5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash


-jadval.Ko‘chalar va yo‘llar qatnov qismining o‘qlari bo‘yicha yo‘l


Download 49.35 Kb.
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi49.35 Kb.
#1797795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash-fayllar.org

2-jadval.Ko‘chalar va yo‘llar qatnov qismining o‘qlari bo‘yicha yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng katta bo‘ylama va ko‘ndalang 
nishabliklar. 
Ko‘chalar va yo‘llarning 
toifalari 
Bo‘ylama 
nishablik 
Ko‘ndalang 
nishablik 
Qizil 
chiziqlardagi eni,
m da 
max
min
max
min
1 . Tezkor yo‘llar
0,04
0,004
0,025
0,015

2.Shahar ahamiyatidagi 
magistral ko‘chalar va 
yo‘llar: 

-
uzluksiz


harakatdagi
ko‘chalar va yo‘llar
0,05
0,004
0,025
0,015
45
-tartiblangan
harakat-dagi
ko‘chalar va yo‘llar
0,05
0,004
0,025
0,015
45
- tuman ahamiyatiga ega
bo‘lgan ko‘chalar va yo‘llar
0,06
0,004
0,025
0,015
35
- yuk avtomashinalari
haraktlanadigan yo‘llar
0,04
0,004
0,025
0,015
3.Mahalliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan 
ko‘chalar 
va 
yo‘llar:
- turar joy
tumanlaridagi ko‘chalar
0,08
0,004
0,025
0,015
25
- sanoat korxonalari va
kommunal
omborxonalar
joylashgan
tumanlar yo‘llari
0,06
0,004
0,025
0,015
15
- piyodalar o‘tish
joylariga
ega
bo‘lgan
ko‘chalar va yo‘llar
0,04
0,005
0,025
0,015
- posyolka ko‘chalari
0,07
0,005
0,025
0,015
15
- posyolka yo‘llari
0,07
0,005
0,025
0,015
15
- o‘tish yo‘llari
0,08
0,005
0,025
0,015
Qizil sath belgilarini shunday belgilash kerakki, bunda ishchi sath
belgilari imkon qadar 0,5 m dan oshib ketmasin. Ko‘chalar bo‘yicha tuproqni
katta hajmda kovlash va chuqur joylarga to‘kish bu ko‘chalarga tegishli
bo‘lgan hududlarda katta hajmda yer ishlarini bajarishni keltirib chiqaradi.
Vertikal rejalashtirish sxemalari mavjud bo‘lgan rel’efga mos kelgan
hollarda ko‘chalar chorrahalarida va ko‘chalar trassalarida past joylarning



hosil bo‘lishiga ya’ni sirt suvlari oqmaydigan uchastkalar va sirt suvlari


to‘planadigan uchastkalarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik taqozo
etiladi. Bunday past joylarning hosil bo‘lishiga hattoki sirt suvlarini yopiq
holatda oqizish tizimini tashkil etishni ko‘zda tutgan loyihalash vaqtida ham
yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Chorrahalar hududlarini shunday
loyihalashtirish kerakki, natijada chorrahaning hech bo‘lmasa bitta
ko‘chasining bo‘ylama nishabi chorrahadan boshlab yo‘nalgan bo‘lsin.
Vertikal rejalashtirish sxemalaridagi perspektiva chizmalarida ko‘chalar
o‘qlarining kesishgan joylarida va nishab o‘zgargan nuqtalarda
interpolyatsiya usulini qo‘llash orqali ko‘rsatkich belgisi qo‘yiladi va mavjud
bo‘lganlari (qora rang) – ko‘rsatkich belgisi ostidagi sath belgilari qora rangda
va loyihalanayotganlari (qizil) – ko‘rsatkich belgisi ustidagi belgilar qizil
rangda yoziladi, ko‘chalarning nishabi eng yuqori sath belgilaridan pastki sath
belgilari tomon yo‘nalgan bo‘ylama nishabning yo‘nalishi strelkalar bilan
ko‘rsatiladi, strelkaning ustiga bo‘ylama nishab qizil rangda, uning tagiga esa
ko‘chani shu nishab bilan chegaralaydigan uchastka qora rangda belgilanadi.
Ushbu belgilarning yoniga ishchi sath belgilari qavslar ichida tegishli belgilar
bilan ko‘rsatiladi.
Vertikal rejalashtiriishning sxemalarini loyihalash quyidagi ketma-
ketlikda bajariladi. Chorrahadagi boshlang‘ich nuqta (qoidaga ko‘ra, eng
baland sath belgisi) tanlanadi, mazkur nuqtaning shu chorrahaga eng yaqin
bo‘lgan chorraha sath belgisidan qancha balandlikda joylashganligi va ular
orasidagi bo‘ylama nishab 2.1-formula bo‘yicha aniqlanadi.
Agar olingan bo‘ylama nishablik yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
nishablikga to‘g‘ri kelsa, u holda bu nishablik loyihaviy nishablik sifatida
qabul qilinadi va sxemaga kiritiladi (uning qiymati minglik belgisida
yaxlitlanadi). Undan keyin ular orasidagi haqiqiy farq aniqlanadi (nishablikni



yaxlitlash evaziga bu farq boshlang‘ich farqdan birqancha farqlanadi).


So‘ngra bu nuqtalarning loyihaviy sath belgilari aniqlanadi – birinchi nuqta
qizil sath belgisini qora sath belgisiga teng qilib qabul qilinishi mumkin,
undan yuqorida ko‘rsatilgan farqni ayirib ikkinchi nuqtaning qizil nuqtasini
olamiz.
Agar ishchi belgi tavsiya etilayotgan belgidan baland bo‘lsa (oshib
ketsa), u holda bu chorrahalarning loyihaviy sath belgilarini yer ishlarining
minimal hajmlaridan kelib chiqqan holda belgilash taqozo etiladi, ya’ni ikkala
qizil nuqta ham qora nuqtalardan farq qiladi.
Keyingi chorrahalarning loyihaviy (qizil) sath belgilari ham shunga
o‘xshash tarzda aniqlanadi, bunda faqat navbatdagi chorrahaning sath belgisi
undan oldingi chorahaning loyihaviy (qizil) belgisi va undan keyingi
chorrahaning haqiqiy sath belgilari orasidagi farqqa qarab belgilanadi.
Bo‘ylama nishablik yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal
nishablikdan kichik bo‘lgan hollarda loyihaviy sath belgisi sifatida oxirgi
belgi qabul qilinadi, agar bo‘ylama nishablik yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
maksimal nishablikdan katta bo‘lsa (oshib ketsa), u holda ko‘chalarning
mazkur toifasi uchun maksimal bo‘lgan sath belgisi qabul qilinadi. Vertikal
rejalashtirish sxemasining namunasi 7-rasmda ko‘rsatilgan.







Download 49.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling