5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari


Download 81.5 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1504808
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza




5-mavzu. YAgona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari.
Reja.
1. Axborot kommunikatsiya texnolgiyalarining zaruruyati.
2. Bojxona logistikasida axborot tizimlari.
3.Bojxona logistikasida axborot texnologiyalari.
Logistika zamonaviy rivojlanishining borishini belgilab beradigan aniqlovchi
sifatida axborot-kompyuter texnologiyalarining rivojlanish jarayonida shakllangan
axborot logistika tarkibiy qismi namoyon bo‘ladi. Aynan axborot logistikasi moddiy
oqimga hamrohlik qiladigan hamda logistika tizimi uchun ta’minot, ishlab chiqarish
va sotuvni bir-biri bilan bog‘laydigan muhim element sanalgan ma’lumotlar oqimini
tashqil qiladi va muvofiqlashtiradi. Logistika zanjiri bo‘yicha o‘zatiladigan elektron
ma’lumotlar to‘plamlari yordamida butun zanjirning ham, alohida bo‘g‘inlarning ham faoliyati tahlil qilinadi, uning holati raqobatchilar holati bilan taqqoslanadi.
Ma’lumotlar bazasi strukturasi, qoidaga ko‘ra, korxona faoliyati xususiyatlarini aks ettiradi va uning eng muhim nuqari, ularga kiruvchi va chiquvchi yo‘llar va mos
keluvchi axborot oqimlarini tavsiflaydi. Hozirgi kunda elektron hujjat almashinish kompyuter tizimiining joriy qilinishi yuk bilan bir paytda aloqa kanallari orqali har bir jo‘natilayotgan yuk birligi bo‘yicha barcha rekvizitlar, kerakli tovar tavsifnomalarini jo‘natishga imkon beradi. Bunday tizimda yo‘nalishning barcha qismlarida istalgan payt yuk haqida batafsil ma’lumot olish va shu asosda boshqaruv qarorlari qabul qilish mumkin. SHunday qilib, axborot logistikasi bugungi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro savdoning bazaviy jihatlariga daxldor bo‘lib, bojxona organlarini tashqi iqtisodiyfaoliyat logistika tizimi institutsional infratuzilmasiga integratsiyalamoqda.
Bojxona logistikasida axborot tizimlari.
Umumiy xarajatlarni pasaytirish va moddiy taqsimotni boshqarish integral
vositasi sifatida logistika g‘oyasiga talab hali mavjud bo‘lmagan «logistikagacha
bo‘lgan davr»da korxonalar rahbariyati hal qiladigan asosiy muammolar jismoniy
oqimlar va xomshyo sohasida bo‘lgan.
Tovarlarni ta’minotchidan iste’molchi tomon harakatlantirish jismoniy
jarayonida axborot ta’minoti deganda faqat ilova qilingan axborot nazarda to‘tilgan.
Logistika yondashuvlarining shakllanishi va tarqalishi bilan korxonalarda qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq axborot oqimlari to‘plash, barcha logistika subtizimlarini
(ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, taqsimot logistikasi va b.) bir butun
qilib birlashtirish maqsadida logistika axborot tizimlarini kundalik amaliyotga tatbiq
etish katta ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Mos ravishda, tashqi muhit bilan o‘zaro
aloqalarda ham aynan axborot ta’minoti faoliyatning barcha amaliy jihatlarida
vaziyatga oid va istiqboldagi muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynashi lozim.
Axborot ta’minoti logistika tizimining faoliyat yuritishi uchun axborot
sharoitlari yaratish
, uni zarur axborotlar bilan ta’minlash, axborot qidirish, olish,
saqlash, to‘plash, uzatish va qayta ishlash vositalari tizmiga kiritish va ma’lumotlar
banki tashqil qilishni taqozo etadi. Axborot ta’minoti yaratishning dolzarbligi shu
bilan asoslanadiki, jamiyat va ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining zamonaviy
darajasida axborot uning poenttsial imkoniyatlari korxonalar raqobatbardoshligini
mustahkamlash uchun keng istiqbollar ochib beradigan mustaqil ishlab chiqarish
omilini ifodalaydi. Hozir ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy jihat alohida
subtizimlar faoliyatida markazlashuv va nomarkazlashuv optimal nisbati hisoblanadi.
Bunda har bir subtizimning optimal tashqil qilingan lokal faoliyati butun logistika
tizimi optimal faoliyatini anglatmaydi. Alohida subtizimlarning funksional, demak,
axborot jihatidan alohida bo‘lib olishi hattoki yuqori malakali personal, zamonaviy
asbob-uskuna va texnologiyalar mavjudligida ham butun tizimi faoliyati
samaradorligini pasaytirishi mumkin. Har qanday korxona uchun qaror qabul qilish
maqsadida boshqaruvning to‘rt darajasi ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning har birigia erishish uchun mos keluvchi axborot zarur bo‘ladi (6.1-rasm):

Oliy boshqaruv
darajasi

Strategik harajatlari
uchun axborot

Qaror qabul qilingan qarorni
qo‘llab-quvvatlash

Boshqaruv darajalari

Boshqaruv qarorlari harakteri

O‘rta boshqaruv
darajasi

Texnik boshqaruv uchun
axborot

Zarur hulosalar







Tezkor boshqaruv
darajasi

Tezkor boshqaruv uchun
axborot

Tezkor harajatlar







Quyi boshqaruv
darajasi

so‘rovlarni ijro etish, buyurtmalarni
rasmiylashtirish va h.k lar uchun
axborot

Ijro etish







Shunday qilib, korxonaning butun faoliyatini bir qilib bog‘laydigan axborot


tizimi, ya’ni axborot logistika tizimi yaratish korxona samarali faoliyat yuritishining
ustuvor shartiga aylanadi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling