5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar
Download 118.74 Kb.
|
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.О‘qish jarayonida zaif va qoniqarsiz о‘zlashtiruvchilar
- 3. Tarbiyasiz о‘smirlar
1.Tarbiyaga og‘ir beriluvchi – tarbiya jarayoniga, qayta tarbiya qilishga bо‘ysunmaydigan, atrof bilan ijtimoiy murosa qila olmaydigan, jamiyat, oila, maktab talablariga zid ish qiluvchi о‘smir. Bunday harakatlarini quyidagi sabablari bо‘lishi mumkin:
aqliy, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishdagi qusurlar; ijtimoiy meyorlarni о‘zlashtirishga bо‘lgan qobiliyatining yetishmasligi; о‘z-о‘zini baholashda hayotiy mezonlarini belgilashga notо‘g‘ri yondashuv; jinoyatchi, norasmiy guruhlardagi shaxslarning ta’siri; deviant, addiktiv xulqqa, jinoyatchilikka huquqbuzarlikka; shaxsning individual, xarakterli xususiyatlari. 2.О‘qish jarayonida zaif va qoniqarsiz о‘zlashtiruvchilar – bunday о‘smirlar oddiy xulq egasi ham bо‘lishi mumkin, ammo ular bilim jarayoniga qiyinchilik bilan tortilib, bir qancha fanlarni о‘zlashtira olmaydilar, buning asosiy sabablari: * mavzuni yomon tushunish, tо‘g‘ri fikrlay olmaslik, fikrni tо‘play olmaslik, о‘zlashtirish uslubining notо‘g‘riligi; * aqliy zaiflik, bilish jarayonini ya’ni, qabul qilish, diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur, nutq kabilarning yetarlicha rivojlanmaganligi; * о‘z-о‘zini past baholash va orzu-istaklarining ham yо‘qligi; * yoshga va ruhiy rivojlanishga doir qoloqlik; * didaktogenik – о‘quvchining salbiy his-hayajoni kо‘pincha о‘qituvchi bilan bо‘lgan yomon munosabat natijasidir; * past baho bilan jazolash va о‘qituvchining qо‘pol munosabati. 3. Tarbiyasiz о‘smirlar - tarbiyaga va qayta tarbiyaga qiyin bо‘ysunuvchi о‘smirlar barcha fanlardan bо‘sh о‘zlashtirish bilan birga ijtimoiy muhitga moslasha olmagan surunkali dars qoldiruvchilar. Bular xavfli guruh vakillari bо‘lib, xatti-harakatlari, axloqi ijtimoiy huquqiy meyordan chekingan bо‘ladi. Aynan shunday о‘smirlar jinoyat va huquqbuzarlik qilib, ota-onalar, о‘qituvchilar, mahalla orqali kо‘rilayotgan tarbiya ishlariga jiddiy qarshilik qiladilar. Tarbiyasizlikning asosiy sabablari: maktabda va uyda tarbiyaning yetarlicha olib borilmagani; nobop va tо‘liq bо‘lmagan oila; «kо‘cha»ning, norasmiy guruhlarning, muqaddam sudlangan shaxslarning, jinoiy tо‘da a’zolarning ta’siri; dunyoqarashning va qadriyatlarning notо‘g‘ri talqini; jamoat ishlarining teskarisini ataylib qilish; shaxsiy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatlar; ichki qarama-qarshi kurash (shaxsning ichidagi qarama-qarshi tо‘qnashuv); ruhiy, aqliy, jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar. «Xavfli guruh» a’zolarining kо‘pchiligi, ba’zida tо‘liq bо‘lmagan oilalarning farzandlari, ular deviant va addiktiv bо‘lgan xulqni namoyon qiladilar. Ular ota-onalari, о‘qituvchilari, mahalladagi qо‘shnilari yonida о‘zlarini о‘ta tarbiyali va odobli qilib kо‘rsata oladilar, shu vaqtning ichida yashirincha turli noma’qulchiliklarni ham qiladilar. Ular aqliy salohiyati, kompyuter о‘yinlariga va internetga qiziqishi bilan ajralib turadi. Ular qaram xulq namoyon qiladilar. Addiktiv, ya’ni kompyuter, internet tarmog‘iga tobe bо‘lib qoladilar. Natijada ularning kо‘rish qobiliyati tushib ketadi, muntazam uyquga tо‘ymaslik, sog‘ligining yomonlashuvi, о‘qishini tashlab ketish kabilarni kо‘rish mumkin. Natijada о‘smir qotib qoladi, о‘z qobig‘iga yashirinib olib, maktabga borishga, jamoat ishini bajarishga qarshilik qiladi. Bular о‘z navbatida о‘smirning asab va ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Download 118.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling