51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-rasm. Hasharotlar bosh qismining tuzilishi


Download 1.6 Mb.
bet16/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
42-rasm. Hasharotlar bosh qismining tuzilishi: A – ustki va B – ostki tomondan ko‘rinishi: 1 – mo‘ylovlar; 2 –ko‘z; 3 – yuqori lab; 4 – yuqori jag‘; 5 – pastki jag‘; 6 – pastki lab
Kemiruvchi og‘iz organi og‘iz teshigining ustki tomonida joylashgan bitta yuqori lab, ikki yonida joylashgan ustki jag‘, og‘iz teshigi ostki tomoni ikki yonida joylashgan pastki jag‘ va uning ostida joylashgan pastki labdan iborat. Gullar shirasi va boshqa suyuq oziqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar (pardaqanotlilar)ning og‘iz organlari kemiruvchi-so‘ruvchi, o‘simliklar shirasi va qon so‘ruvchi hasharotlar og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi (qandala, iskabtopar, chivin, shira va boshqalar) bo‘ladi. Pashshalar xartumining uchi kengayib, yalovchi xartumni hosil qiladi.
Ko‘krak bo‘limi. Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi bir-biridan aniq ajralib turadigan uch bo‘g‘imdan iborat. Har bir ko‘krak bo‘g‘imida bir juftdan oyoqlari; o‘rta va orqa ko‘krak bo‘g‘imlarida esa bir juftdan qanotlari joylashgan.(43-rasm)

43-rasm. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi:A – orqa tomondan va B – qorin tomondan ko‘rinishi; D – uchayotgan qo‘ng‘iz: 1 – mo‘ylovlari; 2 – boshi; 3 – ko‘zi; 4 – ko‘krak bo‘limi; 5 – ustqanot; 6 – orqa oyoq; 7 – qorin; 8 – yurish oyoqlari; 9 – ostki qanot
Oyoqlarining tuzilishi hasharotlarning yashash muhiti bilan bog‘liq. Quruqlikda yashaydigan hasharotlarning oyoqlari yuguruvchi, sakrab harakatlanuvchi hasharotlarniki sakrovchi, suvda suzuvchi hasharotlarniki yassi kuraksimon, yirtqich beshiktervatarlarniki tutuvchi, gul changini yig‘uvchi hasharotlarniki to‘plovchi, tuproqda yashay­digan hasharotlarniki qazuvchi tipda bo‘ladi .
Hasharotlarning qanoti ham har xil tuzilgan. Qandalalar birinchi juft qanotining asosi qalinlashgan. Qo‘ng‘izlarning birinchi juft qanoti juda qalinlashib, qattiq xitindan iborat ustqanotni hosil qiladi. Ustqanot ostqanot va qorinni yopib tura- di. Kapalaklarning qanoti tanga- chalar bilan qoplangan. Pashsha va chivinlarning faqat bir juftdan qanoti saqlanib qolgan, ikkinchi jufti yo‘qolib ketgan. Bitlar, burgalar va ishchi chumolilarning qanoti butunlay rivojlanmagan.Qanotdagi tomirlar qanot plastinkasi uchun tayanch bo‘lishi bilan birga oziq moddalar va kislorodni qanot to‘qimalariga o‘tkazish vazifas­ini ham bajaradi. Tomirlarning tuzilishi hasharotlar sistematikasida muhim ahamiyatga ega.Qorin bo‘limi 9-11 bo‘g‘imdan iborat. Chigirtka, chirildoq, temirchak va yaydoqchilar urg‘ochi- sining oxirgi qorin sigmentida tuxum qo‘ygich o‘simtasi bo‘ladi. Ayrim hasharotlar qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imida zahar soluvchi nashtari bo‘ladi. Odatda urg‘ochi hasharotlarning qorin bo‘limi erkaklarnikiga nis- batan kengroq. Qorin bo‘limlarining pastki tomonida bir juft nafas olish teshiklari mavjud.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling