5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Download 118.74 Kb.
bet7/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

Ma’naviy-axloqiy meyorlar – bu jamiyatda о‘zaro muloqot uchun qabul qilingan xulq-atvor qoidalari bо‘lib, ular aholining katta qismi orasida hayotiy odatlar tarzida namoyon bо‘ladi. Ma’naviy-axloqiy meyorlar insonlar har bir aniq voqelikka nima deb, qanday harakat qilishi kerakligining namunasi. Sodda qilib aytganda, axloqiy meyorlar ma’naviyat, axloq, etika, dinshunoslik nuqtai nazaridan nima oqu, nima qora, nima mumkinu, nima mumkin emas degan savollarga javob beradi.
Huquqiy meyorlarbu insonlarning qonunlar, huquq, burch va vazifalarini tо‘liq anglay bilib, qilgan xatti-harakatlaridir. Huquqbuzarlik deganda - jamiyat uchun xavfli bо‘lgan qilmish yoki harakat tushuniladi.
Ma’naviy, axloqiy ijtimoiy meyorlarni buzgan kabi о‘smirlar kо‘pincha huquqiy meyorlarni buzib turishsa, bu deviant xulq xususiyatlaridan biridir. Har bir tekshirilayotgan о‘smir bilan suhbat boshidanoq dо‘stona munosabat о‘rnatish darkor. Psixolog suhbat uchun shunday iliq muhit yaratishi kerakki, о‘smir bu muhitda о‘zini yaxshi va erkin his qilsin. О‘smirning shaxsiy muammolari aniqlangandan sо‘ng, ular bilan insonlar, jamiyat hayotida axloqiy va huquqiy meyorlarning о‘rni mavzuida suhbat о‘tkazish darkor. Shu narsani ta’kidlash kerakki, insonlar orasida о‘zaro mu-omala bevosita ularning ishida, о‘qishida, uyda, oilada nechog‘liq axloq meyorlariga rioya qilishlariga chambarchas bog‘liqdir. О‘smirga о‘zining huquqi va burchini tushuntirish, о‘z xatti-harakatlariga о‘zi javob berishini ham aytib о‘tish kerak.
Keyingi masala ota-onalari, о‘qituvchilari, tengdoshlari bergan vazifani qay darajada bajarayotganini aniqlash bо‘lib qoladi. Psixologlarning tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bо‘ldiki, deviant xulqli yoshlar о‘z madaniyatlariga, ya’ni о‘sha guruh yoshlariga xos harakat qadriyatlariga ega. Deviant о‘smirlar о‘z harakatlarining axloqsizligiga qisman bо‘lsa ham ishonadilar.
Yuqoridagi holatlarni psixolog deviant xulqli yoshlarning axloqiy- huquqiy meyorlarini tahlil-tashxis qilayotganida e’tiborga olish zarur. Yakka tartibda о‘tkazilgan suhbatlar davomida deviant xulqli о‘smirlar namoyon qilgan tahliliy kо‘rsatkichlari, nomsiz anketa sо‘rovnomasi javoblari orqali tо‘ldirish mumkin. Shu maqsadda tuzilgan anketa sо‘rovnomalari savollari 20 tadan ortiq bо‘lmay, quyidagi axloqiy va huquqiy meyorlar haqida tushunchalarni qamrab olsa, maqsadga muvofiqdir:

  • jamiyat talab qilayotgan axloqiy va huquqiy xulq meyorlarini bilishi;

  • о‘smirning hayotiy qadriyatlari mezoni;

  • о‘z xatti-harakatidagi xatolik va huquqbuzarlik darajasini idrok etish;

  • о‘qituvchilarga, ota-onalarga, oilaning boshqa a’zolariga bо‘lgan о‘z munosabatini baholay bilish;

  • sinfdosh va kо‘chadagi dо‘stlariga uning munosabati va ularning о‘smirga bо‘lgan munosabatiga baho bera olish;

  • deviant xulq namoyon qilishga moyilligini idrok etish;

  • о‘z sifatlariga, qobiliyat va imkoniyatlariga, о‘z shaxsiyatiga baho bera olish;

  • maktabdagi о‘qishiga, о‘z sohasidagi va hayotiy yо‘lidagi kelajagiga bо‘lgan munosabat.


Download 118.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling