Tеrmitlar turkumi. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar. Termitlar oilasi bittadan urg‘ochi va erkak termitlar hamda bir necha yuzdan milliongacha ishchi va qo‘riqchilardan iborat. Ona termit juda yirik, 10 yilgacha yashab, umr bo‘yi 115 mill iontagacha tuxum qo‘yadi. Ishchi termitlarning tanasi oq tusda bo‘lganidan, ularni ba‘zan oq chumolilar ham deyiladi. Ular voyaga yetmagan urg‘ochilar bo‘lib, in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi. Qo‘riqchi termitlarning boshi yirik, jag‘lari kuchli rivojlangan. Ular oilani qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Termitlar o‘simlikning yog‘ochlik qismi bilan oziqlanadi. Tropik o‘lkalarda termitlar yer yuzasidan 15 m gacha balandlikda in quradi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tuproq yuzasiga, shuningdek, shahar va qishloqlardagi binolarning yog‘ochlik qismiga turkiston termiti in quradi.
1. Ninachilar qanday tuzilgan?
2. Ninachilar qanday hayot kechiradi?
3. To‘g‘riqanotlilar qanday tuzilgan?
4. To‘g‘riqanotlilar qanday ziyon yetkazadi?
5. Nima sababdan qandalalar yarim qattiqqanotlilar deyiladi?
6. To‘shak qandalasi va hasva qanday ziyon yetkazadi?
7. Termitlar oilasi qanday individlardan iborat?
74-mavzu To‘liq o‘zgarish orqali rivojlanadigan hasharotlar turkumlari.Tangachaqanotlilar turkumi.
Tangachaqanotlilar turkumi. Karam kapalagi va tut ipak qurti kapalaklarining hayotiy jarayonlari, ko‘payishi va rivojlanishi. Ipak qurti boqish, ipakchilik. Tangachaqanotlilarning xilma – xilligi va tabiatdagi ahamiyati.
Qattiq qanotlilar (Goleoptera) turkumi Qattiqqanotlilar, ya’ni qo‘ng‘izlar keng tarqalgan hasharotlar bo‘lib, 350 mingga yaqin turi ma’lum Ularning qatttiq xitinlashgan oldingi qanotlari qalin ustqanotni hosil qilgan. Ostqanotlari yupqa pardasimon, ustqanot ostida taxlanib turadi. Ular uchganda ostki qanotlari samolyot propelleriga o‘xshab aylanadi; ustqanotlari esa ikki yon tomonga yoyilib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qo‘ng‘izlarning tanasi mustahkam xitin sovutga o‘ralgan. Ko‘pchilik qo‘ng‘izlarning oyoqlari yuguruvchi tipda tuzilgan. Suvda yashaydigan turlarining keyingi oyoqlari suzuvchi eshkakni hosil qiladi. Qo‘ng‘izlarning lichinkasi tuproq, suv yoki chirindilar orasida rivojlanadi. Qo‘ng‘izlar oziqlanish usuliga ko‘ra yirtqich, o‘simlikxo‘r va aralash oziqlanadigan guruhlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |