51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-mavzu 10-laboratoriya mashg‘uloti


Download 1.6 Mb.
bet19/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
69-mavzu 10-laboratoriya mashg‘uloti. Hasharotlarning tashqi tuzilishini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: bir necha chigirtka, yashil bronza qo‘ng‘iz, hasharotlarning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi rasmlar, kichik qaychilar, qo‘l lupasi va qisqichlar.
Mashg‘ulot o‘tkazishda oldindan quritib, kolleksiya qilingan yoki fiksatsiyalangan hasharotlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Hasharotlarning tashqi ko‘rinishini kuzating, tanasining uzunligi va rangini aniqlang.
2. Tanasining bosh, ko‘krak va qorin qismlarini aniqlab oling.
3. Bosh qismida joylashgan ko‘rish (ko‘zlar), hid bilish (mo‘ylovlar) va og‘iz organlari oddiy ko‘z bilan yoki lupa yordamida tekshiring. Mo‘ylovlarning tuzilishidagi farqni aniqlang.
4. Oyoqlarning tuzilishi, bo‘g‘imlarga bo‘linishi, tirnoqlari, oldingi va keyingi oyoqlarning tuzilishidagi farqni, oyoq bilan tana qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlang.
5. Ko‘krak bo‘limidagi ikki juft qanotlaridan birinchi jufti (ustki qanoti)ni qisqich yordamida ko‘tarib, ikkala juft qanotlarning bir-biridan farqi yoki o‘xshashligi aniqlang.
6. Qanotlarni qaychi yordamida kesib, qorin qismining tuzilishini ko‘zdan kechiring. Lupa yordamida qorin qismida joylashgan nafas olish teshiklarini toping.
22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi Hasharotlar jinsiy sistemasining tuzilishi. Bronza qo‘ng‘izining rivojlanishi, qurti va g‘umbagining tuzilishi. Chala o‘zgarish va to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish. Hasharotlar rivojlanishining asosiy bosqichlari.


Jinsiy sistemasi. Hasharotlar ayrim jinsli. Erkak hasharotlar qanotlarining kuchliroq rivojlanganligi, ancha rangdorligi, tanasi yuzasida turli o‘simtalar bo‘lishi, ayrim hollarda sayroqiligi bilan urg‘ochisidan ajra- lib turadi. Bu hodisa jinsiy demorfizm (di-ikki, morfo-shakl yoki ko‘rinish) deyiladi. Ayrim qo‘ng‘izlarning erkagi shoxli bo‘lishi va mo‘ylovlari uzun­ligi bilan urg‘ochisidan farq qiladi. Koloniya bo‘lib yashaydigan hasharot­lar oilasida turli vazifani bajaruvchi individlar, tashqi qiyofasi bilan bir- biridan keskin farq qiladi. Bu hodisa polimorfizm (poli—ko‘p, morfo-shakl, ko‘rinish) deb ataladi. Jinsiy bezlar bir juftdan: urg‘ochilarida tuxumdon, tuxum yo‘li, urug‘ pufagi, kuyikish organi bo‘ladi.
Ko‘payishi. Ko‘pchilik hasharotlar urug‘langan tuxum qo‘yadi. Tuxum urg‘ochisining tanasida urug‘langach, tashqariga chiqariladi. Hasharotlar orasida urug‘lanmagan tuxum qo‘yish, partenogenez (parteno—bokiralik, qizlik, genezis—ko‘payish) yo‘li bilan ko‘payadigan turlari ham bor. Partenogenez ko‘payishda urug‘lanmagan tuxumdan urg‘ochilar (o‘simlik shiralari) yoki erkaklari (asalarilar) rivojlanadi. Ko‘pincha partenogenez va urug‘lanib ko‘payish muhit sharoitiga bog‘liq bo‘lib, mavsumiy xarakterga ega.
Rivojlanishi.Hasharotlarning embrional rivojlanishi halqali chuval- changlarnikiga o‘xshab ketadi. Rivojlanish davrida embrion juda ko‘p halqalardan iborat davrni o‘tadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling