51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet21/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
G‘umbakning xillari. Hasharotlarning g‘umbagi uch xil bo‘ladi. Ba’zi hasharotlarning g‘umbagi harakatchan erkin tipda bo‘ladi (arilar, qo‘ng‘izlar). Bunday g‘umbakning tanasida halqalar, boshlang‘ich mo‘ylovlar, og‘iz organlari, oyoqlar, qanotlar, ko‘zlar va voyaga yetgan hasharotlarga xos bo‘lgan belgilar yaxshi ko‘zga tashlanadi. Yopiq tipdagi g‘umbaklarda esa faqat bir-biriga zich tegib turadigan boshlang‘ich oyoqlarva qanotlari ko‘rinib turadi (kapalaklar). Ko‘pchilik kapalaklarning yopiq g‘umbagi pilla ichida bo‘lganidan ularda voyaga yetgan hasharotlarga xos belgilar umuman sezilmaydi. Uchinchi tipga bochkasimon g‘umbaklarkiradi. Ularda oxirgi lichinkalik po‘sti saqlanib qolgan (46-rasm).Hasharotlarning rivojlanish muddati har xil; ko‘pchilik hasharotlar juda tez rivojlanadi. Ular tuxumdan chiqqach voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaguniga qadar bo‘lgan hayoti generatsiya deyiladi. Generatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Masalan, uy pashshasining bitta generatsiyasi 14—33 kun, drozofila (meva pashshasi)niki 8—12 kun, may qo‘ng‘iziniki 4—5 yil davom etadi. Generatsiyasi uzoq davom etadigan may qo‘ng‘izi voyaga yetgan davrida atigi bir oy yashaydi.Hasharotlar juda serpusht bo‘ladi. Kapalaklar 100—2500, qo‘ng‘izlar 50—6000, ona asalari 1,5 mln gacha, ona termit yil davomida 30000 dan bir necha milliongacha tuxum qo‘yadi.
73- mavzu Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumlari.
Ninachilar, to‘g‘riqanotlilar turkumlarining umumiy xususiyatlari, asosiy vakillarining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, tarqalishi va ahamiyati


Ninachilar(Odonata) turkumi.Ninachilar—eng qadimgi hasharotlar. Gavdasi bosh, ko‘krak va uzun ingichka qorin bo‘limidan iborat Boshida kalta mo‘ylovlari, juda yirik murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz organ¬lari kemiruvchi tipda tuzilgan. Qanotlari ikki juft, qalin tomirlangan; qanoti tanasining ikki yon tomoniga yoyilib turadi. Shu sababli ular kunliklar bilan birga qadimgi qanotlilarga kiritiladi. Ninachilar yirtqich bo‘lib, turli mayda, asosan zararkunanda hasharotlar (chivin, pashsha, oqqanot va boshqalar) ni tutib yeydi. O‘ljasini havoda oldingi oyoq panjalari orasidagi to‘rga tushirib oladi.Ninachilar lichinkasi suvda rivojlanadi. Lichinkasining pastki lablari o‘zgarib, qisqichli niqobga aylangan. Qisqichlari yordamida mayda suv hayvonlari, baliq chavoqlari va itbaliqlarni tutib yeydi. (46-rasm)


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling