5-мавзу. Харид логистикаси


-Расм. Таъминот функсиясини амалга ошириш билан боғлиқ ишлар ва масалалар


Download 0.66 Mb.
bet3/9
Sana14.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1003406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Xarid logistikasi

10-Расм. Таъминот функсиясини амалга ошириш билан боғлиқ ишлар ва масалалар

Bunda ko‘rinib turibdiki, nima sotib olish va qancha sotib olish masalasi ishlab chiqarish bo‘yicha masala rahbariyat tomonidan echiladi.


10-rasmda keltirilgan variantda, korxona ta’minoti bo‘yicha barcha funksiyalarni bir qo‘lda, masalan moddiy-texnikaviy ta’minot bo‘limiida, mujassamlanishi ko‘zda tutiladi.
Xarid qilingan mehnat buyumlarini omborga qo‘yish ishlari ham shu yerda bajariladi.
Ta’minot ishlari ham shu yerda bajariladi, ya’ni shartnomalar tuziladi, ularning bajarilishi nazorat qilinadi, sotib olingan mahsulotlarni etkazish tashkil etiladi. Natijada ta’minot jarayonidagi moddiy oqimlarni boshqarish funksiyasi har xil bo‘limlar orasida taqsimlangan va uni samarali amalga oshirilishi qiyinlashgan vaziyatga duch kelamiz.
Bunday tuzilma, mehnat buyumlarini xarid qilish bosqichida moddiy oqimlarni logistik optimallashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» kabi masalaga ikki xil alternativ (muqobil) variantdan birini tanlash kiradi:

  • bevosita ishlab chiqaruvchidan tovar resurslarini sotib olib, mustaqil ravishda assortimentni shakllantirish;

  • yirik partiyalarni maydalashtirish, keng assortimentni shakllantirish va iste’molchilarga butun holda etkazish bilan shug‘ullanadigan vositachilardan tovar resurslarini sotib olish.

Bevosita ishlab chiqaruvchidan ko‘ra vositachidan sotib olish qulay bo‘lgan hollarning sabablarini ko‘rib chiqamiz.

  1. Tovar resurslarini vositachidan xarid qilib, korxona, odatda, keng assortimentni kichik partiyalar bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada, zaxiralarga, omborlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, assortimentni ayrim turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlar hajmi ham kamayadi.?

  2. Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past bo‘lishi mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda o‘z mahsulotini sotadi:

A) kichik hajmdagi xaridorlar uchun – 10 so‘m (bir birlik mahsulotga)
B) yirik hajmdagi xaridorlar uchun – 8 so‘m (bir birlik mahsulotga)
Vositachi, yirik partiyani 8 so‘mdan sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga, ustiga 12% qo‘shib, 8so‘m 96 tiyindan sotadi. Vositachi bu ishni amalga oshirishi mumkin, chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqaruvchiga esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 so‘mdan sotishga majbur.

  1. Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan ko‘ra uzoqroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qo‘shilib, narx orasidagi farq yanada oshib ketadi.

«Ishlab chiqarish yoki xarid qilish» masalasi yechilgandan, va korxona qaysi xom ashyo va qaysi mahsulotlarni xarid qilish zarur ekanligi belgilab olganidan so‘ng, etkazib beruvchini tanlash masalasini hal qilishga kirishiladi. Bu ishning asosiy bosqichlarini sanab o‘tamiz va tavsiflaymiz.

  1. Potensial etkazib beruvchilarni izlash.

Bunda quyidagi uslublar qo‘llanilishi mumkin:

  • tender e’lon qilinishi;

  • reklama ma’lumotlarini: firma kataloglarini; ommaviy axborot vositalaridagi e’lonlarni va boshqalarni, o‘rganib chiqish;

  • ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurish;

  • potensial etkazib beruvchilar bilan aloqada bo‘lish.

Sanab o‘tilgan tadbirlar natijasida potensial etkazib beruvchilar ro‘yxati shakllanadi, va u doimo yangilanib turiladi.

  1. Potensial etkazib beruvchilarning tahlili.

Potensial etkazib beruvchilarning tuzilgan ro‘yxati, talablarga mos keladigan etkazib beruvchilarni tanlash imkoniyatini beradigan maxsus mezonlar asosida tahlil qilinadi. Bunday mezonlar soni bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pgina hollarda etkazilayotgan mahsulotning narxi va sifati bilan, hamda etkazib beruvchining ishonchliligi (bunda etkazib beruvchining mahsulotni etkazish muddati, assortimenti, butligi, sifati va miqdori bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish tushuniladi) bilan cheklanadilar.
Yetkazib beruvchini tanlashda e’tibor berilayotgan boshqa mezonlarga quyidagilar kiradi:

  • yetkazib beruvchini iste’molchidan yiroqda joylashishi;

  • joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddatlari;

  • zaxira quvvatlari mavjudligi;

  • yetkazib beruvchida sifat boshqaruvini tashkil etilishi;

  • yetkazilayotgan uskunalarning butun xizmat muddati davomida ehtiyot qismlarini etkazib berish qobiliyati;

  • yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli va boshqalar.

Potensial etkazib beruvchilarni tahlili natijasida aniq etkazib beruvchilar ro‘yxati shakllanadi, va ular bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib boriladi.

  1. Yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash.

Imzolangan shartnomalar bo‘yicha ish natijalari etkazib beruvchini tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus baholar shkalasi ishlab chiqiladi, u etkazib beruvchini reytingini hisoblash imkonini beradi.
Reytingni hisoblashdan oldin xarid qilinayotgan mehnat buyumlarini farqlanishini (differensiatsiya) amalga oshirish lozim.
Xarid qilinayotgan tovarlar, xom ashyo va butlovchi mahsulotlar, odatda, ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan bir xil qimmatga ega emas. Masalan, urug‘ning yo‘qligi qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonini to‘xtab qolishiga olib keladi (xuddi savdoda ayrim tovarlarning tanqisligi – savdo korxonasi daromadining kamayishiga olib kelgani kabi), xuddi shunday o‘g‘it, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarning o‘z vaqtida etkazilmasligi ham yig‘im-terim mavsumini ancha orqaga surishi yoki yetishtirilayotgan mahsulotni umuman nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mehnat buyumlarining ushbu kategoriyasida etkazib beruvchi tanlashning asosiy mezoni etkazishlarning ishonchliligi hisoblanadi.
Yetkazib beruvchining reytingini hisoblashga misol keltiramiz (4.1-jadval). Faraz qilaylik, korxona A mahsulotni xarid qilishi lozim, va uni tanqisligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Demak, etkazib beruvchini tanlashda birinchi navbatda etkazishning ishonchliligi mezoni e’tiborga olinadi. Boshqa mezonlarning ahamiyati esa, ta’minot bo‘limi xodimlari tomonidan ekspert yo‘li bilan aniqlanadi (4-jadval).

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling