5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
avvalo, o‘rganilayotgan narsa va hodislar to‘g‘risida xolis va haqqoniy axborotni
to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirishdir. Ikkinchidan, o‘rganilayotgan narsa va hodisalarning boshqa narsa va hodisalar, tabiiy va ijtimoiy muhit bilan aloqalari, o‘zaro ta’siri, bu ta’sir ostida ularning o‘zgarishi, evrilishi, tadriji, ya’ni o‘zaro axborot almashuvi, birgalikdagi tadriji (koevolyusiyasi), yangi sifatlarga o‘tishi to‘g‘risida axborot to‘playdi, xulosalar chiqaradi, rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini aniqlaydi. Demak, ilmiy tadqiq etishga, umuman bilish jarayoniga axborotlashish metodologiyasidan kelib chiqib yondashish mumkin va joizdir. Axborot yondashuvi (informatsion yondashuv) zamonaviy ilmiy metodologiyaning istiqbolli usullaridan biriga aylanib boryotir. Narsa va hodisalarning o‘zaro ta’sirini mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy axborot almashuv shakllariga bo‘lish mumkin. O‘simlikka vegetatsiya davrida quyosh energiyasi, tuproq va uning tarkibidagi mineral va organik moddalar, namlik, havo (atmosfera) mo‘tadil va o‘simlik uchun optimal ta’sir ko‘rsat-sa, u yaxshi rivojlanadi va, aksincha, harorat haddan oshib ketsa, namlik etishmasa, u qurib qolishi mumkin. Chunki uning tashqi muhitdan, tabiatdan olgan axboroti undagi yashash genlari faoliyatini to‘xtatib, o‘lim, halok bo‘lish genlarini harakatga keltiradi. Kuz kelib, havo harorati va bosimi o‘zgarishi, quyosh radiatsiyasi kamayishi, kunlar qisqarib daraxtlarning tanasidagi shiraning shox va tanadan ildiz tomon harakat qilib, ildizda to‘planishiga olib keladi. Daraxt tabiatdan olgan axborotiga binoan barglarini to‘kadi, tanasidagi namlikni minimallashtiradi. Aks holda qattiq sovuq tushsa, daraxt tanasidagi namlik (suv) muzlab, to‘qimalarini uzib, parchalab yuboradi, daraxt halok bo‘ladi. Informatsion yondashuv ayniqsa murakkab tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bus- butunlik va tizim sifatida o‘rganishda yaxshi samara beradi. Bus-butunlik va uning qismlari, tizim va uning tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va ta’sirlarni o‘rganishda, qismlarning bus-butunlik doirasida, tuzilmalarning tizim (sistema) doirasida bir-biriga ta’siri, birgalikda harakat qilishi, ma’lum funksiyalarni bajarishi, umumiy funksiyaning u yoki vazifalarining qismlar, tuzilmalar o‘rtasida “taqsimlanishi”, ya’ni o‘ziga xos ular o‘rtasida “mehnat taqsimoti”ni to‘laroq va teranroq bilib olishda informatsion yondashuv katta ahamiyat kasb etadi. Yana axborotlashuv evolyusiyasiga qaytamiz. Qog‘ozning kashf etilishi va kitobot san’atining vujudga kelishi barcha bilimlarni, jumladan ilmiy bilimlarni to‘plash va avloddan-avlodga uzatish borasida inqilob yasadi. Dastlab kitoblar qo‘lyozma shaklida edi. Kitob bosishning kashf etilishi, matbaachilikning vujudga kelishi yana bir inqilobga sabab bo‘ldi. Uch-to‘rt nusxada qo‘lda ko‘chiriladigan, zarurat tug‘ilsa, yana ko‘chiriladigan, shu bois juda cheklangan miqdorda va cheklangan darajada ma’lum - mashhur bo‘lgan ilmiy bilimlar, endi matbaachilik tufayli ulkan adadlarda chop etilish va ulardan dunyoning istagan mintaqasiga olib borib, foydalanish imkoni paydo bo‘ldi. Ilmiy bilimlarning to‘planishi, mujassamlanishi, o‘zlashtirilishi natijasida ilm-fanning tez rivojlanishi uning yangi tarmoqlari va yo‘nalishlarining vujudga kelishi tufayli ijtimoiy taraqqiyotga axborotning ta’siri yildan-yil kuchaya boshladi. XIX asr yozuv mashikasining, XX asrda teletayp va kompyuterlarning ixtiro qilinishi, maxsus ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnallar qatorida sof ilmiy, ilmiy-referativ jurnallarning, nashrlarning paydo bo‘lishi mazkur jarayonni yanada jadallashtirdi. Axborot sohasida “portlash” yuz berdi. An’anaviy usullarda to‘plangan, chop etilgan kerakli mavzulardagi mavjud ilmiy informatsiyani izlab topishning, tahlil etishning o‘zi qiyin muammoga aylandi. Zarur ilmiy ma’lumotni topishdan qayta kashf etish ba’zan osonroq bo‘lib qoldi. Ilm-fanda takrorlanishlar, parallelizm, hal qilingan muammolarni, kashf qilingan ixtirolarni qayta hal etish, qayta kashf qilish hollari qo‘paydi. Ilmiy tarqoqlik, takrorlanishlar olimlarning, ilmiy markazlarning bir-birining tadqiqotlari natijalaridan yetarlicha xabardor emasligi tufayli (maxfiy, texnologiyalar va sh.k.lar bilan bog‘liq alohida tadqiqotlar – boshqa gap ) yuz bermoqda. Masalan, ayrim mavzularga, aytaylik, Amir Temur, Yu.Sezar, Napoleon kabi buyuk tarixiy shaxslar, yozuvchilar, olimlar hayotiga, faoliyatiga, ijodiga, alohida olingan asarlariga bag‘ishlangan turli tillardagi tadqiqotlar, kitoblar soni keyingi ikki asrda har biri bo‘yicha 3-5 ming va undan ortiq raqamni tashkil etadi. Yangi tadqiqotchi ularning hammasini, birinchidan, topolmaydi, bir joyga yig‘olmaydi, ikkinchidan, tahlil qilish u yoqda tursin, hatto to‘liq o‘qib chiqishga ulgurmaydi. Shu sababdan barcha ilmiy bilimlarni (boshqa turdagilarni – tarixiy hujjatlarni, badiiy adabiyotni ham) axborotlashtirish, kompakt disklarga ko‘chirish, internet tarmog‘iga joylashtirish, elektron kutubxonalar tashkil etish, alifbo tartibida va tematik jihatdan tizimlashtirish dolzarb muammolardan biridir. Ushbu yo‘nalishda butun dunyoda izlanishlar va amaliy ishlar jadal olib borilmoqda. Ilmiy bilimlarni (boshqa turdagi bilimlarni ham) axborotlashtirish ularning faqat elektron variantlarga o‘tkazilishinigina anglatmaydi. Shuningdek, ularni mavzularga, muammolarga bo‘lib tizimlashtirishni va zarur ilmiy axborotni izlab topishning qulay saytlarini, portallarni, kodlarini, nusxa ko‘chirish, o‘qish, foydalanish usullarini yaratishni ham bildiradi. Hech bir olim, tadqiqotchi o‘ziga kerakli ilmiy axborotni aks ettiruvchi barcha tillarni bilmaydi. Bu esa ularni jahonning keng tarqalgan asosiy tillariga o‘girish, yoki texnik vositalar yordamida tarjima qilish zaruratini tug‘diradi. Ilmiy axborotni tarjima qilish, fan sohalari bo‘yicha referativ jurnallar (yangi tadqiqot natijalarini kengaytirilgan annotatsiyasi, bayoni) chop etish va elektron variantda ham aks ettirish axborotlashtirishning yana bir shaklidir. Axborotlashtirish elektron tarjimalar, ikki va ko‘pjildli lug‘atlar yaratish bilan muvoziy olib borilmoqda. Bundan tashqari, axborotlashtirish elektron kitoblarni, maqolalar va ma’lumotlarni vizual olish qatorida “ovozli” olish, ya’ni eshitishga mo‘ljallanishi kerak. Chunki displeydagi, ekrandagi yozuvni o‘qish kishi ko‘zini tez toliqtiradi. Fanni axborotlashtirish ilmiy bilimlarni axborotlashtirishga nisbatan kengroq tushuncha. U yuqorida aytilganlardan tashqari, fanning o‘zini, tadqiqot vositalarini, ilmiy qurilmalar, laborotoriyalar, markazlarni axborot texnologiyalariga asoslangan kompyuter dasturlari (umuman raqamli, dasturiy axborot) bilan ta’minlashni nazarda tutadi. sentrofugalardagi, sinxrofazotronlardagi, kollayderlardagi, elementar zarrachalarni tezlashtiruvchi boshqa qurilmalardagi jarayonlarni ko‘z bilan ko‘rib kuzatish, hisoblab borish, tadqiq qilish jismonan imkonsiz va havfli. Buning uchun elektron hisoblash uskunalari, jarayonlarni kuzatib, qayd qilib boradigan, eslab qoladigan, xavfsiz ekranlarga onlayn rejimida va aks ettiradigan keyineslab qoladigan, keyin ularni sekinlashtirib ekranlarda ko‘rsata oladigan “aqlli” mashinalar – kompyuterlar kerak. Zamonaviy fizikaviy, kimyoviy, biotexnologik eksperimentlarni, aniq hisob-kitoblarga, matematik modellashtirishga asoslangan nazariy tadqiqotlarni axborot texnologiyalari va kompyuter dasturisiz bugun amalga oshirish mumkin emas. Axborotlashtirish hattoki yangi texnika jihozlari, asbob-uskunalar, mashinalardan tortib to maishiy ro‘zg‘or buyumlarining konstruksiyalarini yasashgacha, ularni sinovdan o‘tkazishgacha kirib keldi. Tegishli dasturlar bilan ta’minlangan 3D printerlari bunday buyumlar namunalarini yasab bermoqda. Biotexnologiyalarni, g‘arovli hujayralardan tananing kerakli organini o‘stirib, ishdan chiqqanlarini yangilashni, genetik modifikatsiyalashgan oranizmlarni va sh.k. kashfiyotlarni fanning tegishli sohalarini axborotlashtirmasdan, unga axborot texnologiyalarini joriy qilmasdan, umuman rivojlantirib bo‘lmaydi. Axborotlashtirish bilish jarayonini osonlashtirish qatorida o‘rganilayotgan narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytiradi va teranlashtiradi. Dastlab inson o‘rganilayotgan ob’ektning shakli, tuzilishi o‘lchovlari va boshqa miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Ularni narsa va hodisalarning voqe bo‘lishi, tashqi axborot deyish mumkin. Keyin uning xossalari, turli sharoitda bu xossaning o‘zgarishi, rivojlanishi kabi ichki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi, ichki axborotlarni umumlashtiradi. Bilish jarayonida tashqi muhit va unga moslashish tufayli narsa va hodisalarda hosil bo‘layotgan yangi axborot, yoki ilgari “o‘qitilmagan”, aniqlanmagan axborot to‘planib boraveradi. Natijada bilimlarning kengayishi va chuqurlashuvi yuz beradi. Bu jarayon davom etaveradi, to‘xtab qolmaydi. Bilish – Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling