5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash


-rasm. Shahar hududini vertikal rejalashtirish sxemasi


Download 49.35 Kb.
bet7/9
Sana03.12.2023
Hajmi49.35 Kb.
#1797795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash-fayllar.org

7-rasm. Shahar hududini vertikal rejalashtirish sxemasi. 
1- mavjud (qora) belgi; 2- loyihaviy (qizil) belgi; 3- loyihaviy bo‘ylama 
profil; 4- masofa, m; 5- ishchi belgi. 

5.6. Loyihaviy (qizil) gorizontallar usuli 
Kichik tumanga tegishli bo‘lgan ko‘chalarini vertikal rejalashtirish
sxemalari ishlab chiqilgandan keyin mavjud bo‘lgan relefni o‘zgartirish zarur
bo‘lgan ishga kirishiladi. Vertikal rejalashtirish loyihaviy (qizil) gorizontallar
usuli yordamida bajariladi.
Qizil gorizontallar mavjud bo‘lgan relef gorizontallaridan farqli ularoq
hududning loyihalanayotgan relfini ko‘rsatadi, ya’ni rejalashtirish, qurish va
obodonlashtirish maqsadlarida tekis qilingan uchastka yuzasini anglatadi.
Loyihaviy gorizontallar usuli bilan shahar, ko‘chalar, maydonlar, kichik
tumanlar alohida elementlarining vertikal rejalari ishlab chiqiladi,
shuningdek, turli vazifalarni bajaruvchi binolar va maydonlarning
ko‘chalarga nisbatan joylashishi aniqlanadi.



Qizil gorizontallar h=0,10; 0,20; 0,25 m kesimlarda loyihalanadi, bu


kesimlar gorizontallarning qadami deb ataladi. Vertikal rejalashtirishni
loyihaviy gorizontallarda loyihalash, ko‘chalarni qayta ko‘rib chiqish ya’ni
ularni o‘rganishdan boshlanadi.
Ko‘cha bo‘yicha qizil gorizontallarni chizish mazkur ko‘chaning
chorrahalaridagi sathiy belgilariga bog‘liq bo‘ladi va ko‘chalarning bo‘ylama
nishablari vertikal rejalashtirish sxemasi bo‘yicha qabul qilinadi,
ko‘chalarning qatnov qismi va maydonlarning ko‘ndalang nishabi esa
ularning bajaradigan vazifalariga muvofiq qabul qilinadi (3- jadvalda bu
nishablarning qiymatlari keltirilgan).

3-jadval.Ko‘chalarning 
avtomobillar 
qatnov 
qismi 
va 
maydonlarning ko‘ndalang nishablari 


Download 49.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling