51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


-rasm.Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar


Download 1.6 Mb.
bet22/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
46-rasm.Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak;2 – chigirtka;3 – qora chirildoq;4 – sariq suvarak;5– suluv ninachi; 6 – to‘s hak qandalasi
Lichinka qornining uchki qismidagi traxeya jabralari yordamida nafas oladi. Ninachilar hayotining ko‘p qismini havoda o‘tkazadi. Ularni suv havzalari yaqinida doim uchratish mumkin. Voyaga yetgan ninachi zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Lichinkalari esa suv hayvonlari (baliq chavoqlari va yosh baliqchalar)ni tutib yeb, birmuncha ziyon keltiradi.O‘rta Osiyodagi tezoqar tog‘ daryolari yaqinida halqali tog‘ ninachisi, tog‘oldi, tog‘li mintaqalarda zangori ninachilar, ko‘l va tinchoqar suv yaqinida o‘q ninachilar va suluv ninachilar uchraydi. Ninachilarning bir qancha turlari Qizil kitobga kiritilgan.
To‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumi. To‘g‘ri qanotlilar—yirik hasharotlar bo‘lib, uzunligi bir necha sm ga yetadi. Tanasi cho‘ziq, bosh qismida yirik mu­rakkab ko‘zlari va uzun mo‘ylovlari bor. Og‘iz organlari kemiruvchi. Qanot­lari ikki juft, ustki qanoti ingichka va uzun, biroz dag‘alroq; ostki qanoti keng va yumshoq bo‘lib, tinch holatda ustki qanot ostida taxlanib turadi. Ko‘pchilik to‘g‘ri qanotlilarning keyingi oyoqlari sakrovchi tipda tuzil­gan. Urg‘ochilarining tuxum qo‘yuvchi organi rivojlangan. Ba’zi turlarida ovoz chiqarish va eshitish organlari bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilar juda keng tarqalgan, 20000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari yashil o‘simlik bilan oziqlanadi. Ular orasida ekinlarning xavfli zararkunandalari va yirtqich turlari ham bor. To‘g‘ri qanotlilar tuproqdagi maxsus ko‘zachaga to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Lichinkasi chala o‘zgarish bilan rivojlanadi. Ko‘pchilik turlari faqat yaqin masofaga uchadi. To‘g‘ri qanotlilar chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar (qora chigirtkalar) va yerqazarlarga bo‘linadi.Chigirtkalarmo‘ylovi boshqa to‘g‘ri qanotlilar (chirildoqlar, temirchaklar)ga nisbatan kaltaroq bo‘ladi. Ular orqa oyog‘ini ustki qa-noti tomiriga ishqalab ovoz chiqaradi. Eshitish organi oldingi qorin bo‘g‘inining yon tomonida joylashgan yupqa pardadan iborat.Ba’zan chigirtkalar juda tez ko‘payib ketib millionlab individdan iborat to‘da hosil qiladi. To‘da o‘z yo‘lida duch kelgan o‘simliklarni yeb ketishi natijasida katta tabiiy ofatga aylanishi mumkin. Chigirtkalarning bunday ko‘p miqdorda ko‘payishi ba’zan O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonda ham sodir bo‘lib turadi. Chigirtkalar Osiyo va Afrika mamlakatlarida qishloq xo‘jalik ekinlariga juda katta ziyon yetkazadi. Chigirtkalar orasida Osiyo chigirtkasi o‘simliklarga ayniqsa ko‘p zi­yon keltiradi. Bu chigirtka, odatda, qamishzor va to‘qayliklarda hamda yirik ko‘llar yaqinida hayot kechiradi. Chigirtka kamroq ko‘paygan yillari yakka-yakka bo‘lib yashaydi. Lichinkasi juda ko‘plab paydo bo‘lganida esa to‘da bo‘lish instinkti yuzaga chiqadi. Millionlab lichinkalar oziq qidirib yo‘lga tushadi va uchragan o‘simlikni yeb ketaveradi. Qanotli chigirt­kalar bir kunda 80—120 km masofaga uchib o‘tishi mumkin. Bunday to‘da kelib qo‘ngan joyda hech bir o‘simlik qolmaydi. Lekin tabiatda chigirtkalarning bunday ko‘payishi kam kuzatiladi.Temirchaklar mo‘ylovi tanasidan uzunroq bo‘ladi. Ularning uzun qilichsimon tuxum qo‘yuvchi organi bor. Yashil o‘simliklar orasida yirik yashil temirchak tez-tez uchrab turadi. U asosan o‘simliklar orasidan mayda hasharotlarni tutib yeydi. Erkak temirchaklar chirillagan ovoz chiqaradi. Ularning sayrashini, odatda, kunning ikkinchi yarmida, havo iliq bo‘lganda kechqurunlari va kechasi eshitish mumkin.Chirildoqlartanasining qoramtir rangi, tuxum qo‘yish organining uzun va to‘g‘ri bo‘lishi, ancha kuchli ovoz chiqarishi bilan boshqa to‘g‘ri qanotlilardan farq qiladi. Qishloq joylarda uy chirildoqlarining baland tovushi ba’zan kechalari kishiga uyqu bermaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling