5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
bu o‘rganilayotgan ob’ekt haqidagi axborotning hodisadan mohiyatga, mohiyatning
bir sathidan yanada chuqurroq ikkinchi sathiga, undagi yanada chuqurroq uchunchi sathiga va h.k. o‘tishidir. Masalan, zamonaviy tibbiyot insonni o‘rganishni avval uning anatomiyasi va fiziologiyasidan, har bir a’zosining tuzilishi, ularning qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlagan. Keyin a’zolarning normal faoliyat yuritish parametrlarini, o‘lchovlarini, me’yorini aniqlagan. Agar kasallik yuz bersa, u yoki bu a’zoning normal faoliyatini tiklash, kasallikni davolash yo‘llarini izlagan. Har bir giyoh, dori, parhez, ovqatlanish rejimi, boshqa muolajalar ta’siri to‘g‘risida axborot to‘plab, o‘zaro qiyoslab, umumlashtirib borgan. Fan rivojlanishi inson a’zolarini chuqurroq o‘rganishga, qon bosimi, qon tarkibi, siydik, so‘lak, axlat kabilarning bioximik tahlili yordamida inson salomatligi haqida axborot olish yanada chuqurlashdi. Labaratoriya tahlili, rentgen XIXasr oxiri – XXasr boshlarida salomatlik to‘g‘risidagi axborotni yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Muolaja ham, yangi dori-darmonlarning kashf etilishi, yaratilishi ham o‘z navbatida yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Bu jarayoning asosida amaliy tajribalar, nazariy izlanishlar natijasida to‘plangan, tahlil etilib, umumlashtirilgan tizimli axborot turibdi. Molekular biologiya va genetika rivojlanishi tibbiyotni yana yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Inson genomida to‘plangan axborot ochildi. Endilikda tibbiyot inson haqida DNKlar tuzilishi, ba’zi-bir genlarning patologiyasi darajasida mulohaza yurita oladi. Tug‘ma, irsiy kasalliklarning ko‘pchiligini tibbiyot davolashni o‘rgandi. Yaqingacha insoning ayrim ishdan chiqqan organlarini almashtirish donorning organini unga o‘tkazish, transplatatsiya qilish orqali amalga oshirilgan, hozir ham transplatatsiya asosiy usul bo‘lib qolmoqda. Lekin bugun irsiy injeneriya, biotexnologiyalar va axborot texnologiyalari yordamida insoning ishdan chiqqan organini uning g‘arovli hujayrasi yordami sun’iy o‘stirish, 3D printerlari yordami almashadigan a’zoning aniq nusxasini yasash imkoni paydo bo‘ldi. Oddiy kuzatuv (rangi, tili, tirnoqlari, ko‘zi, labi va badanidagi toshmalar, uchuq, badan harorati va sh.k), so‘rov (qaeri og‘riyotgani, nima bezovta qilayotgani haqida) orqali olinadigan kasallik haqidagi ichki va tashqi axborotdan tibbiyot dastlab bioximik tahlillar beradigan axborotga o‘tdi. Bu axborot endi rentgen, elektrokardiograflar, ultrotovush, tomograflar inson organizmiga, qon tomiriga kiritiladigan nano kameralar kabi uskunalar beradigan axborot bilan to‘ldirilmoqda. Axborot olishning texnik vositalari takomillashib borayotir. Bugun esa tibbiyot inson organizmining yana chuqurroq sathiga kirib, axborot olishning yanada yuksakroq darajasiga chiqdi – genetik darajaga. Ko‘rinib turibdiki, tibbiyot(diagnostika) rivojlanishini inson organizmi va salomatligi to‘g‘risida axborot olishning rivojlanishi sifatida talqin qilish mumkin. Muolajana esa turli dori – darmonlar, vositalar, usullar ta’siri haqidagi axborotning rivojlanishi, deya talqin qilish mumkin. Ijtimoiy hodisalar, jarayonlarni, ma’naviyatini o‘rganuvchi fanlar taraqqiyotini ham informatsion yondashuv nuqtai nazaridan tibbiyot taraqqiyoti kabi tasavvur etish to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy ijodi va asarlarini o‘rganishni olaylik. Yuz yil ilgari – XX asr 20-30 yillarida dastlab Alisher Navoiyning haqqoniy tarjimai holini, yozgan asarlarining to‘la ro‘yxatini aniqlash, bir joyga to‘plash, ilmiy tahlil qilish, noaniqliklarni oydinlashtirish zarur edi. Chunki Navoiy hayoti haqidagi haqqoniy dalillar har xil rivoyatlar, aniq isbotlanmagan taxminlar, farazlar bilan aralashib ketgan edi. Yozgan asarlari har xil qo‘lyozma kitoblarda tarqalib ketgan, xattotlar ba’zan ko‘chirishda xatolarga yo‘l qo‘ygan. Navoiy zamondoshlari asarlaridan, xotiralaridan, Navoiyning o‘zining asarlari, undan keyin yashab o‘tgan tarixchilar, adiblar, allomalar asarlaridan Navoiyga daxldor axborotlar yig‘ildi, tahlil etildi. Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yurtimizda filologiya ilmida alohida navoiyshunoslik sohasi vujudga keldi. Navoiy asarlarini o‘rganish ham dastlab ularni katta adadlarda chop etib, xalqqa yetkazish, asarlarning mazmunini, yetakchi g‘oyalarini, insonparvarlik mohiyatini tushuntirishdan boshlandi. Shundan buyon Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ilmiy axborot har tomonlama kengayib, boyib, teranlashib kelmoqda. Navoiy asarlari lug‘atlari tuzildi, nasriy tajrimasi amalga oshirildi. Asta-sekin Navoiy olg‘a surgan, ifodalagan har bir falsafiy-gumanistik g‘oya, uning diniy-tasavvufiy qarashlari tahlil qilina boshladi. Navoiy haqidagi ilmiy axborot biryoqlamalikdan qutilmoqda. Endi uning har bir g‘azalini, dostonlarini badiiy mahoratining falsafiy, diniy-irfoniy mazmunini ochib berishga o‘tmoqdamiz. Zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim tizimini – umumta’lim maktablaridan to oliy ta’limgacha rivojlantirishning kelgusi muvaffaqiyatlari ham ATni joriy qilishga bog‘liq. Qadimgi dunyo, antik davr, o‘rta asrlar va yangi davr tarixini o‘rganayotgan o‘quvchi kompyuter ekranida mavzuga doir ma’lumotlarni, mamlakatlarni, voqealarni, odamlarni, me’moriy yodgorliklar va asoru atiqalarni, artefaktlarni ko‘rib aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Yoki biologiya darsida o‘simliklardagi fiziologik jarayonlarni, o‘simlik tanasida tuproqdan olingan sharbatning (suvning), mineral moddaning, vitaminning harakatini o‘qituvchi aytayotgan, darslikda yoritilgan jarayonni o‘z ko‘zi bilan ekranda ko‘rsa, uning mohiyatini, mexanizmini teranroq tushunadi, idrok etadi. Ta’lim jarayoni yanada intensivlashadi. Xullas, axborotlashtirish ilm-fanni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning yangi vositasiga va tendensiyasiga aylandi. Zamonaviy fan ijtimoiy hodisa sifatida nafaqat olam, voqelik haqida ob’ektiv, ilmiy bilimlar to‘plash va ulardan amaliyotda foydalanish vositasidir. U ayni paytda ishlab chiqaruvchi kuchga aylanmoqda. Bu yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish qatorida insonning o‘ziga, uning kasbiy bilimlari, mahorati, malakasi va mehnat ko‘nikmasiga ham taalluqli. Ishlab chiqarish konveyeri bugun kompyuterlar yordamida boshqariladi. Xavfli va o‘ta aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarish, konveyerlari avtomatlashtirilmoqda, ularda har xil dasturlashtirilgan axborotlardan foydalanilmoqda. Yana bir muammo. Tabiat resurslari cheksiz emas, qazilma boyliklar kamayib, tugab borayotir, yoki yetishmayotir. Ularning o‘rnini bosadigan sun’iy xomashyo, sun’iy tolalar, sintetik yoqilg‘i, plastmassalar, polietilenlar, sun’iy kristallar, yarimo‘tkazgichlar va h.k.larga talab kundan-kun ortib bormoqda. Bularni ishlab chiqarish korxonalariga zamonaviy ilm-fan yetkazib bermoqda. Boshqacha aytganda, zamonaviy fan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida namoyon bo‘layotir. Bu tendensiya yidan-yil kuchayib, rang-baranglashib bormoqda. Zamonaviy energetikani, ayniqsa atom elektr stansiyalarini, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni, har xil izotoplarni ishlab chiqarish va tibbiyot sohasida qo‘llashni fan yutuqlarisiz tasavvur etish qiyin. Ilgari ma’lum texnik detalni, butlovchi qismni ishlab chiqarishga keng joriy qilish uchun avval uning etalon namunasini eng malakali, yuksak razryadli ishchi dastgohda chizmalar asosida yaratgan. Loyiha-konstruktorlik muassasalarida yuzlab kishilar uning chizmalarini tayyorlagan. Zavodning qoshidagi konstruktorlik byurosining injener- texnikalari va yuksak malakali ishchilari yuqorida aytilgan etalon-namunasini yasagan. Endi chizmalarning aksariyatini kompyuter yordamida yaratish, raqamli dasturlashtirilgan dastgohlar yordamida etalon-namunani yaratish imkoni paydo bo‘ldi. Dastgohni boshqaradigan qurilma xotirasiga etalon-namunaning parametrlari kiritilsa bas, qolgan ishni dastgohning o‘zi bajaradi. Yuz yil avval ishchi boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish instruksiyalarini o‘qib tushuna olsa, kifoya edi. 50 yil burun malakali ishchidan 7-8 yillik umumiy va 1-1,5 yarim yillik kasb-hunar ma’lumotini egallash, chizmalarni tushunish talab qilinar edi. Bugun malakali ishchidan axborot texnologiyalarini kasbi taqozo etadigan darajada o‘zlashtirish, umuman o‘rta maxsus bilimga ega bo‘lish talab etilmoqda. Kelajakda energiyaning muqobil turlaridan keng foydalanish, uning ulushini yildan-yil oshirib borish, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan irsiy modifikatsiyalashgan serhosil o‘simliklar navlarini, chorva mollari, parrandalar zotini yetishtirish istiqbollari bevosita ilmiy-texnika taraqqiyotiga bog‘liq. Aytilganlardan oydinlashadiki, fan zamonaviy jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib borayotir. Yuksak texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot sohalarida u allaqachon ishlab chiqarish kuchiga aylanib bo‘ldi. Masalan, atom elektr stansiyasi ilmiy-tekshirish institutlaridan kam farq qiladi, biotexnologik ishlab chiqarish korxonasi laborotoriyaga o‘xshaydi. Gap ularning tashqi o‘xshashligida emas, balki ish jarayonining ilmiy sig‘imi, ITI (ilmiy-tekshirish institutlari) va ilmiy laboratoriyadagidek kattaligida. Iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu jarayon jadal suratlarda davom etmoqda. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi katta ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Birinchidan, bu turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, insonni og‘ir qo‘l mehnatidan, individual texnologik xavf-xatardan (masalan, charchoq bosib dastgoh ortida, shofyorning rulda bir necha soniya ko‘zi yumilib, avariyaga uchrashidan) xalos qiladi. Uchinchidan, ish kuni soatlarini qisqartirib, odamlarning bo‘sh vaqtini, dam olish va o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘paytiradi. To‘rtinchidan, inson ma’naviyatini, dunyoqarashini yangi ijobiy bilimlar bilan boyitadi, kasbiy malakasini yuksaltiradi. Beshinchidan, xalqlarni, milliy madaniyatlarni yanada yaqinlashtiradi. Lekin, alohida ta’kidlash joizki, fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, u talab qiladigan kadrlarni tayyorlashda ilmiy-texnik axborotlar hajmi va sifati keskin oshishi, agar ma’naviy tarbiyaga, ta’limni gumanitarlashtirishga yetarli e’tibor berilmasa, bir tomonlama texnokratik qarashlar kuchayishiga olib kelishi mumkin. Demak, fanning ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, ta’lim-tarbiya tizimini yanada gumanitarlashtirishni talab qiladi. Globallashuv va boshqa ob’ektiv zarurat tufayli dunyo miqyosida yagona axborot maydonining (makonining) vujudga kelishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatidir. Yagona axborot maydoni – ob’ektiv va zaruriy ijtimoiy hodisa. U kimningdir, qaysidir guruhlarning, manfaatdor kuchlarning xohish-istagi tufayli paydo bo‘lgani yo‘q. Yagona axborot maydoni milliy chegaralarni bilmaydi, uni sun’iy toraytirish va cheklash imkonsiz. Faqat radio, televidenie, kompyuterlar, mobil va telefon aloqalaridan voz kechib, boshqa biror davlatga fuqarolarni deyarli chiqarmasdan, begonalarni deyarli kiritmasdan, ya’ni milliy mahdudlikka yuz burib, faqat o‘z qobig‘iga o‘ralib, o‘rta asrlar turmush tarziga qaytib yagona axborot maydonidan ihotalanish mumkin. Tarix g‘ildiragi ortga aylanmaydi. Bundan tashqari, hech kim shamga, qora moy chiroqqa, eshak va ot aravaga, omochga, qo‘shga qaytishni istamaydi. Shunday ekan, bizning o‘zimiz jahon axborot maydoniga moslashmog‘imiz, ziddiyatli axborotlar qurshovida yo‘limizni to‘g‘ri topishni o‘rganmog‘imiz zarur. Bugun yoshlarimiz radio, televidenie, matbuot va internet orqali har xil ma’lumotlar, axborotlar olayotganiga fikr bildirib, Islom Karimov adolatli ta’kidlaganidek: “Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi...biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz”. 11 Ayni paytda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarur. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 2017 yil 15 avgustda tegishli qonunni qabul qildi. Senat toonidan u 24 avgustda ma’qullandi va Prezident uni 8 sentabrda imzoladi. Globallashuv va fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi, texnologiyalar yangilanishining tezlashuvi, “axborot portlashi”, ijobiy va salbiy mazmundagi axborotlar o‘rtasidagi chegaraning yanada nisbiylashib, ko‘p hollarda yo‘qolib, ekletik xarkaterdagi axborotlar ko‘payib borayotgani dunyo miqyosida axborotni tizimlashtirishni, xalqaro internet tarmog‘ini ijobiy yo‘nalishda yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, huquqiy (xalqaro va milliy huquq) jihatdan mustahkamlash har tomonlama dolzarb muammoga aylandi. Xalqaro miqyosda so‘z erkinligini, axborot olish erkinligini va huquqiy, vijdon va e’tiqod erkinligini ekstremizm, terrorizmni targ‘ib etishning oldini olish zarurligi bilan bog‘lab yangicha talqin etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu tushunchalarning yarimasr avvalgi talqini bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari va xalqaro ziddiyatlarning kuchaygan davri talablariga yetarlicha javob berolmay qoldi. Globallashuv insoniyat hayotining barcha sohalarini, yo‘nalishlarini qamrab oldi. Globallashuvning o‘zi qaysidir ma’noda axborotning miqdor va sifat jihatdan tez ko‘payishi va tarqalishi oqibatida vujudga keldi. Uning davom etishi va rivojlanishi yana axborot va aloqa tizimlarining rivojlanishiga bog‘liq. Ijtimoiy hayot va faoliyatning har bir shakli, yo‘nalishi, yirik voqealari va jarayoniga oid axborotlarni tizimlashtirish va tez tarqalishini ta’minlash globallashuvni 11 Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. 114-бет oziqlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib qolaveradi. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, bir tomondan, ilm-fanning integratsiyasini hamda differensiyalashuvini kuchaytirib, yangi fanlar, fan tarmoqlarini shakllantirmoqda. Ikkinchi tomondan – yana to‘plangan ilmiy bilimlarni, axborotlarni tizimlashtirishga, internet tarmog‘ini yanada rivojlantirishga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Internetdagi axborotlarning geometrik progressiyada o‘sishi ularni tizimlashtirish qatorida internet tarmog‘ini buzg‘unchi g‘oyalardan, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib etuvchi axborotdan tozalashni, himoyalashni dolzarblashtirmoqda. Bu borada xalqaro huquq tizimi takomillashuvi, qonun yo‘li bilan internet tizimiga axborotlarni joylashtirish masalalari tartibga solinishi zarur. Mamlakatlar o‘rtasida ham, internetning Google, Facebook va boshqa tarmoqlari egalari va provayderlari bilan ham axborotlarni sistemalashtirish, tarmoqni qo‘poruvchilik, ekstremistik, pornografik mazmundagi axborotdan himoyalash borasida kelishuvlarga erishish zarur. Mustaqil O‘zbekistonning har tomonlama barqaror rivojlanishi bizning jahonning umumiy axborot makoniga, internet tizimiga qanday, qaysi tomoyillar asosida integratsiya bo‘lishimizga, barcha foydali, ijobiy ilmiy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy-estetik axborotlarga keng yo‘l ochib, ulardan xalqimiz keng qatlamlarini, birinchi galda mutaxassisliklarni egallayotgan yoshlarni bahramand etishimizga, har qanday salbiy mazmundagi g‘oyalarni, qarashlarni tarqatadigan axborotdan himoyalana olishimizga, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimizga bog‘liq. Aslini olganda, kompyuter bandiligining 90 %i – axborot bandiligidir. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, instagramalar, hatto elektron o‘yinlarning aksariyati yangi axborot olishga yoki tarqatishga intilishdir. Bandi inson miyasi giyohvand miyasi kabi tashqi qitiqlovchiga o‘rganib qolgan. Usiz qonga adrenalin, yoki o‘zini tinch – xotirjam, baxtli sezish uchun zarur garmonlarni yetarlicha ajratmay qo‘yadi. Faqat giyohvanddan, alkogolikdan farqli, kompyuter bandisi narkotik yoki spirtli ichimlik emas, yangi axborot olishi kerak. Bu axborot qanday mazmunda bo‘lishi, uning kerakli yoki keraksizligi, foydali yoki zararligining ahamiyati yo‘q. Axborot bo‘lsa bas. Shu sababdan yoshlarning axborot bandiligiga tushib qolishining oldini olish lozim. Buning asosiy yo‘llaridan biri sifatli va foydali axborotni o‘zining uni o‘zlashtirish real imkoniyatlaridan kelib chiqib olishdir. Buning asosiy vositasi esa kitobxonlik, kitob o‘qishdir(shu jumladan, elektron shakldagi kitoblarni o‘qish). Albatta, mazmuni shubhali, buzg‘unchi g‘oyalarni, behayolik va zo‘ravonliki targ‘ib etadigan kitoblarni o‘qish foyda bermaydi. Yuksak did, mafkuraviy immunitet haqida ko‘p gapirilishi bejiz emas. Kitob o‘qish orqali o‘zlashtiriladigan axborot insonning aql eldagidan o‘tadi, bemalol tahlil qilinadi. TV va boshqa vizual – elektron vositalar orqali esa tayyor xulosalar, fikrlar odamga singdiriladi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvar farmoyishi qabul qilingani sababi ham shunda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling