51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri


Download 1.6 Mb.
bet12/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja
O‘rgimchak to‘rning bir chetida o‘ljasini poylab turadi, o‘lja to‘rga tushishi bilan maxsus signal iplari bu to‘g‘rida xabar beradi. Buni sezgan o‘rgimchak o‘ljasiga tashlanadi va uni ipi bilan o‘rab oladi. Keyin o‘ljasining tanasiga o‘tkir xelitserasini sanchib, so‘lagini yuboradi; uning tarkibidagi zahar hasharotni nobud qiladi. Uning ichki organlarini eritib, suyuq holga keltiradi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, o‘rgimchak o‘ljasining tanasini so‘ra boshlaydi. Ko‘p o‘tmay o‘ljadan faqat po‘st qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga ta’sir qilmaydi.


62-mavzu Butli o‘rgimchakning nafas olishi, qon aylanishi, ayirishi, ko‘payishi.


Nafas olishi. Butli o‘rgimchak o‘pka va traxeya orqali nafas oladi. Qorin qismining pastida bir juft nafas teshiklari o‘pka bilan bog‘langan. Teshiklar qopqoqchalar bilan yopilgan. O‘pkasi bir juft xaltachaga o‘xshash; xaltachada bargsimon mayda o‘simtalar bor. Bu o‘simtalarning yupqa devori orqali gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Traxeyalar qorin bo‘shlig‘ida tarmoqlangan havo tashuvchi naychalardan iborat. Bu naychalar o‘rgimchak qorin qismining ostki tomonida teshikchalar orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan (40-rasm).

40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 22 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez
Qon aylanish sistemasi. .Butli o’rgimchakning qon aylanish sistemasi daryo qisqichbaqasininkiga o’xshash bo’ladi .
Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bir juft shoxlangan malpigi naychalaridan iborat. Malpigi naychalari ichak bo‘shlig‘iga (o‘rta va orqa ichak chegarasida) ochiladi. Ayirish mahsuloti kristall shaklidagi qattiq moddadan iborat. O‘rgimchaklar suvni juda tejab sarflashi tufayli quruqlik muhitiga yaxshi moslashgan.O‘rgimchaklar qon aylanish va nerv sistemasi qisqichbaqasimonlarnikiga birmuncha o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. O‘rgimchaksimonlar—ayrim jinsli; urg‘ochisi erkagidan yirik, erkagi oyoq paypaslagichlarining uchi to‘g‘nog‘ichsimon- yumaloq shaklda, urg‘ochilarida esa ipsimon bo‘ladi. O‘rgimchaklar yozning oxirida juftlashadi. Urug‘langan urg‘ochi o‘rgimchak kuz kirishi bilan pilla ichiga tuxum qo‘ya boshlaydi. Bahorda shu tuxumlardan yosh o‘rgimchaklar chiqadi. Bir qancha vaqt o‘tganidan keyin ular shamol yordamida o‘rgimchak iplarida uchib, tevarak-atrofgatarqaladi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. O‘rgimchaklar o‘zgarishsiz rivojlanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling