5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy ma’lumotlar


Suvga to‘yingai gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi


Download 1.44 Mb.
bet5/8
Sana24.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1718302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash 15. Umumiy m

15.5 Suvga to‘yingai gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi
Aytib o‘tilganidek, to‘la namlangan gruntlarning zilzila jarayonida quyqalanishi, asosan aks bosim shz ta’sirida yuz berib, bu ko‘pincha sochiluvchan (qum, tosh, shag‘al va b.) gruntlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi (15.12) ifodaga qaytamiz. Unga asoslanib zilzila ta’sirida gruntning ichki ishqalanish burchagi o‘zgarmas miqdor deb qabul qilinsa, u holda s ning qiymati aks bosim ta’sirida kamayishi kuzatiladi va, nihoyat, shz= s, holda Ss=0 bo‘lib gruntni to’la quyqalanish holatini ifodalaydi. Qolgan barcha hollarda, ya’ni shz ning 0 dan yuqori miqdorlarida grunt o‘zining muvozanat holatidagi siljishga qarshiligiga nisbatan kamroq qiymatga ega bo‘ladi. Demak, zilzila jarayonida sochiluvchan grunt mustahkamligini aniqlashda dinamik bosim miqdorini izlash katta ahamiyatga ega ekan.
Qumli gruntlarning zilzilaga nisbatan mustahkamligi va dinamik bosim qiymatini aniqlash yuzasidan I. V. Yarapolskiy A. Kazargrande, V. A. Florin, N. N. Maslov, P. L. Ivanov, M. N. Goldshteyn, H.Z.Rasulov, B. Sid., O. A. Savinov, Olson va ko‘plab boshqa olimlar izlanishlar olib borganlar. Dinamik bosimni aniqlashga oid turli ifodalar taklif etilgan. Ular orasida N. N. Maslovning „O‘ta namlangan qumli gruntlarning dinamik mustahkamligi" deb nomlanuvchi suv sizishi nazariyasida keltirilgan ifoda o‘zining ixchamligi va aniqligi bilan diqqatga sazovor.
 , (15.13)
bunda ks - gruntning suv sizdirish koeffitsiyenti;
H - grunt qatlamining qalinligi;
z - kuzatuv olib borilayotgan sath;
vn - dinamik cho‘kish koeffitsiyeiti.
Dinamik cho‘kish koeffitsiyenti tebranish jarayonida gruntning zichlanish tezligini ifodalaydi:
  , (15.14)
bunda: n - gruntning g‘ovakligi;
t - vaqt.
Dinamik bosimni (15.13) ifoda yordamida aniqlashda vn koeffitsiyentning ahamiyati katta. Uning miqdori har bir alohida grunt uchun uning zichligi, zarral sirtining tekis yoki notekisligi,o’lchamlar, seysmik ta’sirning miqdori va davomiyligi, inshootdan tushayotgan yukning miqdori va hokazolarga bog‘liq ravishda maxsus tajriba yordamida aniqlanadi.
15.4-rasmda gruntlarning dinamik cho‘kish koeffitsiyenti bilan zichlik orasidagi bog‘lanish chizmasi keltirilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, (15.13) ifoda sochiluvchan gruntlar uchun taklif etilgan bo‘lib, undagi dinamik bosim faqat grunt qatlami bo‘ylab egri chiziq shaklida o‘zgaradi (15.5- rasm).
Bog‘langan gruntlar ustida so’nggi yillarda Rasulov H.Z va uning shogirdlari olib borgan izlanishlari, zilzida ta’sirida ular mustahkamligini buzilishi, dastavval bog’lanish kuchining vaqt davomida o’zgarishiga, so’ngra esa dinamik bosim miqdoriga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur gruntlarda dinamik bosim (hz) faqat qatlam chuqurligi bo‘ylab o‘zgarmay, balki bog‘lanish kuchining o‘zgarishiga moslashgan holda vaqt davomida ham ortishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa to‘la namlangan holatdagi bog‘langan gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi qumli gruntlarga nisbatan ancha murakkab ekanligidan darak beradi.
Bog‘lanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishi cw(t) quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Cw (t) = Cw (0) + [Cw (b) - Cw (0)]∙e-µt , (15.15)

bunda: cw (b), cw(0) - bog‘lanish kuchining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari;


- bog‘lanish kuchining o‘zgarishini ifodalovchi koeffitsiyent.
Koeffitsiyent tajriba yordamida quyidagicha aniqlanadi:
  . (15.16)
15.6-rasmda bog‘lanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishi tasvirlangan.
Yuqorida takidlaganimizdek, nam holatdagi bog‘lanishli gruntlarda hosil bo‘luvchi dinamik bosim vaqt davomida o‘zgaruvchandir.
Bu o‘zgaruvchanlik muallifning quyidagi ifodasi orqali aks etgan:
 , (15.17)
bunda: v6 - dinamik cho‘kish koeffitsiyentining boshlang‘ich qiymati;
- dinamnk bosimning kamayish tezligini ifodalovchi tajriba orqali
aniqlanadigan koeffitsiyent;
H - jiddiy qatlam qalinligi.
Tajriba orqali aniqlangan dinamik bosimning vaqt birligida o‘zgarishi (15.17)
ifodaga mosligini 15.7- rasmdan kuzatish mumkin.
Dinamik bosim miqdorini (15.17) ifoda yordamida aniqlash uchun zilzila
ta’sirida cho’kish yuz beradigan jiddiy qatlam qalinligi H ni topish alohida ahamiyatga ega. Ushbu qiymatni aniqlashga oid quyidagi ifoda taklif etilgan:
  (15.18)
Mazkur ifoda faqat jiddiy qatlam balandligini aniqlabgina qolmay, balki uning zilzilaga bardoshligini oshiruvchi tadbir tanlashda ham ahamiyatlidir.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling