etilgan:


  (15.7)



15.4-rasm. Zilzila tasirida guruntning
cho’kish koeffsentini o’zgarishi

bunda ks(h) gruntning hisobiy seysmik koeffitsiyenti;


kc – XV.1 jadvaldan olinadigan seysmik koeffitsiyent;
kgr - grunt mustahkamligini ifodalovchi koeffitsiyent.
Grunt mustahkamligini hisobga oluvchi koeffitsiyent inshoot zaminining hisobiy
bosimi ph yordamida quyidagicha aniqlanadi:
  (15.8)
bunda 2,5 - zilzilaga nisbatan o‘rtacha qarshilikka ega bo’lgan gruntning hisobiy bosimi.
Inshoot zamining zilzilabardoshligini baholashda H.Z.Rasulov tomonidan taklif etilgan „Zilzilabardosh zaminlar" usuli ham ancha qo‘l keladi. Ushbu usul nafaqat zamin gruntlarining fizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini va inshootning zaminga nisbatan bosimini, balki silzila kuchini ham inobatga oladi.
Mazkur usulga gruntning seysmik mustahkamlik koeffitsiyenti   asos qilib olingan. Ushbu koeffitsiyent qurilish maydonining hisobiy zilzila balini shu maydon joylashgan tegra uchun o‘rnatilgan ballga nisbatini quyidagicha ifodalaydi:
  (15.9)
bunda: s - qurilish maydoni joylashgan tegra uchun belgilangan eng kuchli zilzila tezlanishi;
am- muvozanat tezlanishi.
Muvozanat tezlanishi deb shunday zilzila tezlanishiga aytiladiki, uning ta’sirida tebranayotgan grunt o‘z mustahkamligini saqlaydi. Demak, zaminga ta’sir etayotgan zilzila tezlanishining miqdori muvozanat tezlanishidan yuqori bo‘lgandagina grunt mustahkamligini yo‘qotib, zarralar o‘rtasida o‘zaro zichlashuv yuz beradi, aks holda esa zamin yahlit holatda tebranishni davom ettiradi.
Muvozanat tezlanishi quyidagicha aniqlanadi:
 , (15.10)
bunda: g - jismning erkin tushish tezlanishi;
- zaminning istalgan nuqtasiga inshoot og’irligidan uzatiluvchi tik bosim;
w- gruntning ichki ishqalanish burchagi;
cv – gruntning umumiy bog‘lanish kuchi;
w- gruntning zichligi;
T - tebranish davri;
vk — zilzila ko‘ndalang to‘lqinining tezligi.
Qurilish maydonining seysmik jihatdan shu tegra uchun o‘rnatilgan ballga mos kelish sharti (15.9) ifodaga asosan km =1,0. Boshqa hollarda, ya’ni km < 1,0 yoki
km > 1,0 bo‘lganda qurilish maydonning zilzila ballini tegra balliga nisbatan km ning miqdoriga mos ravishda kamaytirilishi, yoki oshirilishi tavsiya etiladi.
Zilzilabardosh zaminlar usuli o‘zining oddiyligi, murakkab hisoblashlar va hech qanday qo‘shimcha xarajatlar talab etmasligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga uni amaliyotda qo‘llanishi qurilish maydonining zilzilabardoshligini baholashda yetarli darajada aniq ma’lumotlar bilan bog’liq (15.2- jadval).

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling