51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi
Teng qanotlilar(Isoptera) turkumi
Download 1.6 Mb.
|
Teng qanotlilar(Isoptera) turkumi. Bu turkumga ikkala juft qanotlari ham bir xilda tuzilgan hasharotlar kiradi. Ularning og‘iz apparati sanchib- so‘ruvchi, o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Barcha turlari o‘simlik zararkunandalari hisoblanadi. Teng qanotlilarning ko‘pchiligi ancha mayda, uzunligi 1—2 mm, ba’zi turlari 18—20 sm ga yetadi. Bir qancha turlari partenogenez (urug‘lanmagan tuxum qo‘yish) ko‘payish xususiyatiga ega. Bu turkumga jizildoqlar, shiralar, qalqondorlar, barg burgalari va tripslar kiradi.Jizildoqlar — yirik jizildoqlarning erkaklari baland tovush chiqarib sayraydi. Tovush chiqarish organi qorin qismining birinchi bo‘g‘imi ostida joylashgan bir juft plastinkalardan iborat. Plastinkalar maxsus muskullar qisqarishi natijasida tebranib, ovoz chiqaradi. Jizildoqlarning lichinkasi tuproqda yashab, daraxtlar va butalar ildizi shirasini so‘rib oziqlanadi, lekin daraxtlarga katta ziyon yetkazmay- di. Jizildoqlar eng uzoq umr ko‘radigan hasharotlar.Shimoliy amerika jizildog‘ining lichinkasi tuproqda 17 yil yashagandan so‘ng voyaga yetgan hasharotga aylanadi. Voyaga yetgan jizildoqlar o‘simliklar yer ustki qismining shirasini so‘radi. Sayroqi jizildoqlar janubiy hududlarda, xususan, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Ularning bir maromda jizillagan tovushi yoz kunlari uzoqdan eshitiladi. Birmuncha kichikroq oddiy jizildoqlarning tovush chiqarish organi bo‘lmaydi. Ularning tuproqda yashovchi lichinkasi o‘simliklarga turli virusli kasalliklarni yuqtiradi.
Shiralar — juda keng tarqalgan mayda (1—7 mm) hasharotlar. Ular katta ziyon yetkazadi. Shiralar ko‘pincha juda tez ko‘payib, o‘simlik organlarida katta koloniya hosil qiladi. Ular o‘simliklar to‘qimasiga uzun xartumini tiqib olgach, uzoq vaqt qimirlamasdan uning shirasini so‘radi. Shiralar koloniyasi yosh novdalar va barglarni yoppasiga qoplab olishi mumkin. Zararlangan o‘simlik to‘qimalarida har xil shishlar, bo‘rtmalar va boshqa xil o‘zgarishlar kuzatiladi. Koloniyadagi ko‘pchilik individlar qanotsiz bo‘lib, partenogenetik urg‘ochilar hisoblanadi. Bahor va yoz davomida qanotsiz urg‘ochilar faqat urug‘lanmagan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Ular hayotining ma’lum davrida qanotli individlar paydo bo‘ladi va boshqa o‘simliklarga uchib o‘tib, yangi koloniyaga asos soladi. Kuzda partenogenetik urg‘ochilardan urug‘lanib ko‘payadigan qanotli erkak va urg‘ochilar paydo bo‘ladi. Bir mavsumda ularning 15— 20 avlodi rivojlanadi. O‘simliklar to‘qimasini so‘rayotgan shiralar ozig‘ining hammasini hazm qila olmay, uning bir qismini orqa chiqaruv teshigi orqali chiqarib turadi. Ana shu sababdan ularni shiralar deyiladi. Qorabog‘ chumolilari shiralar shirasini yalab yashaydi.Yashil shira olma, nok, behi kabi mevali daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Shaftoli shirasi shaftolining yosh novdalari va tanasi to‘qimalari shirasini so‘radi. Tokka tok shirasi—filloksera katta ziyon yetkazadi. Filloksera juda xavfli hasharot bo‘lib, tok bargi va ayniqsa ildizini so‘radi. qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling