5-mavzu: meva sharbatlari
Download 39.98 Kb.
|
5-maruza (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Mag’izli sharbatlar
Mag’izli sharbatlar shakar qiyomi qo’shilgan, qirg’ichda maydalangan meva massasidan tayyorlanadi. Pyure tayyorlash uchun mevalar yuviladi, inspektsiya qilinadi va yumshatish uchun bug’ bilan ishlanadi, keyin qirg’ich mashinada maydalanadi. Qirg’ich mashina teshiklar diametri 1,5-2 va 0,8-0,4 mm li ikkita elakdan iborat. Boshqa sxema bo’yicha xom ashyo bug’ bilan ishlashdan oldin danaklardan tozalanadi yoki maydalanadi (olma). Danaklardan tozalangan mevalar shnekli pressda (ekstraktor), filtrlovchi tsentrifuga yoki dezintegratorda maydalanadi. Olmalar uchun NVSH-350 markali tsentrifuga ishlatiladi. Xom ashyoning barcha turlari uchun mag’izli sharbatning chiqishi 65-85% tashkil etadi. Maydalash darajasini oshirish uchun pyure gomogenizatordan yoki kolloid tegirmondan o’tkaziladi, bunda zarrachaning o’lchamlari 50-90 mkm gacha kamayadi. Dezintegratordan chiqadigan sharbatlarda zarrachalar o’lchamlari 30-60 mkm bo’ladi va gomogenizatsiyalashni talab qilmaydi. Olingan sharbat shakar qiyomi bilan aralashtiriladi, unga antioksidlovchi sifatida askorbin kislota (0,03-0,05%), ba‘zida ta‘mini yaxshilash uchun limon kislota (0,15-0,17%) qo’shiladi. Sharbat deaeratsiya qilinadi, isitiladi, germetik yopiladigan idishlarga quyiladi, 100°C sterilizatsiya qilinadi va sovutiladi. Nazorat savollari: Ishlab chiqarish usuliga ko’ra qanaqa sharbatlarni bilasiz? Tarkibiga ko’ra qanaqa sharbatlarni bilasiz? Yoritilgan sharbatlarni ishlab chiqish texnologiyasi qaysi bosqichlardan iborat? Nima maqsadda sharbatlarga dastlabki ishlov beriladi? Ajralib chiqadigan sharbatning miqdori nimaga bog’liq? Ajraladigan sharbatlarni ko’paytirish usullari. Sharbatlarni tozalashdan maqsad. Sharbatlarni kimyoviy usulda tozalash uchun qanaqa moddalar ishlatiladi? Deaeratsiya nima maqsadda o’tkaziladi? Aseptik konservalash usulini tushuntiring? Qaysi sharbatlarni filtrlash orqali sterilizatsiyalash mumkin? Kontsentrlangan sharbatlar qaysi mevalardan tayyorlanadi va qanaqa usullarini bilasiz? Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling