5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash


 Nol chizig‘i o‘rnini aniqlash


Download 49.35 Kb.
bet3/9
Sana03.12.2023
Hajmi49.35 Kb.
#1797795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash-fayllar.org

5.3. Nol chizig‘i o‘rnini aniqlash 
Nol chizig‘i o‘yilma va ko‘tarma orasidagi chegara hisoblanadi. Uning o‘rnini
aniqlash uchun dastlab maydondagi ishchi belgilari nolga teng bo‘lgan nuqtalar o‘rni
aniqlanadi. Bunday nuqtalar ishchi belgilari ikki xil ishorali, ya’ni (+) va (—)
bo‘lgan kvadratlar cho‘qqilari orasida joylashadi. Nol nuqtalari o‘rnini ikki xil
usulda aniqlash mumkin:
1) Analitik usul 
Bu usulda nol nuqtadan kvadrat cho‘qqisigacha bo‘lgan masofa (X)
uchburchaklar o‘xshashligidan foydalanib aniqlanadi (5-rasm).
5-rasm. Nol nuqta o‘rnini aniqlash sxemasi
𝑥 =
𝑎⋅𝑜′

𝑜′
+ℎ
𝑘
(5.4.)



bu yerda, a-kvadrat cho‘qqilari orasidagi masofa,



𝑜′
va

к
- Cho‘qqilarning
ishchi belgilari.
2) Grafik usul 
Bunda kvadrat cho‘qqilari ishchi belgilarining qiymatlari: ma’lum masshtabda
kvadrat tomonlari yo‘nalishida o‘ng va chapga yoki yuqori va pastga (ishchi
belgilarining ishoralariga qarab) o‘lchab qo‘yiladi. So‘ngra turli ishorali kesmalar
uchlari tutashtiriladi. Tutashtiruvchi chiziq kvadrat tomonini kesib o‘tgan joy -nol
nuqta o‘rnini bildiradi (6-rasm).
6-rasm. Tutashtiruvchi chiziq kvadrat tomonini kesib o‘tgan joy -nol nuqta
o‘rnini aniqlash sxemasi.
Maydondagi barcha nol nuqtalar o‘rni aniqlangach, ular bir-biri b i l a n
tutashtiriladi va natijada o‘yilma va ko‘tarmani chegaralovchi nol chizig‘ining
o‘rni kelib chiqadi. Nol chiziq kvadratlar tomonlarini kesib o‘tishi natijasida
turli shakl va o‘lchamga ega bo‘lgan uchburchak, trapetsiya va
beshburchaklar hosil bo‘ladi.
5.4.Yer ishlari hajmini hisoblash 

Maydonni tekislashda yer ishlari hajmini hisoblash uchun gorizontallar


bilan berilgan maydon yuqorida bayon etilganidek kvadratlarga,to‘g‘ri
to‘rtburchaklarga yoki uchburchaklarga bo‘lib chiqiladi. Nol chizig‘ining
o‘rni aniqlangach, o‘yilma va ko‘tarma hajmini aniqlash uchun hosil bo‘lgan
barcha oddiy shakllar chegaralangan hajmlar hisoblanadi va jamlanadi.



7-rasm. To‘rt yoqli prizmalar usulida yer ishlari hajmini hisoblash


sxemasi.1-to‘liq to‘rtburchak yoki kvadrat, 2- trapetsiya, 3- uchburchak, 4-
beshburchak.

Download 49.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling