5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Deviant xulqli о‘smirlarning о‘qishiga, kelajak hayoti va kelgusi kasbiy hayotiga bо‘lgan munosabatlari tashxisi


Download 118.74 Kb.
bet13/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

8. Deviant xulqli о‘smirlarning о‘qishiga, kelajak hayoti va kelgusi kasbiy hayotiga bо‘lgan munosabatlari tashxisi
Deviant xulqli о‘smirlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini tahlil qilish, aniqlashda, ularning о‘qishga, hayotga, kelajakka, qaysi kasb egasi bо‘lmoqchiligiga bо‘lgan munosabatini bilish muhimdir. О‘smir bilan tahliliy suhbat davomida quyidagi mazmundagi savollarni berish maqsadga muvofiqdir:
 maktabda о‘qish unga qiziqmi, qaysi fanlarga qiziqadi?
 qaysi о‘qituvchini va nima sababdan yaxshi kо‘radi?
 «a’lochi» bо‘lishni, yaxshi о‘qib, kelgusida о‘zi yaxshi kо‘rgan kasbga ega bо‘lish uchun kollejga kirishni istaydimi?
 Kelajagini qanday tasavvur qiladi?
Uning fikricha, kattalar hayotining bosh mezoni nima?
 Jamiyatda qanday о‘rin tutishni, kim bо‘lishni orzu qiladi?
 Kasb-hunarlar haqida nima biladi, qanday kasblar unga yoqadi?
 Uning fikricha, kasb egasi bо‘lishi uchun u qayerda ilm olishi kerak?
 О‘zi uchun biron-bir kasbni tanladimi, tanlamagan bо‘lsa nima uchun?
Qanday qiziqishlari, xobbisi bor, yana nima bilan shug‘ullanishni istaydi-yu ammo bunga sharoiti yо‘l qо‘ymaydi?
 Biron-bir faoliyatga alohida qobiliyatim bor deb hisoblaydimi?
 Kelajakda о‘zi va oilasini boqadigan darajada yaxshi mutaxassis bо‘la oladimi?
 О‘z oilasiga qanday munosabatda va kelgusi oilaviy shaxsiy hayotini qanday tasavvur qiladi?
 Kelajakda muvaffaqiyat qozonish uchun о‘tmishda yо‘l qо‘ygan xatolarni tuzata oladimi?
 Uning uchun kelajakda munosib yashash va boshqalarga kerakli bо‘lish muhimmi?
 Hayotdan maqsadi nima va uni qanday amalga oshirmoqchi?
Shunday qilib, javoblar natijasida о‘smirning о‘qishga, hayotiy va kasbiy kelajagiga bо‘lgan qarashlarini aniqlash mumkin. Psixologlarning tadqiqoti shuni kо‘rsatadiki, yuqoridagi qarashlar shaxsning rivoji uchun muhim bо‘lgan sifatlardir. Shu narsani bilish muhimki, deviant xulqli о‘smirlar bilim olishga, kо‘pincha salbiy munosabatda bо‘lishadi, kelajakda esa mavhum bir tushuncha deb qarashadi.
Ularning kо‘pchiligi kelajakda nima bilan shug‘ullanishni, nima qilishni tasavvur ham qilmaydi. Bu о‘smirning hayotiy va kasbiy qadriyatlarni bilmasligidan va tushunmasligidan kelib chiqadi. Yuqoridagi xulosalarni bilish deviant xulqli о‘smirlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari analizi natijasini tahlil qilishimiz davomida kerak bо‘ladi. Psixologlar xulosalari natijalari tahlili bilan shug‘ullanishida quyidagi toifa о‘smirlar bо‘lishini hisobga olish kerak.

Download 118.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling