5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Deviant xulqli о‘smirlarning о‘zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar


Download 118.74 Kb.
bet8/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

5. Deviant xulqli о‘smirlarning о‘zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar. Avvalo shuni aytish lozimki, yosh yigit-qizning о‘smirlik davri bizning sharoitimizda asosan oilada, mahalla, maktab, turli xil ta’lim-tarbiya muassasalari, sport, kо‘ngilochar joylardagi jamoalarda kechadi. Agar tarbiya uchun mas’ul bо‘lgan mana shu zanjirning biror bо‘g‘ini zaif bо‘lib, о‘smir bu yerda о‘ziga nisbatan e’tibor, izzat, g‘amxо‘rlik va mehribonlik, unga nisbatan bо‘layotgan nazoratni sezmasa, u boshqa narsalarni о‘ylay boshlaydi. О‘zining dunyoqarashi, intilishi, borliqni о‘zida idrok etishi nuqtai nazardan kelib chiqqan holda kattalarga taqlid qilishga urinadi, ichishni, chekishni, о‘zgalardan zо‘rroq bо‘lishni xohlab qoladi. Niyatini amalga oshirish uchun chora izlaydi, о‘zgalar ta’siriga beriladi. Ijobiy muhitga tushmagan, e’tibordan chetda qolgan bolani yomonlar tez fursatda о‘zlarining davrasiga qо‘shib oladilar. Natijada u salbiy illatlarning qurboniga aylanishi, jamiyat uchun xavfli insonlar safiga qо‘shilishi ehtimoli oshadi.
Mutaxassislarning fikricha, keyingi paytda huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar orasidagi quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha tartibbuzarlikning о‘sish tendensiyasi kuzatilgan:

  • Tо‘liq oilalardagi huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining о‘sishi;

  • Har xil ta’lim muassasalari (maktab, kollej, institut va b.) о‘quvchi-yoshlari orasidagi tartibbuzarlikning о‘sishi;

  • Huquqbuzarlikning katta (16-17 yosh) о‘spirinlar orasida о‘sishi;

  • Qizlar orasida huquqbuzarlikning о‘sishi;

  • Narkobiznes bilan bog‘liq huquqbuzarlikning о‘sishi (yoshlardan narkokuryer sifatida foydalaniladi) va h.k.

Bundan kelib chiqadigan xulosa. Bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda jonlantirish zarur va buning uchun:
1. Targ‘ibot-tashviqot ishlarini nafaqat huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar orasida, balki jamiyatning barcha a’zolari orasida olib borish.
2. Xotin-qizlar orasida bu ishga kо‘proq e’tibor berish va bu ishga butun jamoatchilikni jalb qilish lozim bо‘ladi.
Olib borilayotgan profilaktika ishlari (targ‘ibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlari) qachonki ushbu soha mutaxassis-olimlarining tadqiqotlariga, tajriba-sinovda olingan natijalarga suyanilsa, kutilgan natijani berishi mumkin.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling