51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Beshiktervatarlar (Mantoptera) turkumi


Download 1.6 Mb.
bet23/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Beshiktervatarlar (Mantoptera) turkumi. Beshiktervatarlar—ancha yirik hasharotlar. Kattaligi 11 sm ga yetadi. Uchburchak shaklda bosh qismi juda harakatchan bo‘lib, uzun bo‘yin orqali tanasiga qo‘shilgan. Boshining yon tomonida fasetkali yirik murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz organlari kemiruvchi tipda. Ko‘kragining birinchi bo‘g‘imi cho‘zilib, bo‘yinga ay- langan. Qanotlari ikki juft, ayrim turlari qanotlari kuchsiz rivojlangan, ucha olmaydi.Beshiktervatarlarning birinchi juft ko‘krak oyoqlari tutuvchi organga aylangan. Bu oyoqlarning boldir qismi yon tomonidan yassilashgan, o‘tkir qirrasi esa mayda tishchalar bilan qoplangan. Boldirning ana shu tishchali qirrasi son qismidagi maxsus chuqurchaga kirib turadi. Beshiktervatarlar —yirtqich hayvonlar, ular o‘ljasini pistirmadan poylab turib tutadi. Biron xavf tug‘ilgudek bo‘lsa, ular oldingi oyoqlarini ko‘tarib, gavdasini sekin-asta ikki yon tomonga qimirlata boshlaydi.Bizning bog‘larimizda daraxt beshiktervatari, tog‘ oldi tumanlarida esa kalta qanot kulrang beshiktervatar, maysa o‘tlar orasida yashil beshiktervatarni uchratish mumkin. Beshiktervatarlar faqat issiq o‘lkalarda tar­qalgan. Ular Qrim, Kavkaz va O‘rta Osiyoda uchraydi. Beshiktervatarlar — juda foydali. Keyingi davrda ularning soni keskin kamayib ketmoqda.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang


73-mavzu Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumlari.
Qandalalar, termitlar turkumlarining umumiy xususiyatlari, asosiy vakillarining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, tarqalishi va ahamiyati.


Yarim qattiqqanotlilar(Hemiptera) (qandalalar) turkumi. Qanadalalarning oldingi qanotlari asosi qalinlashganligi va keyingi yarmi yupqa pardasimon bo‘lganligi bois yarim qattiqqanotlilar nomini olgan. Og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi tipda, ayrim turlari (masalan, to‘shak qandalalari)da qanotlar yo‘qolib ketgan.Ko‘pchilik qandalalar o‘simliklar shirasi bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi. Ulardan xasva g‘alla ekinlari shirasini so‘radi. Xasva so‘rgan don unib chiqmaydi.Daryolarning tinch oqadigan joylarida, ko‘llar va oqmaydigan boshqa suv havzalarida suv sathida sirpanib yuruvchi suv gazchilarini ko‘p uchratish mumkin. Ular suv yuzasidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Qandalalar orasida yirtqich turlaridan o‘t-o‘lan orasida yirik qizg‘ish halqali qandala ko‘p uchraydi. Ular zararkunanda hasharotlarning qo- nini so‘rib, foyda keltiradi.Qandalalarning ayrim vakillari odam va hayvonlarning qonini so‘rishga moslashgan. Qanotsiz to ‘shak qandalalari odam va sut emizuvchi hayvon­lar qonini so‘rib oziqlanadi. Ular bir necha oy oziqlanmasdan yashay oladi, hidni juda yaxshi sezadi. Odam va hayvonlarni hididan topadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling