5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari


Server – foydalanuvchining so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadigan personal yoki virtual kompyuter. Ma’lumotlar to‘plami serveri


Download 81.5 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1504808
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza

Server – foydalanuvchining so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadigan personal yoki
virtual kompyuter.
Ma’lumotlar to‘plami serveri – ma’lumotlr to‘plami, tarmoq operatsion tizimi, tarmoq ma’lumotlar to‘plamini boshqarish tizimiga ega bo‘lgan personal yoki virtual kompyuter.
Sinergiya, sinergizm (yunoncha synergyevropa ittifoqihamkorlik,hamdo‘stlik) – birgalikdagi harakat, to‘la-to‘kis harakatda turli potensiya yoki energiya turlarining o‘zaro aloqasi.
Axborot logistika tizimi – materiallar tayyor mahsulotga aylanadigan,
xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, vositalar, mehnat xarajatlari, pul mablag‘lari va h.k. oqimlar muomalada bo‘ladigan, makro va mikrologistika darajasida axborot to‘plash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha kommunikatsiya tizimi.
Bojxona organlari – bojxona ishi sohasida vakolatlarga ega bo‘lgan va
mamlakat bojxona organlari unga bo‘ysuadigan davlat xizmati.
Teleks – axborot oqimini tayyorlash va avtomatik ravishda abonentlarga
uzatish uchun elektron axborot tizimi.
Axborot texnologiyasi – texnologik zanjirga birlashtiilgan, axborot resursidan foydalanish jarayoni mehnat sig‘imini pasaytiirsh, tezkorlik va ishonchlilikni oshirish uchun axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash, chiqarish va tarqatishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish usullari va dasturiy-texnik vositalar yig‘indisi.
Risklarni boshqarish – risklarning oldini olish va minimallashtirish, ularni qo‘llash samaradorligini baholash, shuningdek, bojxona organlarida mavjud bo‘lgan axborotni uzlyuksiz yangilash, tahlil qilish va ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadigan, bojxona operatsiyalari va bojxona taomillari qo‘llash ustidan nazoart bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirish.
Xizmat – uning natijalari moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ushbu faoliyatni amalga oshirish jarayonida sotiladigan va iste’mol qilinadigan faoliyat.
Tahliliy hisob – korxona vositalari yoki xo‘jalik operatsiyalarining tahliliy schyotlar yordamida, ya’ni detallashtirilgan, batafsil ma’lumotlar bilan buxgalteriya schyotlari yordamidagi buxgalteriya hisobi. Sintetik hisob – vositalar va xo‘jalik jarayonlari umumlashtirilgan ko‘rsatkichlardagi buxgalteriya hisobi.
Fayl – ma’lumotlar yig‘indisi, maxsus tashqil qilingan ma’lumotlar strukturasi. Faks (lat. fax simile – shunga o‘xshashni qil) – grafik originalni masofadan turib aniq takrorlash uchun qurilma.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling