51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi
-mavzu Qisqichbaqasimonlarning xilma – xilligi, ahamiyati
Download 1.6 Mb.
|
59-mavzu Qisqichbaqasimonlarning xilma – xilligi, ahamiyati.
Qisqichbaqasimonlar sinfi 45000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Eng yirik krablar Uzoq Sharq dengizlarida uchraydi (34-rasm). Kamchatka krabining og‘irligi 6—7 kg , uzunligi esa 1,5 m ga yetadi. Kamchatka krabi 20 yildan ortiq yashaydi; umrining 8—10-yilidagina ovlanadigan darajaga yetadi. Ochiq dengizlarda yashaydigan qisqichbaqasimonlardan omar- lar daryo qisqichbaqasiga o‘xshaydi, lekin mo‘ylovlari juda uzun bo‘ladi. Omarlarning uzunligi 80 sm, og‘irligi 15 kg gacha bo‘lishi mumkin. Dafniyalar. Dafniyalar gavdasi 1—3 mm kattalikda bo‘lib, orqa tomondan qattiq xitin sovut bilan qoplangan. Xitin sovut shaffof bo‘lgani uchun hamma ichki organlari yaqqol ko‘rinib turadi. 5 juft ko‘krak oyoqlarining asosida joylashgan jabralari yordamida nafas oladi. Dafniyaning bosh qismida ikki juft mo‘ylovi bo‘lib, ulardan bir jufti ancha uzun va juda ko‘p mayda shoxchalar hosil qiladi . Shoxlangan mo‘ylovlar — dafniyaning harakatlanish organi. Ular uzun shoxdor mo‘ylovlarini tepadan pastga siltab suzib yuradi. Bunday harakat burganing sakrashiga o‘xshaganligi tufayli dafniyalar «suv burgasi» deb atalgan. Sikloplar juda mayda (1 mm) qisqichbaqasimonlar. Uzun shoxlanmagan, eshkakka o‘xshash mo‘ylovlari yordamida harakatlanadi. Nafas olish organlari bo‘lmaydi. Tana yuzasi orqali nafas oladi.Siklopning bosh qismida faqat bitta oddiy ko‘zchasi bo‘lishi ularni shu nom bilan atalishiga sabab bo‘lgan (siklop yunon afsonalarida bir ko‘zli maxluq hisoblanadi). Sikloplar chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ular noqulay sharoitda qalin po‘stga o‘raladi. Bu davrda u qurg‘oqchilik va harorat ta’siriga juda chidamli bo‘ladi. Sistalar muzlagan yoki quruq tuproqda uch yil tirik saqlanib qolishi mumkin. Sikloplar erta bahorda yomg‘irdan yig‘ilgan ko‘lmak suvlarda tez ko‘payadi. Zaxkashlar quruqlikda yashashga moslashgan qisqichbaqasimonlar. Bir qancha turlari jabralar yordamida nafas oladi. Ularning jabra bo‘shlig‘ida doimo suv saqlanib qoladi. Birmuncha quruq iqlimda yashaydigan zaxkashlarning qorinoyoqlari asosida chuqurchalar bor. Bu chuqurcha- lardan ichki organlarga mayda naychalar tarqalgan. Chuqurchalarga kir- gan kislorod shu naychalar orqali organlarga o‘tadi. Shuning uchun ularni soxta traxeyalar deb ataladi. Cho‘l zaxkashlari soxta traxeya naychalari ancha yirik bo‘ladi. Qoraqum cho‘llarida yashaydigan zaxkashlar 60—100 sm chuqurlikda in quradi. Inda yil davomida deyarli bir xil harorat (10—25 0C) va nam saqlanadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling