5-mavzu. Yagona avtomatlashgan axborot tizimining maqsadlari va vazifalari


Bojxona logistikasida axborot texnologiyalari


Download 81.5 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1504808
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza

Bojxona logistikasida axborot texnologiyalari.
Moddiy oqmlarni real boshqarish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
ishlab chiqarish jarayonlari va ishlab chiqarishni ta’minlovchi jarayonlar
monitoringi yuritish;
normativ hujjatlar, loyiha va texnik hujjatlar, ishlab chiqarish
jarayonlarining texnologik kartalariga murojaat qila olish;
ish o‘rinlarining yuklanganligi, moddiy oqimlarning logistika zanjiri
bo‘ylab harakatlanishi, ish vaqtining sarflanishi haqida axborot olish;
uzlyuksiz inventarizatsiya o‘tkazish, moddiy resurslar zaxiralari
o‘zgarishini qayd qilish va xarajatlarni batafsil ravishda tasniflash.
Hozirgi paytda axborot to‘plash, uni tashqil qilish va qo‘yilgan maqsadlarga
muvofiq yetqazib berishni amalga oshirishi lozim bo‘lgan axborot infratuzilmasi
yaratish (yoki yanada rivojlantirish) vazifasi qo‘yilmoqda.
Axborot infratuzilmasi – axborot kanallari va omborlari, axborot
texnologiyalari, axborotlashgan jamiyat faoliyatining huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy bazasi, shuningdek, axborot faoliyatini ta’minlaydigan boshqa usullar yig‘indisidir.
Asosiy vazifa – yaratilgan infratuzilma orqali logistika zanjirining barcha
bo‘g‘inlarini birlashtirishdir. Bu boshqaruv jarayoni qatnashchilari, shuningdek,
ta’minotchilar va buyurtmachilar o‘rtasida qalin aloqalar o‘rnatishga imkon beradi.
SHunday qilib, gap korxona ichida ma’lumotlar hajmini boshqarishdan tashqari
tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalar tijorat va tashqiliy jarayonlarini o‘z ichiga oladigan istiqboldagi va joriy rejalashtirish vazifalarini avtomatlashtirish haqida boradi.
Rejalashtirish sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri relevant axborot to‘liqligi va ishonchliligi, uni qayta ishlash tezligiga bog‘liq ekanligi sababli ishlab chiqarish tizimlarining ichki strukturasi umumiy tarmoqqa birlashadian boshqaruv punktlari bilan jihozlanishi lozim.
Hozirgi kunda axborot infratuzilmasining moddiy tarkibiy qismlari bevosita
kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadi. Moddiy resurslar
harakati axborot nazorati ma’lumotlar to‘plamini uzatish va saqlash uchun bu texnologiyalarni amalga oshirish kamida ikki taraflama foyda keltiradi. Birinchidan,
bunday tizim tobora murakkablashib borayotgan moddiy-texnika ta’minoti jarayonini boshqarishni yengillashtiradi. «Aniq muddatida» (JIT) «ehtiyojlarlar resurslarni rejalashtirish» (RP), «tejamkor ishlab chiqarish» (LP) va boshqa logistika
konsepsiyalarini amalga oshiruvchi ixcham va yuqori tashqil qilingan ishlab chiqarish tizimlari uchun kelib tushayotgan materiallar harakatini boshqarish o‘ta muhim sanaladi. Ikkinchidan, ta’minotga oid ma’lumotlar almashinishda axborot
infratuzilmasidan foydalanish zaxiralarni boshqarish samaradorligining o‘sishiga olib keladi, chunki moddiy oqim harakati haqida amalda bir lahzada ma’lumot olish
boshqaruv barqarorligini oshiradi va ishlab chiqarish riski darajasini pasaytiradi.
SHunday qilib, gap axborot oqimini belgilangan maqsadlarga muvofiq «tashqil
etish» imkonini beradigan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida boradi.
Axborot texnologiyasi (AT) – texnologik zanjirga birlashtirilgan, axborot
resursidan foydalanish jarayonlari mehnat sig‘imini pasaytirish hamda ularning
ishonchliligi va tezkorligini oshirish uchun axborot olish, saqlash, qayta ishlash,
tarqatishni ta’minlaydigan usullar, ishlab chiqarish jarayonlari va dasturiy-texnik
vositalar yig‘indisi. Zamonaviy logistika tizimlarida AT amalga oshirish qabul
qilinayotgan qarorlar samaradorligi, makrologistika va mikrologistikada unumdorlik va raqobatbardoshlik ortishiga yangicha turtki berdi. Bunda logistika AT rivojlantirish jarayonida beshta tendensiya etakchilik qiladi:
bir-biriga to‘g‘ri kelishni ta’minlash, ya’ni turli axborotlarni erkin
almashinish imkoniyati;
oraliq bo‘g‘inlarni tugatish;
axborot chegaralari va imkoniyatlarining kengayishi oqibatida
globallashuv;
axborot mazmunining kengayishi bilan asoslanadigan axborot oqimlari
murakkablashuvi;
konvergensiya, ya’ni axborot belgilarining bir-biriga o‘xshashi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling