5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari
Download 81.5 Kb.
|
5-maruza
Axborot logistika tizimi (ALT-ILS) – materiallarning tayyor mahsulotga
aylanishi ro‘y beradigan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, vositalar, mehnat xarajatlari, pul mablag‘lari va h.k. oqimlari muomalada bo‘ladigan makro va mikrologistika darajalarida axborot to‘plash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha kommunikatsiya tizimidir. Ta’rifdan kelib chiqadiki, axborot logistika tizimini ularning yaxlit bir butunlik sifatidagi faoliyati uning o‘z axborot subtizimlari darajasida axborot logistikasi bilan ta’minlanadigan, funksional chegaralangan logistika subtizimlari yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqsh zarur. ALTlar ILS dekompozitsiyasini amalga oshirishda ikkita quyitizim ajratib ko‘rsatiladi: maqsadning umumiylik belgisi bo‘yicha guruhlangan hal etiladigan vazifalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan funksional quyitizim hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan ta’minlovchi quyitizim: texnik ta’minot – axborot okimlarini qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnik vositalar yig‘indisi; axborot ta’minoti – ma’lumotnoma, tasniflagich va kodifiqatorlar, ma’lumotlarni rasmiy tavsiflash vositalari; matematik ta’minot – moddiy oqimlarni boshqarish, matnlarni qayta ishlash, ma’lumotnoma ma’lumotlari olish vazifalari yechimi va ular yordamida logistika tizimi subtizimlardan boshlab korxona bilan tugatganda yaxlit bir butunlik sifatida ishlaydigan texnik vosiatlar faoliyatini ta’minlaydigan dasturlash vositalari yig‘indisi va dasturlar majmui. Ta’kidlash joizki, ALTlar ILS alohida korxona darajasida moddiy oqimlarni boshqarish, shuningdek, mintaqa, mamlakat va hatto mamlakatlar guruhi miqyosida logistika jarayonlarini tashqil qilish maqsadida barpo etilishi mumkin. Mikrodarajada axborot logistika tizimining ham funksional, ham ta’minlaovchi quyitizimlar bilan farqlanadigan uchta guruhi ajratib ko‘rsatilishi mumkin: rejali, dispozitiv (dispetcherlik), ijrochi (tezkor). Rejali ALTlar ILS uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan strategik logistika qarorlari qabul qilinadigan oliy boshqaruv darajasi uchun yaratiladi, masalan: logistika zanjiri bo‘g‘inlarini barpo etish va optimallash muammolari, ishlab chiqarishni strategik rejalashtirish va b. Bunda logistika tizimini umumiy moddiy oqim bilan bog‘laydigan masalalar hal etiladi, ya’ni ta’minot-ishlab chiqarish-sotuv zanjirida boshdan-oxir boshqaruv amalga oshiriladi. Ta’minlovchi quyitizimlar standartlashtirilgan texnik, axborot va matematika tarkibiy qismlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Dispozitiv ALTlar ILS o‘rta boshqaruv darajasida tashqil etiladi hamda taktik rejalashtirish va zaxiralarni predmetli boshqarish, ichki zavod transport tashuvlari, tayyor mahsulotni iste’molchiga yetqazib berini tezkor tashqil qilish kabi vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallanadi. Ta’minlovchi quyitizim korxonada ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarini hisobga oladi va qoidaga ko‘ra, standart dasturiy mahsulotlar asosida rasmiylashtiriladi. Ijrochi ALTlar ILS logistika tizimi bo‘g‘inlarini tezkor boshqarish va mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni doirasida moddiy oqimlarni boshqarishni optimallashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, agar tayyor mahsulot chiqarish dasturi (ishlab chiqarish jadvali) berilgan bo‘lsa, ichki ishlab chiqarish logistika tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: moddiy resurslar va tugallanmagan ishlab chiqarishdan samarali foydalanish, korxona aylanma kapitalining aylanish tezligini oshirish, ishlab chiqarish davrining davom etish muddatini qisqartirish, ishlab chiqaruvchi korxonaning omborlar tizimida moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zaxiralari darajasini nazorat qilish va boshqarish, texnologik (sanoat) transporti ishini optimallash. Bu tizimlar moddiy oqimlarni nazorat qilish, ishlab chiqarishni tezkor boshqarish va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan keng doiradagi o‘ziga xos masalalarni hal etishi mumkin. Aynan shu xususiyat maxsus axborot va matematika ta’minoti yaratishni talab qiladi. SHunday qilib, korxonani boshqarish har qanday tizimi belgilangan darajadagi maqsadlar bajarilishini amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, korxonani boshqarish samaradorliligi aynan axborot tizimini to‘ldirish darajasiga, axborot sifati va o‘z vaqtidaligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, axborot sifati muhim ko‘rsatkich sanaladi, lekin o‘zil-kesil emas. Bitta axborotning o‘zi turli qiymatga (ahamiyatga) ega bo‘lishi mumkin. Axborot sifatini baholashga uchta yondashuv (mezon) qabul qilingan: 1) noaniqlik darajasini pasaytirish bo‘yicha; 2) maqsadga erishish bo‘yicha; 3) tezaurus ortishi bo‘yicha. Dastlabki yondashuv axborot statistika nazariyasining axborot xabar (xabarlar) olingandan so‘ng bilimlar noaniqlik darajasini pasaytirish chorasi sifatida tushunilishidan kelib chiqadigan qoidalariga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, xabar olish ilgari vujudga kelgan tasavvurni o‘zgartiradigan qo‘shimcha bilim olishga tengdir. Ko‘rinib turibdiki, olingan xabarning mohiyati haqida ehtimoli pastroq bo‘lgan aniqrok axborot katta o‘zgarishlarga olib keladi. Ikkinchi yondashuv. Maqsadi aniq belgilangan tizimlar uchun axborot qmmatini maqsadga erishish ehtimolining ortishi orqali ifodalash mumkin. Logistika tzimlarida axborotning pragmatik qmmati juda yuqori: logistika zanjirining faoliyat samaradorligini k marta oshirish uchun kanallar o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish va yaratilayotgan, o‘zatilayotgan va qayta ishlanayotgan xabarlar hajmini ikki marta oshirish zarur. Uchinchi yondashuv. Xabar obyektlar va jarayonlarning tushunchalar, mulohazalar va tushunchalar obrazida tartibga solingan aks etishi – bilimlar uzatish shakli hisoblanadi. Xabarni olish va o‘zlashtirish uchun logistika tizimida tezaurus –ular o‘rtasidagi ma’noga oid aloqalar ko‘rsatilgan holda tizimlashtirilgan tushunchalar lug‘ati ko‘rinishida taqdim etiladigan bilimlar zaxirasiga ega bo‘lish zarur. Olingan xabar tezaurusda keltirilgan ma’no bilan taqqoslanadi: ular to‘liq mos kelmaganda xabar qabul qilinmaydi; ular to‘liq mos kelganda xabar tezaurusga hech narsa qo‘shmaydi va axborot beradigan xabar sifatida ko‘rib chiqilmaydi; ular qisman mos kelganda – yangi tushuncha va aloqalar qo‘shgan holda boyitadi. Axborot qimmati bu – foydalanuvchi xabarni qabul qilish va izohlashida qabul qiladigan tezaurusni kengaytirish, rivojlantirish o‘lchovi. Umumiy axborot oqimidan qaror qabul qilish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan relevant tarkibiy qismni ajratib, kognitiv (mazmunga oid) filtr – axborotni baholaydigan mutaxassis yordamida rahbar (menejer) qo‘yilgan maqsadga erishish bo‘yicha imkoniyatlar chegaralarini begilaydi. YUqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, ALTlar ILS tashqil qilishga asos qilib olinishi lozim bo‘lgan tamoyillari ifodalash mumkin: axborotning foydalanuvchi (logistik qaror qabul qiluvchi shaxs) uchun yaroqliligi va to‘liqligi – ALTlar ILS mos keluvchi logistika funksiyalari va operatsiyalarini bajarish uchun talab qilinadigan joyda, ko‘rinishda va to‘liqlikda axborot taqdim etishi lozim ekanligini anglatadigan tamoyil; axborot aniqligi to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, taqsimot tarmog‘ida zaxiralar darajasi haqidagi ma’lumotlarda xatolik jismoniy taqsimot, zaxiralar darajasini yaratish va iste’molchilar so‘rovlarini qondirish haqida qaror qabul qilishda 1%dan oshmasligi lozim; axborot o‘z vaqtidaligi deyarli barcha logistika funksiyalari uchun, ayniqsa, logistika monitoringi vazifalari, real vaqt rejimida zaxiralar va buyurtmalarni boshqarish muammolarini hal qilish uchun muhimdir; axborot mahsulot va servis sifatini oshirish, logistika xarajatlarini kamaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga yo‘naltirilganligi shuni anglatadiki, axborot olish, uzatish, aks etitirsh va qayta ishlash usullari «zaif nuqtalar»ni, resurslar tejash zaxiralarini aniqlashga xizmat qilishi lozim; moslashuvchanlik – axborot muayyan foydalanuvchilarning so‘rovlariga moslashtirilgan bo‘lishi lozim; Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling