5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
belgisidir. Xalqimizning asriy turmush tajribasi asosida qaror topgan
kundalik ongida mazkur savolga quyidagicha javob beriladi: insonning yashashdan maqsadi ezgu ishlar qilib, munosib farzandlar tarbiyalab, yaxshi nom qoldirishdir. Mazkur sodda va nihoyatda dono fikrdan kelib chiqib, inson tabiati – bu ezgulikka yo‘naltirilgan orzu-havaslari, aql-zakovati, bilimlari va amaliy ishlari asosida yotgan irodasidir deyish mumkin va joiz. Falsafiy va diniy ta’limotlarda insonning yashashdan maqsadi, degan savolga murakkablashgan va chalkash javoblar beriladi. Jahonning barcha yirik dinlari bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi. Insonning yashashdan maqsadi foniy dunyoda xayrli (savobli) ishlar qilib boqiy dunyoga tayyorgarlik ko‘rish, jannatga (buddaviylikda – nirvanaga) sazovor bo‘lish degan g‘oyani yoqlaydi. Ayrim diniy oqimlar va mazhablar bu masalani yanada keskinroq qo‘yadilar. Masalan, xristianlarda o‘rta asrlarda «ruhingni qutqarish uchun pushtingni so‘ndir», degan da’vat keng tarqalgan edi. Tasavvuf riyozat cheksang, nafsoniyatdan, xususiy manfaatlardan qutulsang, o‘zligingdan kechsang, Haq vasliga vosil bo‘lasan, deydi. Agar ma’naviyat — inson tabiatini yuzaga chiqarishga, mustahkamlashga va rivojlantirishga, insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aqliy va hissiy talablarni ham qamrab olishini nazarda tutsak, yuqoridagi qarashlar bugungi tushunchadagi ma’naviyat mazmunini to‘liq ochib berolmasligini ko‘ramiz. Dunyoviy falsafa vakillari antik zamonlardanoq insonning yashashdan maqsadi zavq-lazzatli, huzur-halovatli umr kechirish (gedonizm) yoki baxtli bo‘lish (evdemonizm), deb bilganlar. Bu qarashlar turli davrlarda turlicha ifodalarda qaytarilgan. Forobiy evdemonizm tarafdori bo‘lgan. «Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv...», «Insoniy vujuddan maqsad eng oliy baxt-saodatga erishuvdir», deb uqtirgan alloma 10 . O‘z fikrini davom ettirib, Forobiy inson avvalo baxt-saodatning nimaligini bilmog‘i zarurligini, unga 10 Абу Наср Форобий. Ўша асар, 188-6. erishuvni o‘ziga oliy maqsad qilib olmog‘i, unga eltadigan ish-amal va vositalarni bilmog‘i va bajarishga kirishmog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Forobiy tushunchasidagi baxt-saodat va farovonlik bu zavq-shavqning, lazzatlanishning avloddan-avlodga o‘sib borishidir. Forobiy evdemonizmi ruhoniy gedonizmga asoslangan. Forobiy qarashlaridan kelib chiqib ma’naviyatni aniqlaydigan bo‘lsak, u birinchi navbatda insonning (jamiyatning) ijobiy, musbat bilimlari, zavq-shavqi, hayotdan lazzatlanish tuyg‘ulari, oliy maqsadga, idealga va bunyodkorlikka, baxt-saodatga intilishdir. Marksizm, evdemonizm va gedonizmni inkor qilmasada, lekin ularga nopisand qarab, insonning yashashdan maqsadi o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, hayotda shaxs sifatida o‘zini namoyon qilish, deb hisoblaydi. Shaxs deganda esa har tomonlama uyg‘un rivojlangan, jismonan yetuk, «haqiqiy ilmiy dunyoqarashga» ega faol kishini tushunadi. Marksizmning masalaga bunday yondashuvi bilan qo‘shilish mumkin bo‘lardi, agarda u sinfiylik, partiyaviylik va jangavor ateizm tamoyillarini ilmiy dunyoqarashning o‘zaklari deb qaramasa. Mazkur tamoyillar esa «ilmiy dunyoqarash» va «uyg‘un rivojlangan shaxs» tushunchalari mazmunini juda-juda cheklab, biryoqlama qilib qo‘yadi. Axir biryoqlama, hatto ba’zan mutaassiblarcha fikrlaydigan shaxsni har tomonlama uyg‘un rivojlangan shaxs deb bo‘lmaydi. Inson tabiati, insonning yashashdan maqsadi haqidagi barcha ta’limotlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, bu ta’limotlar o‘rtasidagi vorisiylik va munozaralarni tahlil qilish alohida mavzu. Yuqorida keltirilgan asosiy qarashlarni umumlashtirib, xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’naviyat insonning asl tabiatini, uning ijtimoiyligini (jamoaviyligini) va shaxs sifatida individualligini, milliy va individual irodasini mustahkamlashga, uning aqliy va hissiy ichki dunyosini tarbiyalashga, kamol toptirishga, ijodiy va bunyodkorlik imkoniyatlarini (qobiliyatini) yuksaltirishga, jamiyatning madaniy merosini boyitishga, muhitini yaxshilashga xizmat qiladi hamda uning o‘zi ulardan tashkil topadi. Industrial jamiyat va unga xos bozor iqtisodiyoti qaror topishi iqtisodiyotni va ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu o‘z navbatida odamlarning o‘zaro va jamiyat bilan aloqalariga, munosabatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, ularni ancha o‘zgartirdi. Postindustrial jamiyatda juda kuchli rivojlangan iste’molchilik psixologiyasi, insonning zo‘ravonlikka asoslanmagan har qanday ehtiyojlarini qondirish, keskin individualizm, egotsentrizm va vulgar antropotsentrizm inson tabiatiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotining asosiy maqsadi “islohotlar islohot uchun emas, inson uchun” tamoyilida ifodalanadi. Islohotlardan maqsad – inson omili rivojlanishi uchun, u to‘q va farovon, erkin va ozod yashashi, o‘z imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishi, yuksak ideallar, ezgu orzu havaslar yo‘lida mudom takomillashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, ya’ni insonning asl tabiatini rivojlantirishdir, uni haqiqiy ma’naviy shaxsga aylantirishdir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling