5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja


Inson tabiati to‘g‘risidagi markistik qarashlarning biryoqlamaligi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana10.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1666191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маънавият маъруза-5

Inson tabiati to‘g‘risidagi markistik qarashlarning biryoqlamaligi.
Gegeldan farqli, Marks va Engels inson tabiatiga izchil materialistik nuqtai 
2
Қаранг: Абу Ҳомид Ғаззолий. Кимёи саодат. Руҳ ҳақиқати. Т. “Адолат”, 2005. Б.39 
Яна қаранг: А. Азизқулов. Ғаззолий инсон руҳиятининг моҳияти хусусида// Imom Al-Buxoriy saboqlari. 
2014, N 1 Б 44-48 
3
Выдающийся мыслитель и поэт Востока Мухаммад Икбал. М., 1959.Б 263 
4
. Ўша асар, Б. 263 


nazardan yondashganlar. Hatto Engels “Maymunning odamga aylanishida 
mehnatning roli”degan maqola yozgan. Marks va Engels insonda har qanday 
ilohiylikni mutlaqo inkor etganlar. Insoniy xislatlar, ong, tafakkur va h.k. 
hammasini ijtimoiy hodisa, jamiyat mahsuli deb deb hisoblaganlar. Insonning 
o‘zi ham jamiyat mahsulidir. Inson tabiatini yaxshilash uchun adolatli, hamma 
a’zolari teng huquqli jamiyat qurish, mavjud adolatsiz kapitalistik jamiyatni 
revolyusion yo‘l bilan yaxshilash kerak, deb hisoblaganlar. 
Aslida Marks va Engelsgacha ham yevropalik mutafakkirlar orasida inson 
kelajagiga, jamiyat hayoti adolatli va farovonli bo‘lishiga umid va ishonch katta 
edi. Odamlarga to‘g‘ri yo‘l, yuksak ideallar, haqqoniy ijtimoiy mo‘ljallar 
ko‘rsatilsa bas, ular jamiyatni oqilona qayta quradilar qabilidagi qarashlar keng 
tarqalgan. Yuksak ideallarni esa odamlarga siyosiy – publitsistik, ilmiy va badiiy 
asarlarda tasvirlab berish, odamlar ongiga singdirish zarur. Shunda jamiyat va 
inson birdek takomillashadi. Bu davrlarda Yevropada inson aqliga, ratsionalizm 
tamoyiliga ishonch juda yuqori edi. Insoniyat o‘z kamchiliklaridan, jamiyat 
illatlaridan aql-zakovati, odilona va oqilona olib boriladigan siyosat tufayli xalos 
bo‘la oladi, hammaga teng imkoniyat yaratib, qonun ustivorligi, to‘qlik va 
farovonlik ta’minlagan jamiyat qura oladi, degan g‘oya ma’rifatparvarlar qalbida 
hukmron edi. Nafaqat sotsialist-utopistlar, shuningdek kapitalizmning ilk 
nazariyachilariga ham bunday qarashlar xos edi. Ular bunday adolatli, barchaga 
teng imkoniyat yaratadigan jamiyat – bu shakllanayotgan kapitalistik jamiyat deb 
tushunardilar. Hayot esa boshqacharoq yo‘nalishda rivojlandi. XVIII – XIX asr 
mutaffakirlari umidi oqlanmadi. Buyuk fransuz inqilobi shiori “Ozodlik. Tenglik. 
Birodarlik” xitobligicha qolib ketdi. Aksincha, mulkiy-ijtimoiy tabaqalashuv va 
ekspluatatsiya kuchaydi. Aholining katta qismi – dehqonlar yeridan, 
hunarmandlar ustaxonasidan ajralib, qashshoqlasha boshladi. Mulkidan 
begonalashgan qashshoq proletariy jamiyatdan va o‘z insoniy tabiatidan 
begonalashish xavfida qoldi. 
Yana inson mohiyati masalasiga qaytamiz. Aql va ijtimoiylik insonni 
hayvonot olamidan farqlovchi eng muhim belgilardir, ammo insonning to‘liq 


mohiyati emas. Keyinchalik mutafakkirlar insonning yana bir muhim belgisi 
to‘g‘risida so‘z yuritdilar: inson yaratuvchi hayvon, u ishlab chiqaradi. Bu 
g‘oyani K. Marks rivojlantirdi. Inson ishlab chiqaruvchi, mehnat qiluvchi, 
tabiatni va o‘z-o‘zini o‘zgartiruvchi, qayta yaratuvchi mavjudot. U o‘z oldiga 
avvaldan maqsad qo‘ya oladi, ishlab chiqaradigan narsasini u instinktlar 
yordamida emas, avval miyasida paydo bo‘lgan reja orqali ro‘yobga chiqaradi. 
Ayni paytda odam bolasi inson bo‘lib shakllanishi va ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanishi uchun jamiyatda yashashi zarur. Insonning o‘zi, ongi, tafakkuri 
(aql), ishlab chiqarish – hammasi jamiyat mahsulidir. 
K. Marksning «Feyerbax to‘g‘risida tezislar»ida: «Insonning mohiyati 
ayrim individga xos bo‘lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy 
munosabatlarning majmuidir
5
», — degan xulosasini va ijtimoiy munosabatlar 
deganida u iqtisodiy, axloqiy, huquqiy, diniy, estetik va turmush uchun zarur 
barcha aloqalarni, munosabatlarni nazarda tutganligini hisobga olsak, Marks o‘z 
davri uchun materialistik nuqtai nazardan insonga ijtimoiy mavjudot sifatida 
nisbatan to‘liq ta’rif berganini ko‘ramiz. 
Lekin hayot Marks tamoyillari materialistik cheklanganini, inson 
mohiyatini oxirigacha qamrab olmaganini ko‘rsatdi. Avvalo inson to‘g‘risida K. 
Marks konsepsiyasida insonning individual jihatlariga, ekzistensial holatiga 
yetarli e’tibor qaratilmagan. Ustunlik jamoaviy, ijtimoiy jihatlarga berilgan. 
Keyin insonning asosan ongi hisobga olingan. Ong ostiga oid hodisalarga inson 
tabiatiga yot, undagi biologik instinktlar deb qaralgan. Dastlab 3.Freyd va uning 
izdoshlari inson tabiatiga irratsional, ong ostiga oid hodisalar chuqur ta’sir 
ko‘rsatishini (hayot va o‘lim instinktlari – 3.Freyd; jamoaviy ongsizlik – 
arxetiplar K.Yung) isbotladilar. Freyd qarashlari va xulosalari ancha keskinligi, 
biryoqlamaligi bilan ajralib turadi. U ko‘pincha insonning biologik tabiatiga, 
shahvoniy mayllariga ustunlik beradi. Freyd aslida psixiatr-vrach bo‘lgan. O‘z 
mijozlarining asabiy kasalliklarini o‘rganish va davolash jarayonida aksariyat 
5

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling