5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Inon – ehtiyojlari yuksaluvchi mavjudot
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashashdan maqsad” savoliga javob izlash inson tabiatining muhim
Inon – ehtiyojlari yuksaluvchi mavjudot. Hayvonot olamida biologik
ehtiyojlardan tashqari ehtiyojlar deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning «ishqiy» o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik ehtiyoj doirasidan chiqadi, deyishga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi, natijada biologik organizm tabiatga moslashadi, xolos. Birinchi mavzuda ta’kidlanganidek, insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham, ma’naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan yangi ehtiyojlarni tug‘diradi, Yanada mukammalroq, yaxshiroq, go‘zalroq buyumni yoki san’at asarini yaratishga intilish, yanada chuqurroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnik asbob-uskunalarni, kompyuterlarni, mashinalar, mexanizmlar va texnologiyalarni ixtiro etishga harakat, turmush darajasini yanada ko‘tarish va farovon qilishga urinish insonning asl insoniy xususiyatidir, ob’ektiv ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir. Inson hech bir vaqt o‘zining holati bilan qoniqmaydi (gap alohida shaxsning maishiy ahvoli, mansabi va sh.k. haqida emas, insoniyatning tarixiy jarayondagi ahvoli haqida ketmoqda), u doimo o‘z mavjudlik holatini takomillashtirishga harakat qiladi. Hayvonda takomillashish mo‘ljali yo‘q. U o‘z mavjudlik holatini anglay olmaydi, uni takomillashtirishga harakat qilmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holat bilan qoniqmaslik yotadi. Vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish, yangi kuch, g‘ayrat to‘plash uchun, rivojlanish zaminini tayyorlash uchun insonga iroda - ongli tanlash, chidam, sabr-toqat kerak. Sabru toqatni o‘z ijtimoiy holatidan qoniqish bilan chalkashtirmaslik kerak. Sabru toqat rivojlanish jarayonining diskret va vaqtinchalik shakli, mukammallikka intilish, ehtiyojlar yuksalishi esa doimiy holatidir. O‘z ijtimoiy holati, erishgan darajasi bilan qoniqmaslik tufayli yangi ehtiyojlarning tug‘ilishi ijtimoiy taraqqiyotning, shu jumladan ma’naviy rivojlanishning asosida yotadi. O‘z holati va erishgan darajasi bilan qoniqish yangi, yanada yuksakroq ehtiyojlarni vujudga keltirmaydi, natijada ma’naviyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi. Sog‘lom moddiy ehtiyojlar yuksalmas ekan, oqibatda ma’naviy ehtiyojlar ham yuksalmaydi. Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, o‘z qobiliyatlarini voqe qilishga, ijod qilishga urinishlari uning ma’naviy ehtiyojlaridir. Lekin ehtiyojlarni mavhum baholash yaramaydi. Ehtiyojlar sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Insonning erkin kamolotiga xizmat qiladigan, undagi ijobiy qobiliyatlarni, fazilatlarni boyitadigan, rivojlantiradigan ehtiyojlar sog‘lom ehtiyojlardir. Aksincha, nafsning kuchayishiga, molparastlikka, shahvatparastlikka, mansabparastlikka, insondagi salbiy qobiliyatlarning kuchayishiga xizmat qiladigan ehtiyojlar nosog‘lom ehtiyojlardir. Ular inson ma’naviyatining qashshoqlanishiga, uning o‘z nafsi va hirsining quliga aylanib, shaxsning yemirilishiga olib keladi. Insonda sog‘lom ehtiyojlarning shakllanishiga, o‘z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, uning asl insoniy mavjudligini ta’minlashga xizmat qiladigan aqliy va hissiy muhit, falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlar, me’yorlar, ideallar hamda ijodiy faoliyatning o‘zaro mushtarakligi –ma’naviyatdir. Ehtiyojlar yuksalishi va ma’naviyat rivojlanishi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ehtiyojlar yuksalsa, ma’naviyat rivojlanadi, rivojlangan ma’naviyat esa yuksak ehtiyojlarni taqozo etadi. Rivojlangan ma’naviyat bu qondirilgan ehtiyojlardir va ayni paytda nisbatan yuksakroq yangi ehtiyojlarning tug‘ilishidir. Ehtiyojlar avvalgi taraqqiyotning cho‘qqisi, yakuniy nuqtasi va ayni paytda keyingi taraqqiyotning asosi, boshlang‘ich nuqtasidir. Masalan, Internetning paydo bo‘lishi jahon miqyosi umumiy axborot makoniga nisbatan ehtiyojning natijasidir. U sal kam 175 yil davom etgan axborot uzatish va qabul qilish vositalaridir. Dastlab kabelli telegraqlar, teleqonlar, teletayp, televidenie, sun’iy yuldosh yordamida amalga oshiriladigan aloqalar vujudga keldi. Nihoyat 1989 yildan Internet ishga tushdi. Internet axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish harakatining o‘ziga xos bosqichi yakunidir va ayni paytda butun dunyo miqyosida aholining barcha qatlamlarida global axborotga nisbatan yangi yuksakroq ehtiyojlarning tug‘ilganidir va bu boradagi yangi taraqqiyot bosqichining boshlang‘ich nuqtasidir. Haqiqatan, elektron pochta, elektron aloqa, masofadan o‘qish, jahon kutubxonalari, arxivlari, muzeylari materiallari bilan uyda o‘tirib tanishishni imkoniyatlari, elektron hukumat, internet orqali savdo – sotiq va h.k. keyingi chorak asrda internet tuqayli vujudga keldi. Lekin ehtiyojlarning o‘zi bevosita ma’naviyat tarkibiga kirmaydi, balki uning shart-sharoitini, harakatlantiruvchi kuchini tashkil qiladi. Shunday qilib, ehtiyojlarning yuksalishi inson tabiatiga, asl mavjudligiga mos. Ushbu ma’noda insonni «ehtiyojlari yuksaladigan mavjudot» deyish ham o‘rinlidir. Insonning «asl mavjudligi» yoki o‘z insoniy tabiatiga mos yashashini ekzistensializm, yuqorida qayd etilganidek, autentlik deb atadi. Ekzistensializmning inson haqidagi konsepsiyalari jiddiy kamchiliklardan holi bo‘lmasada, autentlik tushunchasi G‘arbning bugungi kunda ko‘pchilik ijtimoiy fanlari tomonidan qabul qilingan. Haqiqiy ma’naviyat insonning autentligini ta’minlash bilan bog‘liq. Shu borada yana bir xulosa diqqatga sazovor: «Ma’naviyatga kim sodiq, bo‘lsa, u autentlidir, noautent kishi ma’naviyatsizdir». 9 Inson o‘z autentligiga turfa qadriyatlardan bahramand bo‘lish hamda ijtimoiy aloqalar, muloqot orqali erishadi. Demak, insonning asl mavjudligini yuzaga chiqarish uchun tegishli ijtimoiy muhit zarur. Insonning aqlli va ijtimoiy mavjudotligini hisobga olsak, uning ongi va qarashlari, ehtiyojlari va intilishlari faqat jamiyatda shakllanishi mumkinligini anglaymiz. Shaxsning o‘zi, uning ongi, madaniyati va ma’naviyati ijtimoiy hayot va muhit mahsullaridir. Muhit esa hech qachon individual shaxs muhiti bo‘la olmaydi, u hamisha ijtimoiydir. Inson o‘z tabiatiga zid emas, balki mos yashashi lozim. Shunday ekan, inson tabiati tushunchasi kabi, ma’naviyat tushunchasi «insonning yashashdan maqsadi nima» degan masala yechimi bilan bevosita bog‘liq. 9 Эрих Фромм, Рамон Хирау. Ўша асар. 161-6. “Yashashdan maqsad” savoliga javob izlash inson tabiatining muhim Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling