1. Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish. Vaqt о‘tgan sari о‘zlariga zarar bо‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga о‘ralashib qolishlari. Achinarlisi, bekorchi о‘smirlar bо‘sh qolib, kayfiyatni kо‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi. О‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bо‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib ketmasligi uchun ham ichishga ruju qо‘yadilar. Ular nafaqat о‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bо‘ladilar.
2. Imitatsiya (о‘xshatish) bu doimo kimgadir taqlid qilishdir. Bunday о‘smirlar о‘z tengdoshlari yoxud kattalarning xatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar kо‘payadi. Kо‘pgina о‘smirlar о‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydilar va ularga taqlid qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bо‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli noxushliklarga tayyor turishlari darkor. Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bо‘lsa-yu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bо‘lsa, undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, chunonchi, kо‘pgina giyohvandlar, katta pul kerakligidan turli jinoyatlarga о‘ralashib qolishadi.
3. Inkor reaksiyasi (qarama-qarshi tuyg‘u). О‘smirlar uchun xos bо‘lgan tuyg‘u. Xulqning qarama-qarshi xususiyatlari yaqinlarining dilsiyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning bajarilishida namoyon bо‘ladi. Qarama-qarshi ruhdagi harakatlar kо‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bо‘ladi. Oilada muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bо‘rttirilgan huquqbuzarliklar bilan namoyon bо‘ladi. Bunday isyonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlari-ga tо‘sqinlik qilishi sabab bо‘ladi. Ota-onaning bolasiga qо‘ygan о‘ta yuqori talablari, uni “vunderkind” – о‘ta yuqori chо‘qqilarni egallovchi shaxs qilishdek orzulari ham sabab bо‘ladi. Dushmanlik hissini berkitib, о‘smir kattalarga bо‘lgan norozilik, xafaligini, undan ruhan begonasirashini namoyon qiladi. U о‘ziga dо‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va kо‘pincha ichuvchi, chekuvchi tо‘daga kirib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |