3. Deviant xulqli о‘smir xulq-atvor yо‘nalishining tahlili. Buning uchun avvalambor B.Bas metodikasi bо‘yicha anketa sо‘rovnomasi tо‘ldiriladi. Anketa javoblari umumlashtirilib, psixolog xulosalari bilan о‘smirning о‘zi va guruhdagilar bilan о‘rtoqlashadi. B.Bas tuzgan anketa savolnomasi 3 toifa shaxsning yо‘nalishlar xossalarini belgilaydi.
О‘z-о‘ziga qaratilgan yо‘nalish - faqat о‘zining xotirjamligini kо‘zlash, shaxsiy ustunlikka intilish, raqobatchilikka, hukmronlikka, birinchi bо‘lishga intilish hamda odamovilik, tajovuzkorlik, tajanglik, tashvishli holatda bо‘lish kabilardir. Bunda о‘smirlar ishda, jamoada bi-rinchi galda shaxsiy manfaatlarini ustun qо‘yadilar.
О‘zaro muloqot hamjihatlikka qaratilgan yо‘nalish - insonlar bilan muloqotga intilish, ba’zida muvaffaqiyatli bо‘lmasa-da jamoada umumiy faoliyat bilan shug‘ullanish.
Mehnat faoliyatiga qaratilgan yо‘nalish - muhim muammolarni yechishga faoliyati jarayonida intilish.
Asosiy yо‘nalish anketa bо‘yicha aniqlanganda kо‘p ball tо‘plagan yо‘nalish ustuvor deb hisoblanadi. Test natijalarini e’lon qilgandan sо‘ng о‘smirlar bilan suhbat о‘tkaziladi va о‘smirning о‘zi haqidagi bahosi bilan nechog‘liq tо‘g‘ri kelishini aniqlash darkor. Ayniqsa, о‘z-о‘ziga qaratilgan yо‘nalishi va о‘zaro muloqot, bahamjihatlikka qaratilgan yо‘nalishni namoyon qilgan о‘smirlarni diqqat markazida ushlash zarurdir. Bu yо‘nalishning birinchisi xudbinlik va salbiy illatlarni yaqqol kо‘rsatsa, demak aynan shu illatlar ham deviant xulqning rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Ikkinchi yо‘nalish esa о‘smirlarning о‘zaro muloqotga va tengdoshlari bilan aloqani ushlab turishga bо‘lgan ehtiyojini belgilaydi. Shaxsning mehnatga qaratilgan yо‘nalishi zamirida jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlar doirasidagi ishlar tushuniladimi yо‘qmi shunga kо‘ra, salbiy va ijobiy xarkaterdagi yо‘nalishlarga bо‘linadi.
4. О‘smirlarning ma’naviy-axloqiy va huquqiy meyorlar haqidagi tushunchalari tashxisi. Psixolog tashxis qо‘yishdan avval, ijtimoiy meyorlar umumiy nazariyasini tarkibiy qismlaridan bо‘lgan axloqiy va huquqiy meyorlar haqidagi bilimga ega bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |