9-rasmda qatnov qismi 5.5 m bo‘lgan mahalliy ko‘cha tasvirlangan.
joyi sathini aniqlaymiz.
=404,0. 2.11- formulaga
= 403,94+0,15+0,15 = 404,24 m.
0,15 m.
Shunday qilib, bino otmostkasining sathi 404.24 ni tashkil qiladi.
10-rasm. Bino burchaklarining baland sath belgilarini aniqlash.
Binolarni qizil chiziqqa bog‘lashda ushbu binolar burchaklarining sath
belgilari qizil chiziq loyihaviy sath belgisi va berilgan burchak kesimining
balandligi hamda qizil chiziqdan binogacha bo‘lgan hududning bino tomonga
qarab ko‘tarilib borish balandligi yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi.
Interpolyatsiya usulida bino tarhi bo‘yicha to‘rtta
burchakning qora
belgisini topamiz (10-rasm).
Bino burchaklarining qizil sath belgilarini aniqlashda bu belgilarning
farqini oshishi yoki pasayishini hisobga olish va
tekshirish taqozo etiladi, bu
farq fasadlar bo‘yicha ham binoning ko‘ndalang tomoni bo‘yicha ham 1,2 m
dan oshmasligi lozim. Bino fasadi bo‘yicha ham va uning ko‘ndalang tomoni
bo‘yicha ham quyidagi qiymatlar: minimal qiymat – 0,004, maksimal qiymat
– 0,02 da qabul qilinadi.
Bino polining sof sathiy belgisi bino burchaklaridagi
maksimal stahiy
belgidan kamida 0,5 m baland bo‘lishi lozim. U holda polning sof sathiy
belgisi quyidagini tashkil etadi:
404,24+0,5=404,74 m
Ilovada kichik tuman hududini umumiy holda loyihaviy (qizil)
gorizontallar usulida vertikal rejalash sxemasi keltirilgan.
Kichik tuman hududiga turli vazifalarni
bajaruvchi binolar
joylashtiriladi: sport, xo‘jalik va h.k. Maydonlar binolarning bajaradigan
vazifalariga bog‘liq ravishda o‘zlarining butun yuzasi bo‘yicha
bitta
nishablikda yoki tom yopmasi va konvert ko‘rinishida loyihalanishi mumkin.