5-Mavzu: Tuproqlar tasnifi. Tuproqlarning rivojlanishi va geografik tarqalishning umumiy qonuniyatlari. Tuproqlar tasnifi (klassifikatsiyasi). Tuproqlarning zonal tiplari va ularning xususiyatlari


Download 104.97 Kb.
bet7/8
Sana03.06.2024
Hajmi104.97 Kb.
#1841694
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-ma\'ruza

Qo’shimchalar


Taqirli tuproqlar.
1) Ona jinsi – moyli, qumoqli qoplama yotqiziqlar. Bular o’tmichda gidromorf bosqichni o’tagan. Shiddatli bug’lanish tufayli sho’rlangan.
Hozirda esa sizot suvlari chuqurda bo’lganligi tufayli sho’rlanish jarayoni bo’lmaydi. Tog’ etagi tekisliklarida gidromorf sharoit tufayli tuz to’planmaydi.
O’simliklar chim hosil qilmaydi. 0-2-6 sm darzlarga aylangan, qatqaloqli qatlam. Bu govak bo’ladi. Gips yaxshi ifodalanmagan. Chirindili qatlam 20-30 sm. o’tloqi-taqirli tipchasi. Zang, ko’kimtir dog’lar.
O’tmishdagi o’tloklikdan nishona. Qoldiq chirindili tipchasi. Tipik taqirli tipchasi. Chirindi 0,5-1,0 %. Qoldiq chirindilik 2,0-2,5 %. Ular Quyi Amudaryoda, Qarshi cho’lida o’zlashtirilgan. Qatqaloqqa qarshi ishlov berish, sho’r yuvish ular uchun xos (Abdullaev, Maqsudov, 1988).
2) Taqir – atamasi turkcha mazmunga ega bo’lib, yolong’och, o’simliklardan xoli ma’nosida tushuniladi. Shu boisdan landshaft ma’nosida ham ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoni o’rgangan rus tadqiqotshilari tomonidan XIX asrdan buyon uchraydi. Taqirga xos bo’lgan eng xususiy sifatlardan biri taqir yuzasining o’ta yassi- stolsimon tekis bo’lishidir. Lekin ba’zan ularning yuzasida quruq suv bo’laklari, shamol eroziyasi bilan bog’lik izlar bo’lib taqir yuzasi birmuncha murakkablashtirgan. Taqirning ikkinchi bir xususiyati uning suv o’tkazmaslik xususiyatidir. Bunga sabab uni gilli, hatto kolloidli zarralardan tarkib topganligidir (Kunin, 1980, 42).
Taqir tarkibidagi gilli zarralar ulushi kamaygan sari taqirga xos xususiyatlar yo’qolib boradi. Bu hol birinchi navbatda ularning relef tuzilishiga va o’z navbatida o’simliklar bilan qoplanganlik darajasini ortishiga olib keladi.
Taqirlarni kelib chiqishidan qat’iy nazar ularni tabaqalash (turkumlash) suv to’plovchi manzil sifatida amaliy ahamiyatga ega. Chunki joylarda taqirlar suv – fizik xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Bundan tashqari ular qumloq-gilli, toshloq-gilli cho’l landshaftlarini hosil qiladi (Kunin, 1980, 43 bet).
3) M. Glazovskaya, 1988 yilda Sobiq Ittifoq hududini landshaft geokimyoviy rayonlashtirgan. Ushbu hududni olima 4 mintaqaga ajratadi: tundra, o’rmon, dasht, cho’l. Mintaqalar doirasida tekislik va tog’ oblastlarini ajratadi. Turon hududini M.Glazovskaya PS-2 raqami bilan belgilaydi va turon cho’l-qum oblastiga kiritadi, uni cho’l kalsiyli-galomorf hudud deb qayd qiladi.
4) Har bir kishiga ekin maydonining to’g’ri kelishi:
O’zbekistonda 0,17 ga
Qozog’istonda 1,54 ga
Qirg’izistonda 0,26 ga
Ukrainada 0,59 ga
Rossiyada 0,67 ga
Sug’oriladigan maydon O’zbekistonda 4,28 mln.ga
(I.Karimov, 1997)
5) 22 aprel «Butunjahon yer kuni» BMT ning «Cho’llanishga qarshi ko’rash Konvensiyasiga» binoan qabul qilingan.

Download 104.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling