5-mavzu: meva sharbatlari
Download 39.98 Kb.
|
5-maruza (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharbatlarni konservalash usullari
Deaeratsiya. Qayta ishlash jarayonida sharbat tarkibida bo’lgan havo mahsulot sifatini pasaytiradi. Olma sharbati tarkibidagi oshlovchi moddalar havo ta‘sirida oksidlanishi va flobafenlar hosil bo’lishi natijasida qorayadi. Uzum sharbatida havo ta‘sirida bo’yovchi moddalar parchalanib, qo’ng’ir rangli cho’kma hosil bo’ladi. Havo O2 vitaminlarni parchalaydi. Sharbat tarkibidagi havoni isitish yoki mexanik deaeratsiya orqali chiqarish mumkin.
Termodeaeratsiya faqat sharbatni isitish kerak bo’lganda ishlatiladi, Bu maqsadda uzluksiz ishlaydigan qizdirgichlar qo’llaniladi. Mexanik deaeratsiya vakuumlash orqali o’tkaziladi. Pasterizator deaerator quyidagicha ishlaydi: sharbat qabul qilish bakiga yuboriladi. U yerdan sharbat deaeratorga o’tkaziladi. Deaerator vertikal tsilindr va uning ichida 2-teshikli tsilindrdan iborat. Sharbat tsilindrning yuqori qismiga yuboriladi, forsunkalardan yuqoriga sachralib, pastga oqib tushadi va nasos bilan chiqariladi. Deaeratordagi bosim 5-8 kPa teng. Nasos yordamida sharbatlar 3 sektsiyali plastinkali qizdirgichdan o’tkazadiladi. Har bir sektsiya alohida ishlaydi Trubada qizdirilgan sharbat sterilizatsiya maqsadida bir oz ushlanadi. Isitilgan sharbat suv bilan 1-sektsiyada sovutiladi va qadoqlashga yuboriladi. Qadoqlash. Sharbatlar shisha, laklangan tunuka, alyuminiy va polimer idishlarga qadoqlanadi. Mayda idishlarda sharbat 50-60°C da pasterizatsiya qilinadi, 3 litrli idishlarga issiq (90-95°C) holatda qo’yiladi. Sharbatlarni konservalash usullari Sharbatlar asosan pasterizatsiyalanadi, ya‘ni 100°C dan past haroratgacha qizdiriladi. Germetik yopilgan sharbatlar 75-85°C pasterizatsiya qilinadi. Pasterizatsiya davomiyligi qizdirish harorati, sharbat va idish turiga bog’liq bo’lib, 10-60 minut tashkil etadi. Uzluksiz ishlaydigan pasterizatorda (LU-3 liniyasi, VNR) sharbat 70°C haroratda butilkalarga quyiladi, 90-92°C gacha isitiladi va 4-5 minut shu haroratda ushlanadi. Pasterizatsiyadan keyin sharbat tez sovutiladi. Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling