5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Kattalar tomonidan nazoratning yo‘qligi


Download 118.74 Kb.
bet2/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

Kattalar tomonidan nazoratning yo‘qligi

O‘smirlarda bo‘sh vaqtning ko‘pligi







Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni tartib buzarlikka jalb etadigan ijtimoiy-psixologik omillar







Zararli odatlarga berilganlik imkoning borligi

Bo‘sh vaqtni o‘tkazish joyi va vaqtning betaynligi

О‘quvchi, о‘smirlarni “tarbiyali bо‘l” degan bilan tarbiyalab bо‘lmaydi. Buning uchun ularning psixologiyasiga ta’sir etuvchi vositalardan foydalanish darkor. Jumladan, о‘smirni eng qiziqarli kitoblarga jalb etish, insoniy hislatlar, ezgulik, yaxshilikni targ‘ib etuvchi ta’sirli va о‘z xulq – atvori bilan barchaning hurmatiga sazovor bо‘lgan insonlarning hayot yо‘li hamda о‘rnak bо‘luvchi jihatlarini о‘smir yoshlar ongiga singdirish orqali bu maqsadga erishish mumkin.


Ijtimoiy nuqson va ijtimoiy moslashganlik bilan tavsiflanuvchi «Tarbiyasi qiyin»о‘smirlarning ijtimoiy aloqalari deformatsiyalanishi va ijtimoiylashuvining asosiy institutlari, avvalo, oila va maktabdan begonalashishi bilan kechadi. Shu sababli, «Tarbiyasi qiyin»о‘smirlarni psixologik – pedagogik qо‘llab – quvvatlashning eng muhim vazifalaridan biri mana shu begonalashishni bartaraf etish, о‘smirni ijobiy ijtimoiy tajriba tо‘plashga kо‘maklashadigan ijtimoiy ahamiyatli munosabatlar tizimiga jalb etishdan iborat. Bu vazifani hal etish oila, maktab tarbiyasi sharoitlarini sog‘lomlashtirish kabi «Tarbiyasi qiyin» о‘smir shaxsini individual psixologik – pedagogik korreksiyalash, shuningdek, uning tengdoshlari jamoasidagi ijtimoiy maqomini tiklashga qaratilgan tadbirlar majmuasini kо‘zda tutadi.
Qayta tarbiyalash jarayoni xuddi tarbiya jarayoni kabi, avvalo о‘smirning individual – psixologik xususiyatlari, turli g‘ayri-ijtimoiy kо‘rinishlar va nuqsonlarga olib kelgan muayyan sharoitlar hamda nomaqbul tarbiya sharoitlarini hisobga olish asosida quriladi. Shu sababli pedagogik amaliyotning har bir murakkab holati uchun aniq tavsiya berish qiyin, amalda mumkin ham emas, ammo tarbiya – profilaktika ishining muvaffaqiyatli tajribasini tahlil qilish ijtimoiy – pedagogik reabilitatsiyaning ayrim umumiy tamoyillarini belgilash imkonini beradi.
О‘smirlarning ijobiy sifatlariga tayanish eng muhim tamoyillardan biridir. Tarbiyachining «Tarbiyasi qiyin» о‘smirni qat’iy qoralash, “u baribir odam bо‘lmaydi” qabilida fikr bildirishiga aslo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Ijtimoiy – pedagogik reabilitatsiya muvaffaqiyatining eng muhim sharti «Tarbiyasi qiyin» о‘smirdagi ijobiy sifatlarni kо‘ra bilish, ularga tayanish va rivojlantirishdan iborat.
Tarbiya – profilaktika faoliyatida yana о‘smirning kasbga yо‘nalganlik, bо‘lg‘usi kasbini tanlash va egallash bilan bog‘liq hayotiy intilishlarini shakllantirish muhim. «Tarbiyasi qiyin» о‘quvchilar maktab fanlarini о‘zlashtira olmasligi oqibatida kо‘pincha о‘ziga bо‘lgan ishonchni yо‘qotib qо‘yadi, bir kunlik, bir lahzalik rohat uchun yashay boshlaydi. Bu ular shaxsining kriminallashuvi va disotsializatsiyasi uchun jiddiy zamin hozirlaydi. Shuning uchun turli sabablarga kо‘ra о‘zlashtira olmayotgan bolalar ishonchini sо‘ndirmaslik uchun ularga imkoniyatlari, moyilliklari va mavjud bilimlari saviyasiga mos kasb tanlashga kо‘maklashish lozim.
“Faoliyat – tarbiya asosi” – pedagogik psixologiya fanining asosiy tamoyillaridan biri va u ijtimoiy reabilitatsiya jarayonida tо‘liq amalga oshirilishi lozim. Jamoaviy faoliyat, sog‘lom jamoaga kiritmay turib, faqat aql о‘rgatish bilan qayta tarbiyalab bо‘lmaydi. «Tarbiyasi qiyin» о‘smir shaxsiga bevosita ta’sir о‘tkazish bilan birga uning sinfdoshlari jamoasidagi munosabatlarini normallashtirish, tengdoshlari orasida ijtimoiy maqomini tiklashga yordamlashish, sinfdan, maktabdan begonalashishni yengish, ularning referent ahamiyatini oshirish lozim. Jamoaning ta’siri birinchi galda, о‘smirning tengdoshlar muhitidagi emotsional kayfiyati nufuzli qoniqishlari bilan bog‘liq referent ta’siri bilan belgilanadi. Shundan, «Tarbiyasi qiyin» о‘smir jalb etilgan jamoaviy ijtimoiy foydali faoliyat unga о‘z imkoniyatlari, qobiliyatlarini, eng muhimi, о‘zini mustahkamlashdagi ehtiyojini amalga oshirish imkoniyatini berishi kerak. Qayta tarbiyalashning bu muhim va murakkab vazifalarini alohida hal etib bо‘lmaydi. О‘smir shaxsiga bevosita pedagogik ta’sir kо‘rsatish bilan bir qatorda pedagoglar va ota – onalarning «Tarbiyasi qiyin» о‘smirga nisbatan yagona pedagogik pozitsiyasi bо‘lishga erishishi lozim. Ijtimoiy reabilitatsiya muvaffaqiyatining bu muhim shartini bajarish kо‘pincha maktab va oila, maktab va mahalla va shu kabilar munosabatlari murakkabligi bois ancha qiyinlashadi. YA’ni tarbiya – profilaktika vazifalarini birgalikda hal etishi lozim bо‘lgan ijtimoiylashtirish institutlari amalda bir – biriga yomon munosabatda bо‘lishi, о‘zaro bir – birini ayblash va qoralash pozitsiyasini egallashi mumkin. Oqibatda, bu «tarbiyasi qiyin» о‘smirning kattalar dunyosidan yana begonalashishiga olib keladi. Shu bois psixolog va ijtimoiy pedagoglar о‘smirning pedagogik beboshligiga aybdorni izlashdan kо‘ra, bu beboshlikni bartaraf etish yо‘llarini izlasa foydaliroq bо‘lardi. Reabilitatsiya jarayonini о‘smirda о‘z – о‘zini tarbiyalash ehtiyojini uyg‘otgandan keyingina yakunlash mumkin. О‘z – о‘zini tarbiyalash о‘z – о‘zini tahlil, о‘z – о‘ziga tanqidiy munosabatdan boshlanadi. Bundan tashqari, о‘z – о‘zini tarbiyalash xulq namunasi sifatida tanlangan ma’lum ideal, inson о‘z – о‘zini, о‘z hatti – harakatlarini baholashi uchun asos bо‘ladigan ma’lum ma’naviy qadriyatlar va mezonlar bо‘lishini kо‘zda tutadi.
Ta’kidlash lozimki, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning farqli tomoni о‘z – о‘zini tahlil, о‘z – о‘zini baholash kо‘nikmalarining mavjud emasligidadir.
Odatda, ular о‘zi va о‘rtoqlari xarakteridagi yaxshi va yomon qirralarni aytishga qiynaladi. О‘z – о‘zini takomillashtirish uchun о‘zidagi qaysi tomonlarni tо‘g‘rilash lozimligini aniqlay olmaydi. Shu sababli о‘smirni о‘z – о‘zini tahlil qilishga, о‘z xatti – harakatlari haqida о‘ylashga undash lozim. Bunda tarbiyachi bilan tez – tez suhbatlashish, о‘qilgan kitob, kо‘rilgan filmdagi hayotiy vaziyatlar haqida fikrlashga kо‘maklashishi «tarbiyasi qiyin» о‘smirlarning og‘ishgan xulqini profilaktikalashga amaliy psixologning tashxisi, maslahati va korreksiyadan iborat faoliyati ustuvorlik kasb etadi. Psixologik tashxis bolalar, о‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtirgan turli xil omillarni aniqlash imkonini beradi. Individual – psixologik tadqiqot «Tarbiyasi qiyin» о‘smir shaxsining kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlashni kо‘zda tutadi. Bular, bir tomondan, psixologik – pedagogik korreksiyaga muhtoj, boshqa tomondan, tarbiya, qayta tarbiya, о‘z – о‘zini tarbiyalash jarayonida tayanish mumkin bо‘lgan shaxsning psixologik imkoniyatini tashkil etadi. Bunda pedagog va psixologning birgalikdagi say – xarakatlari hisobiga tugatish mumkin va tarbiyaga individual pedagogik yondashuvda hisobga olish kerak bо‘lgan о‘smir xarakterining ehtimoliy aksentuatsiyasini, ya’ni meyorning keskin namoyon bо‘lishi, nuqsonlarni aniqlash juda muhim. Shuningdek, ijtimoiy moslashganlikning turli shakllarida namoyon bо‘ladigan xavotirlik, tajovuzkorlik sindromlari, bola, о‘smirning о‘z – о‘zini baholash tizimidagi buzilishlar, intilishlarning noadekvat darajasini aniqlash zarur. Tarbiya, qayta tarbiyalash, korreksiya jarayonida о‘smirning qadriyatli va referent oriyentatsiyasi, uning qiziqishi va motivatsiyalarini hisobga olishi zarur. Og‘ishgan xulq korreksiyasi birinchi navbatda bola, о‘smirning kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlari tizimidagi nomaqbulliklarni aniqlash, ijtimoiy vaziyatni “davolash”, ya’ni о‘qituvchilar, ota – onalarning pedagogik pozitsiyalarini korreksiyalash, ijtimoiy rivojlanishga salbiy ta’sir etadigan «Tarbiyasi qiyin» bolalar bilan ishlash azaldan eng dolzarb muammolardan biri bо‘lib kelgan.
Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug‘ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan, u qanday ijtimoiy muhitda tug‘ilib voyaga yetib, ulg‘ayayotganligiga e’tiborni qaratishimiz lozimdir.
Kо‘pchilikning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar bilan bog‘liq muammolarning tez – tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog‘lash mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi yoki kattalarning e’tiboridan chetda bо‘lishi, oiladagi krizis va hokazolar. Bu omillarni inkor etmagan holda, mazkur muammoning tub sabablarini bolaning psixik taraqqiyotidan qidirish lozim.
Hech kimga sir emaski, bugungi kun bolalari о‘zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta’sirlanuvchan, mustaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, о‘z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki, inson tabiatan о‘ziga xos oson va kо‘ngilochar mashg‘ulotlarga moyil bо‘ladi. Inson xulq – atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari tazyiqi ostida bо‘lishini inobatga olinishi kerak. Ushbu tazyiqlarni tо‘g‘ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi.
Bu holatni zamonaviy texnikaning rivojlanganligi ta’siri deb ham izohlash mumkindir. Kо‘pchilik hollarda о‘smirlardagi bu о‘zgarishlarga e’tiborsizlik va befarqlik ularning xulq – atvorida salbiy og‘ishlarining boshlang‘ich sababi va asosi bо‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda «tarbiyasi qiyin» о‘smirlar bilan individual ishlash usuli yaratilgan, fe’l – atvordagi nuqsonlarning hatti – xarakati nosog‘lomligining oldini olish va tuzatish yо‘llari ilmiy asosda ishlab chiqilgan. Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, tarbiyasi qiyin, injiq xulqli salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan tashqari, pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. О‘smirlarda nojо‘ya hatti – xarakatlarning paydo bо‘lishining sabablari va turtkilari har xildir. Qonunni buzish yoki qoidaga xilof ish qilishi darajasiga qarab «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar jinoiy qonunbuzar guruhlarga ajratiladi.
Shaxsning biologik о‘sishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining kamchiliklari, о‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentdagi nuqsonlar tarbiyasi qiyinlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Shaxsning psixik о‘sishidagi kamchiliklar, chunonchi aql – idrokning zaif rivojlanganligi, irodaning bо‘shligi, hissiyotning kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlarning mavjud emasligi, о‘smirning intilishi bilan mavjud imkoniyati о‘rtasidagi nomutanosiblik va hokazolar hatti – xarakatni izdan chiqaradi. Maktabdan tashqari muhitning ta’siridagi nuqsonlar, chunonchi, oilada pedagogik – psixologik bilimlarning yetishmasligi oilaviy nizolar, ajralish, ota – onaning ichkilikka va shahvoniy hayotga berilishi, balog‘atga yetmagan tengqurlarining ta’siri, madaniy – ma’rifiy ishlab chiqarish jamoalari hamda jamoatchilik qurshovidagi kamchiliklar ham «tarbiyasi qiyin» о‘smirlarning kо‘payishiga sabab bо‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlab о‘tishimiz lozimki, psixologik xizmat doirasida о‘smir tarbiyasidagi salbiy о‘zgarishlarni oldini olishda eng avvalo, о‘smirga ta’sir kо‘rsatish zarur, buning uchun esa о‘smirni о‘zini о‘zgartirishga tayyorlash, ya’ni:

  • tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslikka;

  • turli xil qiyinchiliklarni yengib о‘tishga о‘rgatish lozim.

Demak, о‘smirda mavjud notо‘g‘ri salbiy о‘zgarishlarni ruhiy rivojlanishning meyor darajasiga yetkazish orqali о‘smir tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yо‘qotishga erishish mumkin.
Bugungi kunda «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar xarakteridagi patologik о‘zgarishlar, ularning differensial diagnostikasi, tipologiyasi va klassifikatsiyasi mohiyatan bir qancha fan sohalarining о‘rganish obyektiga aylandi. Ular xarakteridagi о‘zgarishlar ba’zan qisqa muddat davom etsada, lekin ushbu о‘zgarishlarning psixologik xususiyatlarini ochish mutaxassislardan juda katta kuch va vaqt talab qiladi. Agar о‘zgarishlar klinik tus olsa, ularning asoratlari shakllanishga salbiy ta’sir kо‘rsatib, uning kelgusi turmush tarzining kechishida о‘z “izlarini” namoyon etadi. Shu bois о‘smirlar xarakteridagi о‘zgarishlar jarayoni chuqur, kompleks о‘rganish, ya’ni uning psixologik diagnostikasi katta ahamiyatga ega. Xarakter patologiyasi xususiyatlarini ochib beruvchi psixologik diagnostikaning zamonaviy holatini uch xil reja asosida, ya’ni nazariy, metodologik va amaliy tahlil orqali amalga oshirish mumkin. Uning nazariy rejasi xarakter patologiyasining psixologik diagnostikasiga asoslangan nazariy konsepsiyalarni aniqlash, metodologik ustanovkalarga suyangan holda yangi diagnostik metodlar yaratish yoki ularni tanlash, olingan natijalarni baholash, uning interpretatsiyasi uchun asosiy bо‘g‘in bо‘lishi kerak.
О‘smir xarakteridagi “og‘ishlar” muammosi tadqiqotlariga kompleks yondashish undagi о‘zgarishlarning kognitiv, konativ va affektiv jihatlarini chuqurroq о‘rganishga yordam beradi.
Tarbiyasi “qiyinlik” va tarbiyalanganlikning psixologik tafovutlariga qisqacha sharh.
Bizga ma’lumki, tarbiyasi “qiyin”lik va tarbiyalanganlikning farqlari psixologik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Albatta, tarbiyasi “qiyin”likning tiplari va ularning tasniflari berilgan. Lekin ularning “qiyin”lik chegaralarini belgilash birmuncha qiyin vazifa.
О‘smirlik davrida nazorat ikki xil: bevosita va bavosita usullarda olib boriladi. Nazoratning bevosita usuli “yо‘naltirish”, “tartibga solish”, “tasodifiy sharoit”, “jazolash”dan iborat. Xulq – atvor о‘zgarishlari va “qiyin”lik о‘rtasida ba’zan muntazamlilik, ba’zan qarama – qarshilik rо‘y beradi. Bavosita nazorat usuli “identifikatsiya” va “ijobiy muloqot”dan iborat.
Shunday qilib, oila a’zolarining о‘zaro munosabatlari orasida muayyan bog‘liqlik mavjud. Oqibatda, bizga ijtimoiylashgan oilaning “qо‘llab - quvvatlovchi” va “nazorat qiluvchi” kabi asosiy parametrlari bilan ishlashga tо‘g‘ri keladi. Shuningdek, yomon xulqli ota – onalar, yomon tarbiyachilar bо‘lib, ular о‘z farzandlariga salbiy ta’sir kо‘rsatadilar, ularning ham tarbiyasi “qiyin” hamda yaxshi xulqli oilaning rivojlanish shart – sharoitlarini yanada chuqurroq о‘rganish kerak, - degan xulosaga kelishimizga asos bо‘ladi.
О‘smirlik – shaxs shakllanishidagi eng muhim palla, tengdoshlari va atrofdagilar bilan о‘zini qiyoslab, о‘z holatidan, kо‘rinishidan qoniqmaslik, ikkilanishlar davri hisoblanadi. Sababi о‘smir bu davrda sekin-asta zaruriyatni anglab, ma’lum bir erkinlikka erisha boshlaydi, shunga kо‘ra u qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bо‘lib boradi, ya’ni rivojlanishning qonuniyatlari asosida mas’uliyat bilan harakat qila boshlaydi. Shu tufayli о‘smirlik davri turli qarama-qarshi kechinmalar, qiyinchiliklar va krizislar bilan tо‘lib-toshgan. Shuning bilan birgalikda, bu davr bolalik hissiyotlarining yо‘qolishi, xavotir tuyg‘usi va psixologik noqulaylikning paydo bо‘lish davridir.
О‘smirlik davrini kо‘pincha rivojlanishdagi proporsiyaning buzilishi davri deb ham ataydilar. Bu yoshda о‘zining jismoniy xususiyatlariga e’tibor ortib, atrofdagilarning fikriga reaksiya kuchayadi, shaxsiy izzat-nafsi va xafagarchilik tuyg‘usi kо‘tariladi. Jismoniy kamchiliklar kо‘pincha bо‘rttiriladi. Dastavval, bolalik yoshiga solishtirganda о‘z tanasiga ortib boruvchi e’tiborga nafaqat jismoniy о‘zgarishlar, balki о‘smirning yangi ijtimoiy roli ham sababdir. Atrofdagilar о‘smirdan jismoniy yetuklik evaziga rivojlanishning ma’lum bir muammolarini о‘zlari uddalashlarini kutadilar. Kattalar g‘amxо‘rligidan chiqishga intilib, о‘smir о‘zining ulg‘ayayotgan “Men”ini erkin his qilishi uchun vaqtinchalik namoyon qila olish imkonini izlaydi. Buni u bо‘sh vaqt muhitidan topadi. О‘smir hayotida bо‘sh vaqt ustuvor xarakterga ega. Bu vaqtni voyaga yetmaganlar uydan tashqarida, tengdoshlari kompaniyasida о‘tkazadilar. Ota-onalar о‘smirning maktabdan tashqari vaqtdagi muloqotlariga ta’sir о‘tkazmoqchi bо‘ladilar, gо‘yoki ularning nazarida farzandlarini istalmagan aloqadan himoya qiladilar. Buning natijasida odamovi, yolg‘izlikni xush kо‘radigan о‘smirlar paydo bо‘ladi. О‘smirlar axloqiga, birinchi navbatda, tashqi ijtimoiy muhit (mikromuhit : oila, sinfdagi, maktabdagi sharoit, bu muhitning qolgan a’zolari bilan munosabatda), shuningdek, о‘smir shaxsining turli “hayotiy omadsizliklar”ga reaksiya qilishiga bog‘liq individual xususiyatlari ta’sir kо‘rsatadi.
О‘smir moslashmaganligining turli kо‘rinishlarida ifodalanuvchi xulqi og‘ishganlik nofarovon psixoijtimoiy rivojlanish va ijtimoiylashuv jarayonining buzilishi natijasidir. Axir о‘smir bu davrda о‘z-о‘zini har tomonlama anglashga, boshqa odamlar orasidagi о‘z о‘rnini topishga intilarkan, atrofidagi katta odamlarning qiliqlari, harakatlaridagi bir qancha sifatlarga havas bilan qaraydi, bu sifatlarni о‘zida topa olmay qiynaladi. Ba’zida hatto о‘zini tо‘laqonli emasday his qiladi. Shunday paytda bolaga atrofidagi yaqin odamlari, avvalo, ota-onasi, ustoz-murabbiyi birinchi yordam qо‘lini chо‘zmoqligi darkor. Ma’lumki, bola dastlab ota-onasidagi xislat va fazilatlarni kо‘radi, keyin esa boshqa atrofdagilar bilan solishtirishni boshlaydi. Shunday ekan, ota-onalar farzandlari qalbiga yо‘l topa bilishlari lozim. Xulqi og‘ishgan (maktabdan qochib ketadigan, tengdoshlariga doimiy xalaqit qiladigan, sinfdoshlarining jig‘iga tegadigan) bolalar kattalarning har qanday qо‘llab-quvvatlashlariga muhtoj bо‘ladilar. Ota-onalar sinf rahbari, о‘qituvchi va maktab psixologlari yordamida bolaga ma’naviy yordam berishlari lozim bо‘ladi.
О‘smirlik yoshi – uning dunyoqarashi, e’tiqodi, nuqtai nazari, prinsiplari, о‘zligini anglashi, baholashi va hokazolar shakllanadigan davr sanaladi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning kо‘rsatmalari yoki о‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzu-istaklari bilan harakat qilsa, о‘smir о‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
О‘smir shaxsining tarkib topishida axloq, о‘ziga xos ong alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda о‘quvchilarning axloqiy tushunchalarni о‘zlashtirishi va ularni turmushga tatbiq etishi muhim rol о‘ynaydi. Umuminsoniy hislatlarni shakllantirish jarayoni о‘quvchidagi ishonch, nuqtai nazarning qarama-qarshiliklariga duch keladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish, undagi inson uchun zarur kо‘nikmalarni egallash unga kattalar xulq-atvorini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Natijada favqulodda holatlarda katta yoshdagi odamlarning tutgan yо‘li va uslubini baholash kabi hayotiy kо‘nikmasi tarkib topa boshlaydi.
Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining ijtimoiy-psixologik omillarini о‘rganish jarayonida ularga quyidagilar kо‘proq ta’sir etishini aniqlandi:
Voyaga yetmaganlarning kattalar bilan va о‘zaro kelishmovchiliklari (oilada, maktabda, istiqomat joyida);
 Voyaga yetmaganlarning kо‘chadagi о‘zaro va boshqa norasmiy guruhlarga qо‘shilishi va ular faoliyatida ishtirok etishi, ushbu guruhlarning rahbarlari tomonidan ularga tazyiq о‘tkazilishi;
 Voyaga yetmaganlarning ularni u yoki bu qonunbuzarlikka yoki jinoyatga boshlovchi kattalar (kо‘pincha ilgari sudlangan), shuningdek, ularni muntazam spirtli ichimlik va narkotik moddalar iste’mol qilishga jalb etuvchilar bilan о‘zaro munosabatda bо‘lishlari;
 Voyaga yetmaganlarni alohida (oilada) va kо‘pchilik tarbiyasi (maktabda) jarayonida yо‘l qо‘yilgan xatolar; tarbiyachilar (ota-onalar, о‘qituvchilar)ning о‘smirlar yoshi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilmaslik yoki yetarli anglay olmasliklaridir.
Deviant xulqli о‘smirlarning yoshiga va ijtimoiy-psixologik holatlariga oid xususiyatlari
Psixologiya, pedagogikaga oid adabiyotlarda о‘smirlarning 11-12 dan 15-16 yoshgacha bо‘lgan davri jinsiy yetilish, faol jismoniy о‘sish, shaxs sifatida shaklanishi davri deb sifatlanadi. Ayni shu davrda insonlarning fe’li, ijtimoiy munosabatlari shakllanib, odamlarga atrof voqelikka bо‘lgan munosabatlari ham yaqqol kо‘zga tashlana boshlaydi. Aytish joizki, aynan shu yoshdan boshlab, о‘z-о‘zini anglash, bolalik his-tuyg‘ularini kattalar dunyoqarashiga о‘zgarishi, shaxsni ichki «meni» va uni anglash davri boshlanadi. О‘smirlik davri eng murakkab palla hisoblanadi. Ularning jismi, aqli, ongida bо‘layotgan о‘zgarishlar bezovtalik, his- tuyg‘ularning beqarorligi, ichki kurashlar sababchisi bо‘lib qoladi. О‘smirlar kо‘p hollarda nafaqat jismoniy rivojlanishdan, balki bir qancha ijtimoiy insonlararo munosabatlarda ham bezovtalik, noqulayliklarni boshdan kechiradilar.
Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bо‘lgan о‘smirlik yoshi shu bilan ajralib turadiki, unda shaxs ijtimoiy xususiyatlarga ega bо‘lib, jinsiy tomondan yetiladi. Ba’zi о‘smirlar tezroq, ba’zilar sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar, keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zilari bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashtirishadi. О‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi hislatlarga chambarchas bog‘liqdir. О‘smirlarning bir-biridan farqi keskin namoyon bо‘lmasligi mumkin. Deviant xulqli о‘smirlar uchun tar-tibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala, «kо‘cha» va turli tо‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos.
Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum turdagi о‘smirlardagi qо‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bо‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qarama-qarshi ruhda harakatlanib, tajovuzkorona buzg‘unchilik sifatlarini namoyon qilishadi. О‘smirlar xulqidagi deviantlikning oldini olish, unga qarshi kurashish maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini о‘rganish davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga kо‘ra, 3 guruhga bо‘linishi ma’lum bо‘ladi.
1) Shaxsning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususiyatlari, shuningdek, о‘zaro muloqotga kirishish xossalari;
2) Shaxsning guruh ichidagi о‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bо‘lgan qadriyatlarni qabul qila olishi;
3) Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bо‘lgan nuqtai-nazari bilan bog‘liq bо‘lgan umumiy xususiyatlari.
Shu 3 guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, deviant xulqli о‘smirlarning ba’zi bir о‘ziga xosliklarini aniqlash mumkin. Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan о‘zaro muomala meyorlari va xulq-atvor mezonlarini о‘zlashtirish. Deviant xulqli о‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat meyorlarini о‘zlashtirishga moyil bо‘ladi. Ijtimoiy xayolot - о‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga baho bera olish. Ijtimoiy holat - deviant xulqli о‘smirlarda juda zaif rivojlangan yoxud umuman bо‘lmaydi. Ijtimoiy tafakkur - insonlarning о‘zaro muloqot va ijtimoiy munosabatlardagi bog‘liqliklariga kо‘ra tushuna bilish qobiliyati. Bu qobiliyat ham zaif rivojlangan о‘smirlarda kо‘pgina hollarda mavjud emas. Ijtimoiy faollik - deviant xulqli о‘smirlar о‘z tengdoshlari tomonidan bо‘ladigan maqtovlardan manfaatdor bо‘lsalargina о‘zaro yordam kо‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar.
Deviant xulqli о‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:
 lider fikriga bо‘ysunish va unga ishonish;
 о‘zining guruhi о‘smirlariga taalluqli bо‘lgan muomala;
 muloqot meyorlarini qabul qilish.
Barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shaxs qobiliyatlari о‘ziga xosdir, ularning muloqot, faoliyat va о‘zaro muomala jarayonida rivojlanishi esa shaxsning jamiyatda, oilada, jamoada ijtimoiy faolligi yoki passivligini belgilaydi. Yuqorida aytib о‘tilganidek: «ijtimoiy xayolot», «ijtimoiy tafakkur» kabi xossalar alohida ahamiyatga egadir. Ammo, aynan shu xossalar deviant о‘smirlar tabiatidagi eng kam о‘rganilgan xossalardir.
О‘smirlar jinoyatchiligini о‘rgangan psixolog A.I.Dolgovaning ta’kidlashicha, huquqbuzarlik qilishdan avval о‘smirni xulq-atvorida meyordan keskin chekinishlar bо‘lib о‘tadi.
Muallif deviant xulqli о‘smirlar uchun xos bо‘lgan 2 toifa meyoriy chekinishlarni ajratib kо‘rsatgan:
 zо‘rma-zо‘raki va xudbinona toifadagi о‘smirlar о‘zini kuchli, hozirjavob, tengdoshlariga yordamga shay qilib kо‘rsatmoqchi bо‘ladi. Ammo bunday toifa о‘smirlarning haqiqat haqidagi xulosasi jinoyatchi xulosadir.
Ular xarakterida xudbinlik, zolimlik, jismoniy kuchga ishonish, noan’anaviy guruhlarni yoqlash kabi elementlar ustuvordir. Xudbinona toifalar uchun yakkalik, xudbinlik kabi buzilgan xususiyatlar xosdir. Barcha voyaga yetmagan jinoyatchilar umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat foydasiga mehnat qilishni, ijodiy faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklari bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy boylik tо‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yо‘naltirilgan. V.V.Korolev о‘smir yoshidagi huquqbuzarlikning psixologik holatlarini о‘rganish davomida ularga xos bо‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlagan:
 odob-axloq, namunali xulq tajribalarining yо‘qligi;
 dо‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi tushunchalar;
 о‘z-о‘zini о‘ta past yoki juda yuqori baholash;
 huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni notо‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bо‘lish;
 tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bо‘lish.
YE.V.Zaika, N.P.Kreydul, A.S.Yachina kabi tadqiqotchilar о‘smir xulqidagi huquqbuzarlik, meyordan chekinish holatlarini о‘rganishgan. Tadqiqotlarda maktab о‘quvchilari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi rо‘yxatidagi о‘smirlar axloq tuzatish koloniyalaridagi yoshlar ishtirok etgan. Bunda asosiy e’tibor ular fe’lidagi nosozliklarga, meyoriy buzilish holatlariga qaratilgan. Shaxsning rivojlanish jarayonidagi umumiy qiyinchiliklari va orqada qolayotganidan darak beruvchi xususiyatlari - kelajak haqidagi tasavvurining yо‘qligi, oiladagi nosog‘lom muhit, atrofdagi insonlar bilan kelisha olmaslik, о‘zini hurmat qilmaslik. Ularning kо‘pchiligi kelajakka ishonmasligini kо‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy boylik, zо‘r dо‘st kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80%i kelgusi rejalari yо‘qligi, kо‘pincha bunday о‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydilar va doimo ota-ona, о‘qituvchilari bilan janjanlashadilar. Bundaylarning 56%ida boshqalar bilan muloqotga kirish xohishi umuman yо‘q. 77% deviant о‘smirlar jinoyatga moyil illatlarga ega bо‘ladilar, bunday illatlarning barchasi о‘smirlarning 40%ida kо‘ringan bо‘lsa, 17% deviant xulqli о‘smirlarda jinoyatga xos bо‘lgan ikkita xususiyat mavjud bо‘ladi.
Axloq tuzatish koloniyalarida jazoni о‘tovchi о‘smirlar uchun kelajakka nisbatan yaxshi tuyg‘ularni uyg‘ota olmasalar, koloniyadagi buzilgan ma’naviy muhitni deviant xulqli о‘smirlar juda ham osonlik bilan о‘ziga singdiradilar. Bunday о‘smirlar shaxsini tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, bu toifa о‘smirlarning 96%i qо‘pol huquqbuzarlik xislatlariga ega bо‘ladi.
Y.A.Kleyberg, I.S.Kon, S.T.Konyuxova, I.A.Semikasheva kabi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, deviant xulqli о‘smirlarni о‘ziga xos ijtimoiy guruh desak, bu guruh a’zolari uchun umumiy bо‘lgan ijtimoiy-psixologik sifatlarni aniqlashimiz mumkin. Deviant xulqli о‘smirlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida quyidagilar bо‘yicha asoslanadi.
Odatlari, urflari, an’analari. Bunday muhitda о‘z maxsus madaniyati shakllanadi. Tashqi tomondan kiyim-kechak, soch turmagi, jargon tilda sо‘zlashuv. Deviant о‘smirlarni о‘rganuvchi psixologlarning ilmiy ishlarida ularning umumiy psixologik va ijtimoiy xususiyatlari aniqlanadi. D.I.Feldshteynning fikricha, deviant о‘smirlar ijtimoiy sust, tajovvuzkor, qiziqqon, qо‘pol, «kо‘z yosh» tо‘kishga moyil bо‘lib, kо‘plari aldoqchi, mas’uliyatsizligi bilan ajralib turadi. I.A.Semikashevaning izlanishlari bо‘yicha bunday guruh qatnashchilari ota-onaga о‘xshash xislatlarga ega bо‘lib, alohida insonlarni emas, о‘zi mansub guruhni hurmat qiladi. Bunday о‘smirlar о‘z xarakterlariga mas’uliyat sezmay, omma orasida hamma qatori harakatlanadi. S.A.Kulakovning ta’kidlashicha, bunday xulqli о‘smirlar psixoterapevtlarning mijozidir, ularga aniq tashxis qо‘yilmagandiru, ammo ularning kо‘pgina xislatlari meyoriy jihatdan buzilgan. Affektiv sohada - bu hissiy bо‘shanglik depressiya va hayajonga tez berilishdir. Ma’noni talab qilish sohasida erkinlik, himoyalanganlikka bо‘lgan ehtiyojini yopib qо‘yilishi, referent guruhiga xos bо‘lishi, kognitiv sohada xulosa qilishni rad etish kuzatiladi.
N.Y.Maksimovaning tadqiqotlaridan shu narsa aniqlandiki, og‘ir tarbiyali о‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarida salbiy holatlarga olib keluvchi quyidagi ichki sabablar ham bor ekan, jumladan: sinfdoshlar bilan muloqotning qiyin olib borilishi, xulq-atvor meyorlarining shakllanmaganligi, ijtimoiy meyorlar va xulq-atvor qoidalarining qadrini tushunmasligi, inkor etish, о‘zi atrof olamni bir butun deb tasavvur eta olmasligi, pedagoglarning talab va takliflarini inobatga olmaslik, о‘z-о‘ziga о‘ta baland baho berish, ota-ona, о‘qituvchi bilan kelishmaslik oqibatida ijtimoiy tо‘g‘ri rivojlanmaslik. A.YE.Lichkoning aytishicha, о‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shu yosh uchun xos bо‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq:

Download 118.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling