5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar
Download 118.74 Kb.
|
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashxis qо‘yish uchun tavsiyalar: 1. Tashxis qо‘yish
- 2. Deviant xulqli yoshlarning hayotiy mezonlarini tahlil qilish.
Ijtimoiy-psixologik tashxis - bu о‘smirlarning о‘zaro oilada, «kichik guruhlarda, tо‘garakda, sport jamoalarida va boshqalarda shakllangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tо‘g‘ri baholash». Deviant xulqli о‘smirlarning ijtimoiy-ruhiy holatlarini quyidagi usullarda tashxislash keng qо‘llaniladi. AQSH, Olmoniya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya kabi davlatlarda ruhiy tashxis qо‘yish uslublari bilan mutaxassislar izchil faoliyat olib boradilar. Bunday izlanishlar natijalari bо‘yicha ilmiy, tibbiy, ma’rifiy maskanlarda tatbiq etishga ruxsat oladilar. Tashxisni belgilashda psixolog aniq va alohida bо‘lgan ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarni aniqlashi darkor. Psixolog nafaqat yuqoridagi xususiyatlarni aniqlashi, balki ularning kelib chiqish sabablarini ham о‘rganishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Kuzatuv, suhbatlar, intervyu, anketa sо‘rovnomasi, ekspert baholash usuli, о‘z-о‘zini baholash uchun shaxsiy sо‘rovnomalar, ruhiy testlar, ijtimoiy baholash usullari.
Tashxis qо‘yish uchun tavsiyalar: 1. Tashxis qо‘yish davomida deviant xulqli о‘smirlarning quyidagi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini hisobga olish kerak: shaxsning hayotiy mezonlari; ma’naviy va huquqiy meyorlar haqida tushunchaga ega bо‘lish; о‘qituvchilar, ota-onalar va sinfdoshlar bilan muloqot qilishdagi qiyinchiliklar, ular bilan kelisha olmaslik; о‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, xususiyatlarini baholash; deviant xulqka moyil bо‘lish; О‘z kelajagiga, о‘qish va kelgusi hayotiga bо‘lgan munosabatlar. 2. Deviant xulqli yoshlarning hayotiy mezonlarini tahlil qilish. Hayotiy qadriyatlarni aniqlash о‘smirlar bilan suhbat qilish, test о‘tkazish orqali ham tashxislanadi. О‘smirlar kо‘ngli quyidagi qadriyatlarga yaqinroq bо‘ladi: о‘z dо‘stlarini tengdoshlari jamoasidan topish, bu bilan о‘ziga о‘xshash tengdoshlari bilan bir guruhda bо‘lish; barchaga о‘xshash, ammo о‘z qadrini bilish; «takrorlash», «taqlid qilish» guruh ichida ularga xos bо‘lgan meyorlarni qо‘llash; og‘ir holatlarda, tengdoshlar orasidagi kelishmovchiliklarda bir-biriga yordam qо‘lini chо‘zish; guruh ichida о‘zini kuchli, adolatli inson sifatida namoyon etish; ota-ona, vasiylardan mustaqil bо‘lish istagi; kо‘pgina holatlarda huquqbuzarlik, tajovuzkorlik bilan bog‘liq jismoniy kuch, iroda namoyishlari; kattalar huquqiy meyorlar talablarini inkor etsa ham agarda huquqbuzarlik bilan bog‘liq faoliyatga sо‘z bergan bо‘lsa, uni albatta bajarish; chet elning bizga yot bо‘lgan madaniyati mahsullarini о‘zlashtirish, musiqa, kiyim-kechak, bezak vositalari; qanday yо‘l bilan bо‘lmasin «moddiy farovonlikka erishish». Psixologlarning tadqiqotlari shuni ma’lum qiladiki, kо‘pgina deviant xulqli о‘smirlar beg‘araz faoliyat, ijodiy ish, ma’rifatli bо‘lish, aniq kelajakka reja tuzish kabi qadriyatlarni rad etadilar. Ularning hayotiy prinsiplari о‘zlari xohlaganidek, kuchli shon-shuhratli bо‘lishga yо‘naltirilgan. Ularning hayotiy mezonlari faqatgina farovon, tо‘kis hayotda yashash, о‘zi xohlaganidek harakat qilish. Quyidagi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlar deviant xulqli о‘smirlarning hayotiy mezonlarini tashkil qilib, boshqa insonlar bilan jamiyatdagi, atrof-muhit bilan bо‘lgan munosabatlarini belgilaydi. Download 118.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling