5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


Yig‘ma temir-betonning gidrotexnika qurilishidagi ahamiyati


Download 1.06 Mb.
bet10/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

4. Yig‘ma temir-betonning gidrotexnika qurilishidagi ahamiyati.
Yig‘ma temir-beton jihozlari va konstruksiyalarining gidrotexnika qurilishida qo‘llanishi, inshootlar tiklanish jarayonlari industrializatsiyasini oshirish mehnat sarfini kamaytirish va qurilish jarayoni davomiyligi qisqarishiga olib keladi. Gidrotexnika inshootlari qurilishida yig‘ma temir-beton hajmi umumiy beton ishlari hajmining 10-12% gacha tashkil etishi mumkin. Bunga sabab gidrotexnika inshootlari konstruksiyalari individual harakterga ega va shu sababli temirbeton jihozlarini zavodlar sharoitda katta miqdorda tayyorlash texnik iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi.
Gidroelektrostansiya binosi konstruksiyasidagi yig‘ma temirbeton elementlari 18.1. – rasmda keltirilgan.
Yig‘ma monolit konstruksiyalar – bu bir necha temirbeton elementlarining yig‘ilishi natijasida inshootning tashqi sirtini hosil qiluvchi konstruksiyalardir. Ushbu elementlarni tayyorlashda, ularga qisman yoki to‘liq ishchi armaturalar o‘rnatiladi. Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarining yig‘ma-monolit elementlariga quyidagilar kiradi:
- Suv o‘tkazuvchi; suv olib ketuvchi; suv olib keluvchi inshootlar; so‘ruvchi quvurlar; spiral kameralar; suv o‘tkazish galereyalari qoplamalari; beton to‘g‘onlarning ayrim elementlari. YUqorida nomlari qayd etilgan elementlarning eng katta gabarit o‘lchamlari 10 m gacha va og‘irligi 20 t dan oshmaydi.
- gidroelektrostansiyalardagi shaxta quvurlarning suv oqadigan buralish qismlaridagi egri chiziq shaklidagi, og‘irligi 25 t gacha bo‘lgan plitalar.
- gidrotexnika inshootlaridagi ishchi va zahira zatvorlarning maxsus qurilmalarini o‘rnatish uchun balandligi 6 m gacha, og‘irligi 25 t va undan ortiq bo‘lgan P-shaklidagi kesimga ega bo‘lgan ustun va pazlar konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan elementlar.

18.1 Gidroelektrostansiya binosi konstruksiyasi yig‘ma temir beton elementlari
1 - oqim yo‘naltiruvchi devor; 2 – yuqori b’ef zatvorlar bo‘limi qoplamasi; 3 – GES yuqori qismi tuzilishi elementlari; 4 – ginrator joylashadigan stakan; 5 – mashina zali poli qoplamasi; 6 – transformatorlar va tarqatuvchi qurilmalar o‘rnatilgan joyning qoplamasi; 7 - ko‘priksimon o‘tishlar elementlari; 8 – pastki b’ef zatvorlar bo‘limi qoplamasi; 9- xizmat ko‘rsatish bo‘limlari devorlari; 10 – suv xaydovchi bo‘limlar qoplamalari; 11 – suv xaydovchi quvurlar buralish qismlar qoplamalari; 12 – yo‘naltiruvchi devor; 13 – speral kamera qoplamasi.
- og‘irligi 10 t dan 25 t gacha bo‘lgan, tarkibida ishchi armaturalari bo‘lgan turli xil plitalar va bloklar ko‘rinishidagi, armatura-qolip konstruksiyali devorlar.
- og‘irligi 5 t dan 10 t gacha bo‘lgan turli xil bloklar va plitalar ko‘rinishidagi, inshoot bloklari oralariga mo‘ljallangan beton va temir-beton qoliplar elementlari.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling