5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari


Bojxona ishida axborot tizimlari va axborot texnologiyalari


Download 81.5 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1504808
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza

Bojxona ishida axborot tizimlari va axborot texnologiyalari.
Ta’kidlash joizki, bojxona ishini logistikalash jarayonida axborot oqimlari ikki
taraflama funksiya bajaradi: birinchidan, bojxona organlari faoliyatini axborot bilan, jumladan, bojxona chegarasi orqali yuklarning jismoniy harakatlanishi oqimlari
haqida axborot bilan ta’minlaydi; ikkinchidan, o‘zi logistikalash obyekti hisoblanadi,chunki bojxona rejimlarining asosiy qismi tovarlar va transport vositalarining jismoniy harakatlanishidan ko‘ra ko‘proq bojxona taomillarini bajarish bilan bog‘liq, bu esa maxsus axborot bojxona texnologiyalari ishlab chiqishni talab qiladi.
Bojxona organlari strukturasi faqat butun bojxona faoliyatini bir qilib bog‘lash
va uni yaxlit bir butunlik tamoyilidan kelib chiqqan holda boshqarish imkonini
beradigan axborot tizimi mavjudligida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Bojxona ishida logistika jarayonlarining axborot ta’minoti tizim faoliyat
yuritishining axborot sharoitlari yaratish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, axborot
qidirish, olish, saqlash, to‘plash, uzatish, qayta ishlash vositalari tizimiga kiritish,
ma’lumotlar banki tashqil qilishni taqozo etadi. Axborot ta’minott ierarxik
strukturasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
mutaxassisning ish o‘rnida uning axborot va hisoblash ehtiyojlarini
tezkor qondirishni ta’minlaydigan apparatli va dasturiy vositalar
kompleksi sifatida avtomatlashtirligan ish o‘rinlari;
boshqaruv obyektlaridan axborot olish, axborot oqmlari to‘plash, qayta
ishlash va uzatishni ta’minlaydigan, bojxona boshqaruv tizimiga
chiqishga ega bo‘lgan funksional bojxona modullari va
mikrointegratsiyalangan ATga asoslangan lokal boshqaruv tizimlari;
lokal hisoblash tarmoqari va ularni komplekslash asosida bojxona
faoliyati hududini (bojxona posti, bojxona rasmiylashtiruvi punkti,
bojxona brokeri, bojxona ombori, bojxona tashuvchisi) hisobga olgan
holda tashqil qilingan avtomatlashtirilgan bojxona boshqaruv tizimlari;
axborot ta’minoti nuqtai nazaridan makon bo‘ylab tarqoq holda
joylashgan strukturali bo‘linmalarni tashqiliy boshqarishga tizimli
yondashuvni amalga oshiradigan integratsiyalangan avtomatlashtirligan
axborot tizimlari. Umuman olganda bunday struktura bojxona faoliyatining ko‘p funksionalli xarakterini, bojxona organlari strukturasini, bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi usullari va shakllari xilma-xilligini, bunda qo‘llanadigan funksional va ta’minlovchi tarkibiy qismlarni aks ettiradi.Bojxona xizmati umumiy (yagona) avtomatlashtirilgan axborot tizimi bojxona ishini logistikalash jarayonini
ta’minlaydigan bazaviy axborot tizimiga aylanishi mumkin. uning asosiy maqsadi
bojxona organlari faoliyati va davlatlning bojxona siyosatini shakllantirish va amalga oshirish samaradorligini oshirish hisoblanadi. YAAAT haqida «maqsadga
yo‘naltirilgan» axborot-logistika tizimi sifatida gapirib bo‘lmaydi, chunki u bojxona
faoliyati jarayonlarini boshqarish bo‘yicha keng doiradagi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan, biroq tashqi savdo tovar oqimlarini tartibga solishga logistika
yondashuvi boshlang‘ich paradigma sifatida ishtirok etmaydi. Mohiyatan YAAAT
bojxona faoliyati jarayonlarini boshqarish tizimini, zamonaviy dasturiy-texnika
kompleksiga asoslangan asosiy axborot bojxona texnologiyalari vositasini ifodalaydi.
SHu bilan bir paytda bojxona ishida axborot manbalarini identifikatsiya qilish
va standartlashtirish, uni qayta ishlash va uzatish bo‘yicha logistika tamoyillarini
amalga oshirishning amaliy asoslari mavjud. YAAAT ierarxik tamoyil bo‘yicha
tashqil etiladi, ya’ni boshqaruv darajalari ajratib ko‘rsatiladi va belgilangan
funksiyalarning amalga oshirilishi uchun javobgarlik belgilab qo‘yiladi.
O»zbekistonRespublikasi davlat bojxona kumitasi barcha strukturali bo‘linmalari
(bojxona postlari va bojxona rasmiylashtiruv bo‘limlaridan tortib markaziy
apparatgacha) eng quyi darajada lingan ma’lumotlarni agregatsiyalash va sifat
jihatidan taqqoslash mumkin bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etish uchun YAAAT orqali
birlashtiriladi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish masalasini hal etish
istiqbolda bojxona logistika tizimining alohida funksiyalarini avtomatlashtirish
hamda bojxona ishi mikro va makrologistika tizimlari barcha elementlarini faol jalb
qilgan holda dastlabki optimallashtirilgan joriy va istiqbolli rejalashtirish imkonini
beradi YAAAT dekompozitsiyasini amalga oshirishda funksional va ta’minlovchi
quyitizimlar ajratiladi. YAAAT funksional quyitizimi bir qator vazifalar to‘plamidan
iborat bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona kumitasi strukturali
bo‘linmalari va davlat organlarini bojxona statistikasi yuritish uchun
zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlash; barcha darajadagi bojxona
organlari tashqiliy-iqtisodiy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish;
tovarlarga hujjatlar bojxona rasmiylashtiruvini avtomatlashtirish;
boj to‘lovlarini markazlagan tarzda undirish va hisoblanishini nazorat
qilish;
litsenziya va kvotalarni notarif tartibga solish va nazorat qilish usullari
va vositalarini takomillashtirish;
valyutani tartibga solishni amalga oshirish maqsadida TIF bojxona-bank
nazorati AT yaratish.
YAAAT ta’minlovchi quyitizimi quyidagilarni amalga oshiradi:
kon’yunktura va telekommunikatsiya texnikasi va axborot
texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar negizida YAAAT apparatdasturiy platformasini rivojlantirish va takomillashtirish;
elektron hujjatlar joriy qilish va bojxona hujjatlarini qayta ishlash
qog‘ozsiz texnologiyasidan qisman foydalanish;
bojxona organlari o‘rtasida, shuningdek, bojxona organlari va boshqa
tashqilotlar o‘rtasida tezkor o‘zaro aloqani ta’minlaydigan elektron
pochtadan foydalanish asosida umumiy axborot bojxona makoni
yaratish;
bojxona taomillari, texnologiyalari, me’yoriy bazasi va hujjatlarini
rasmiylashtirish va standartlashtirish;
bojxona organlari xodimlarining eskirgan operatsiyalar bilan
yuklanganlik darajasini pasaytirish, ularni TIF turli jihatlarini
chuqurlashtirilgan tahlil qilishga qayta yo‘naltirish.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling