5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
К. Маркс, Ф. Энгельс. Танланган асарлар. 1-том, Т., 1980, 2-6.
hollarda ularning asosida shahvoniy qoniqmaslik, shahvoniy intilish yotganini aniqlagan. Jamiyatdagi odob-axloq qoidalari va me’yorlari ularni ong ostiga siqib chiqarib yuborgan, kasalning o‘zi xatto ruhiy xastaligining asl sababini bilmagan. Freyd aniqlashicha, odob-axloq qoidalari, umuman madaniyat insonning asl istaklari va intilishlarini, demak, inson tabiatini xiralashtiradi va “korreksiya” qiladi (tahrir qiladi), ong ostiga siqib chiqaradi. Karl Yungning arxetiplari marksizmning ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, moddiy-iqtisodiy bazis o‘zgarishi mafkuraviy ustqurma yangilanishiga olib keladi, degan tezisiga mos kelmaydi. Arxetiplar odamlar ongi ostida saqlanib qolingan o‘tmish qarashlari, g‘oyalari qoldiqlaridir. Ularning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan voqelik, ijtimoiy munosabatlar allaqachon – bir- necha yuz va ming yillar avval yo‘qolib ketgan. Ammo ular jamoaviy ongsizlik unsurlari sifatida hamon mavjud va ba’zan inson hulq-atvoriga, irodasiga, muayyan qaror qabul qilishiga, kayfiyati va sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatadi. Freyd va Yung xulosalari marksizmning inson haqidagi qarashlari cheklanganini ko‘rsatdi. Sotsializm amaliyoti marksizmga yanada qattiqroq zarba berdi. Sotsializm individuallikni hisobiga olmaslik va mulkni to‘liq davlatlashtirish, insonni mulkdan begonalashtirish jamiyatni inqirozga olib kelishini, barcha yuksak umidlar chipakka chiqishini ko‘rsatdi. Marksizmning mehnat borasidagi tamoyili “har kimdan imkoniyatiga qarab, har kimga mehnatiga yarasha” deyilsa-da, amalda sotsialistik mamlakatlarda ishchi-xizmatchilarga haq to‘lashda tekischilik ustunlik qilardi. Real hayotda ishlovchilarning mehnat unumdorligi, mehnatga munosabati bir xil emas. Kimdir o‘ta harakatchan, unumli mehnat qiladi. Kimdir shoshilmasdan sekin ishlaydi, kamroq mahsulot chiqaradi. Bir ishchining malakasi yuqori, mahsulotning sifati a’lo. Ikkinchisining malakasi past, mahsulotning sifati o‘rtacha. Kimdir vijdonan ishlaydi, mehnatkash, kimdir dangasa. Ularga bir xil oylik maosh to‘lansa, oqibatda mehnatga munosabat jamiyat miqyosida ich-ichidan yemiriladi. Yaxshi ishchilar o‘rta miyona ishchilardek mehnat qila boshlaydi, chunki moddiy manfaatdorlik yo‘q. Natijada mehnat unumdorligi va mahsulot sifati pasayadi. Na ishchilar, na korxonalar sotsializm sharoitida unumli va sifatli ishlashdan manfaatdor. Hech qanday raqobat yo‘q. Bu o‘z navbatida yangi texnologiyalar rivojlanishiga, ishchi-xizmatchilar malakasi o‘sishiga xalaqit beribgina qolmasdan, odamlarning kommunistik g‘oyalarga ishonmay qo‘yishiga, sotsializmning tizimli inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. Xususiy mulkchilik sharoitida tashmachilik va qo‘shib yozishlar, korxonalarning o‘z mijozlarini aldashlar yo‘q edi. To‘g‘ri, ayrim qallobliklar bo‘lib turgan, ammo ular jamiyat mohiyatidan kelib chiqmas edi. Individual xususiyatlari tan olinmagan va mulkdan begonalashgan inson o‘z tabiatidan ham begonalashdi, sotsializm qurishning vositasiga, oddiy murvatchasiga aylanib qoldi. Inson tabiati to‘g‘risidagi marksistik qarashlar oqlanmadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling