5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


О‘zaro muloqot qiyinchiligi tashxisi


Download 118.74 Kb.
bet9/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

6. О‘zaro muloqot qiyinchiligi tashxisi. О‘smirlarning о‘qituvchilari, ota-onalari, sinfdoshlari bilan bо‘lgan qarama-qarshiliklarini yakka tartibdagi tahliliy suhbatlar davomida namoyon qilish mumkin. Muloqotdagi qiyinchiliklar о‘smirning muomala uchun yopiq fe’li bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. Shuning uchun suhbat boshidanoq о‘smirning muloqot uchun qay darajada ochiqligini aniqlash kerak. Suhbat uchun ochiqlik belgilari:

  • muloqotga tez kirishuvchan, kelishuvchan, vaziyatdan tez chiqib ketish mahorati;

  • psixologiyada bu sifatlar quyidagicha talqin qilinadi: muloqotga tez kirishuvchanlik yoki kirishimlilik - bunday insonning shaxsiy sifati shundan iboratki, boshqa insonlar bilan oson muomalaga kirishish, boshqalarning tasavvurida kerakli inson bо‘lishga intilishdir. Kelishuvchanlik - bu shaxsning shunday sifatiki, u quyidagi holatlarda namoyon bо‘ladi:

  • istalgan odam yoki auditoriya bilan tez chiqishib keta olish;

  • boshqa insonning fikriga ta’sir о‘tkaza olish;

  • istalgan savolga dalillar bilan javob berish;

  • muammolardan yomon oqibatsiz chiqib keta olish.

    Tez chiqishib keta olish mahorati – ongli ravishda boshqariluvsiz bо‘ladigan vositalardan foydalana olish imkonini beradi. Bunday xususiyatlar boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishda zarur bо‘ladi.
    Kommunikatsiya lotincha “communicatio” sо‘zidan olingan bо‘lib, muloqot, aloqa bog‘layman, umumiy ish qilaman, degan ma’noni anglatadi. Kommunikatsiya - о‘zaro nutq orqali ma’lumotlarni almashishdan iborat.
    Kommunikativ mahorat - kommunikativ bilim, tajribadan kelib chiqib, odamlarning о‘zaro muloqot, muomala vositasi. Kommunikativ mahoratni turmush jarayonida, maxsus treninglar, psixolog kurslarida о‘zlashtirish, takomillashtirish mumkin. Bu mahorat orqali inson о‘ziga tanish va notanish holatlarda, favqulotda holatlarda muomala qilib, ma’lum xulq kо‘rinishini namoyon qiladi. Psixolog о‘smirlarning kirishimlilik sifatlarni aniqlash uchun quyidagi savollardan foydalaniladi.

    • U о‘z ota-onasi, о‘qituvchilari, sinfdoshlari bilan muloqot qilishga qiynaladimi?

    • Qiynalsa nima sababdan? О‘zini kirishimli inson deb hisoblaydimi? Atrofdagilar uni kirishimli deb hisoblaydilarmi?

    • U osonlikcha istagan inson bilan muloqotga kirisha oladimi?

    • Sinfda uyga berilgan vazifaga javob berishga tortinadimi?

    • О‘z fikrlarini tushunarli bayon qila oladimi, uning bayonini о‘qituvchilari, ota-onasi, dо‘stlari qabul qiladimi?

    • Uning uchun kо‘chada dо‘stlari bilan muloqot qilishi yoki biron ish bilan mashg‘ul bо‘lish muhimroqmi?

    • Qarama-qarshi jins vakili bilan dо‘stlashganmi?

    • Mobil telefoni bormi?

    Yuqoridagi savollarga javob olib, о‘smirning kommunikativ xususiyatlari, kamchiliklari haqida aniq xulosa qilish mumkin. Suhbat davomida quyidagi holatlarga ahamiyat berish lozim:

    • Savollarga u qaysi holatda reaksiya bildiradi?

    • Nutq tezligi qay darajada?

    • О‘z fikrini tо‘g‘ri va aniq izhor qila oladimi?

    • Nutqida atrofdagilarning kulgusiga sabab bо‘luvchi kamchiliklari, defektlari yо‘qmi?

    • Deviant xulqli о‘smirlarga xos bо‘lgan qо‘l, barmoqlar harakatlaridan qay darajada nutqi davomida foydalanadi?

    • Kо‘cha tilidan, jargon sо‘zlardan foydalanadimi?

    • Psixolog bilan bо‘lgan suhbatga о‘smirning munosabati qanday - jiddiy, manfaatdor, befarq, shubhali, qо‘rquv bilan.

    Yuqoridagi xususiyatlar о‘smirning suhbat davomidagi javoblarini tо‘ldirishga xizmat qiladi. Tahliliy-tashxis qо‘yuvchi suhbatdan sо‘ng о‘smirning kommunikativ darajasini aniqlovchi V.Ryaxovskiy uslubida tuzilgan testlarni о‘tkazish tavsiya etiladi.

    Download 118.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling