5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar
Download 118.74 Kb.
|
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
4.Delikvent xulq-atvor tarbiyasi qiyin bо‘lgan bolalarda uchraydigan xulq-atvor turlaridan biri bо‘lib, jinoiy tartibda jazolanmaydigan va hali jinoyat darajasiga о‘sib chiqmagan xulq-atvorning mayda buzilishlari hisoblanadi. Ular bolalarning darslarga kelmay qо‘yishi, ijtimoiy xavfli guruhlarning atrofida о‘ralashib qolishi, mayda bezorilik, zaif va kichkina bolalar ustidan mazax qilish, begonalardan aldab pul undirish, velosiped va mototsikllarni olib qochish va hokazo kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi. Ba’zida yoshlarda tovlamachilik, uylarga о‘g‘irlikka kirish, uydan qochib ketish va daydichilik qilish singari holatlar ham uchrab turadi. Bularning asosida aksariyat hollarda ijtimoiy sabablar yotadi. Asosan tarbiyaning yetishmasligi. Ma’lumotlarga kо‘ra, bunday bolalarning 30%-80%i notо‘liq oilada tarbiyalanayotgan bolalardir, 70%i xarakterning jiddiy buzilishi bilan bog‘liq, 66% bolalarda esa о‘zlari qilayotgan ishga fikri-zikri bilan kirishib ketish (aksentuatsiya) holatlari kuzatiladi. Masalan, bolalarning uydan qochib ketishi jazodan qо‘rqish yoki norozilik belgisi kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Uydan qochib ketish kattalar tomonidan yetarli darajada nazoratning yо‘qligi, shunchaki ermak uchun, oiladagi о‘ta qattiqqо‘llikka nisbatan norozilik reaksiyasi, yaqinlar tomonidan e’tiborning yetishmasligi, xayolparastlik, zerikish, yolg‘izlik natijalarida sodir bо‘lishi kuzatiladi. Ota-onalar о‘z farzandlaridagi bu holatlarni aniq-tiniq tasavvur qilishlari va bilishlari zarur.
Ma’lumotlarga kо‘ra, voyaga yetmagan bolalar о‘rtasida kuzatiladigan yuqoridagi holatlarning ijtimoiy-psixologik omillari sifatida quyidagilarni kо‘rsatsa bо‘ladi: - bolalarning kattalar bilan va о‘zaro kelishmovchiliklari (oilada, maktabda, istiqomat joyida); - bolalarning kо‘chadagi о‘zaro va boshqa norasmiy guruhlarga qо‘shilishi va ular faoliyatida ishtirok etishi, ushbu guruhlarning rahbarlari tomonidan ularga tazyiq о‘tkazilishi; - voyaga yetmagan bolalarning ularni u yoki bu qonunbuzarlikka yoki jinoyatga boshlovchi kattalar (kо‘pincha ilgari sudlangan) shuningdek, ularni muntazam spirtli ichimlik va narkotik moddalar iste’mol qilishga jalb etuvchilar bilan о‘zaro munosabatda bо‘lishlari; - voyaga yetmaganlarni alohida (oilada) va kо‘pchilik tarbiyasi (maktabda) jarayonida yо‘l qо‘yilgan xatolar; - tarbiyachilar (ota-onalar, о‘qituvchilar)ning о‘smirlar yoshi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilmaslik yoki yetarli anglay olmasliklaridir. Nazorat uchun savollar: Maktab psixologi xulqi og‘ishganlikni diagnostika va psixokorreksiya qilishida qaysi omillarni hisobga olish kerak? О‘smirlik xulq-atvorining о‘ziga xos tomonlari nimadan iborat? Xulq-atvordagi og‘ishni korreksiya qilishning qaysi psixologik metod va metodikalari mavjud? 1 Мавлонова Р.А, Воҳидова Н.Ҳ «Ижтимоий педагогика”. Т.: “Истиқлол”, 2009 йил, 99-104-бетлар Download 118.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling