51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet26/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Yirtqich qo‘ng‘izlar. Yirtqich qo‘ng‘izlar turli zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi. Tosh va daraxtlar po‘stlog‘i ostida bog‘, poliz, o‘rmonlarda vizildoq qo‘ng‘izlar ko‘p uchraydi. Qo‘ng‘izlar va ularning qurtlari shilliqqurtlar, hasharotlarning lichinkasi va qurtlarini yeb foyda keltiradi. O‘rta Osiyoda yaltiroq, ustki qanotlari yashil yoki qizg‘ish rangda tovlanadigan suluv qo‘ng‘izlarni uchratish mumkin. Bu qo‘ng‘iz va uning qurtlari daraxtlarga zarar yetkazadigan kapalaklar qurti bilan oziqlanadi.O‘simliklarning zararkunanda qo‘ng‘izlari. Qo‘ng‘izlar orasida ko‘pchilik turlari o‘simliklar bilan oziqlanib, katta zarar yetkazadi. G‘alla va poliz ekinlari (kartoshka) ildiziga qirsildoq qo‘ng‘izlarning simqurt deb ataladigan lichinkasi ziyon keltiradi. Bu qo‘ng‘izlarni yelka tomoniga to‘nkarib qo‘yilsa, sapchib turib olishga harakat qilib, qirsillagan ovoz chiqaradi. Bug‘doy, mosh, loviya va boshqa donlarga juda kichkina ombor xartumli qo‘ng‘izi mita katta zarar yetkazadi. Bu qo‘ng‘izning bosh qismi uzayib, xartumchani hosil qiladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar donni kovlab, tuxum qo‘yadi. Lichinkasi donning mag‘izini yeb, o‘sha yerda g‘umbakka aylanadi. Bu qo‘ng‘izlar omborxonadagi donlar orqali tarqaladi. Uzoq saqlangan unda unqurtlarini uchratish mumkin. Ular ham qo‘ng‘izlarning qurti hisoblanadi. Un qurtlarining qo‘ng‘izlari unga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurt un bilan oziqlanib, un ichida g‘umbakka aylanadi.Plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlardan may va mart qo‘ng‘izlari turli daraxtlarning bargi bilan oziqlanadi. Ularning lichinkasi tuproqda 4—5 yil yashaydi. Daraxtlarning nihollari va turli o‘simliklarning ildizini kemi- rib, katta zarar yetkazadi. Qo‘ng‘izlarning yo‘g‘on va beso‘naqay qurti- ning tanasi yoysimon egilgan, yirik bosh qismi, qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Tuproq bilan to‘lgan ichagi terisidan yaxshi ko‘rinib turadi.Bargxo‘r qo‘ng‘izlar turli daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari bargini kemirib zarar keltiradi. Ular orasida kolorado qo‘ng‘izi eng xavfli hisob­lanadi. Asrimizning boshlarida u tasodifan G‘arbiy Yevropaga olib kelingan edi. Hozir bu qo‘ng‘iz kartoshka ekiladigan hududlarda tarqalgan. 80-yillarning o‘rtalarida zararkunanda O‘zbekistonning ayrim xo‘jaliklarida tarqala boshlagan. Kolorado qo‘ng‘izining ustki qanoti pushti rangda, qanoti bo‘ylab 10 ta qora chiziq o‘tgan. Old ko‘krak qismida 11 ta qoramtir dog‘lari bo‘ladi. Qo‘ng‘iz juda serpusht, urg‘ochisi 2400 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Qo‘ng‘izning ayniqsa, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qurtlari ko‘p zarar yetkazadi. Lichinka tuproqqa kirib g‘umbakka aylanadi. Bir mav- sumda qo‘ng‘izning 2—3 avlodi rivojlanadi. Go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar. Qattiq qanotlilar orasida bir qancha turlari hayvonlar ekskrimenti bilan oziqlanadi. Ular go‘ng yonida baquvvat tishli oyoqlari va boshi yordamida in qaziydi. Inga hayvonlar tezagini kolbasaga o‘xshatib joylashtiradi; go‘ngning pastki uchiga tuxumini qo‘yadi. Qurtlari go‘ng bilan oziqlanib voyaga yetadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling