5-Mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan ko’rgazmali metodlari. Ko’rgazmalilik uslublari
O’yinning mohiyatini o’rganishning nisbatan perespektiv yo’nalishi
Download 473.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
O’yinning mohiyatini o’rganishning nisbatan perespektiv yo’nalishi
metodlashtirish nazariyasi hisoblanadi. Shunga muvofiq, o’yinlar inson ning oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o’zining yurish-turishi, xulki chegarasidan chikmaydigan o’ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamaryov, 1970). O’yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o’z ifodasini topishi mumkin (masalan, takldi qilish o’yinlarida), inson haraat faolitining ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi harakatlar bo’lib, ularda asosan odamlar orasidagi o’zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O’yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo’lib, odamlarning harbiy va mehnat faoliyati asosida paydo bo’lgan va u inson hayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari bilan belgilanadi. O’yin hayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o’zida o’zining sof shartli qonunlariga buysunadi. U bizni o’rab olgan borliqni o’zgartirishni nazarda tutmaydi, Lekin insonni ijodiy mehnatga tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muhim man bai roilni o’ynaydi. Shunga bog’liq holda o’yin quyidagi xizmatlarni ba jaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiyalaydi) va ko’ngil ochish munosabatlarini, shuningdek, ularni o’rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakillantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o’yinlarning yo’nalishi va mazmunini belgilaydi. 5 Jismoniy tarbiyadagi barcha o’yinlarning asosiy mazmunini inson ni jismoy kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyatlari tashkil etadi. O’yinlar hamda gimnastika sport turizmdagi farkni ko’p holda shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivoj lanish me’yoriga kura yanada yakkol ko’rinadi. O’yinga konkret harakat faoliyatlari tizimi deb qarash zarur, ular belgilangan koidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq xarakteriga karamay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin. O’yinlar metod tarzida faqat umumiy qabul qilinganlaridek amal ga oshirilmaydi. O’yin metodi vositalari va ularning shakliga kura rasmiy o’yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o’yin metodi asosida darsning hamma qismlarini o’yinlarsiz utkazish mumkin (tokka sayoxat o’yini). Muvozanat saklash mashqini bajarayotib to’siqlardan oshishi yoki chukurliklar ustidan utish tarzidagi o’yinlardn foydalanish mumkin. 5 Кожухова Н.Н. и др. Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста: схемы и таблицы. М.: Владос. 2003. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling