51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi
Download 1.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74 mavzu To‘liq o‘zgarish orqali rivojlanadigan hasharotlar turkumlari.Tangachaqanotlilar turkumi.
- Tangacha qanotlilar (Lepidoptera) turkumi
Bo‘xcha qo‘ng‘iz—yirik go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlardan, tanasi 30—40 mm keladi. O‘rta Osiyo cho‘llarida ko‘p uchraydi. Bu qo‘ng‘iz odatda bahor oylarida harakatchan bo‘ladi. Ot, tuya, qo‘y va boshqa yirik hayvonlarning go‘ngidan shar yasab, dumalatib ketadi. Tuproqda in qazib uning ichiga shari bilan tushib oladi. Bir necha kun davomida qo‘ng‘iz sharni yeb bitiradi. Bo‘xcha qo‘ng‘izlar qurtlari uchun qora mollar go‘ngidan shar yasashadi, sharni tuproqqa olib kirgandan so‘ng unga noksimon shakl beradi. Uning ingichka tomoniga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi go‘ngning ichki tomonidan oziqlanib voyaga yetadi.Go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Ular yordamida hayvonlar go‘ngi parchalanib, tuproqqa aralashadi. Avstraliya qit’asida go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar kam bo‘lganligi sababli qo‘ylarning tezagi o‘tloqlarni ifloslantirib yuborgan, u yerda Afrika va Janubiy Amerikadan go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar keltirilgandan keyin o‘tloqlar tezakdan tozalandi.
74 mavzu To‘liq o‘zgarish orqali rivojlanadigan hasharotlar turkumlari.Tangachaqanotlilar turkumi. Tangachaqanotlilar turkumi. Karam kapalagi va tut ipak qurti kapalaklarining hayotiy jarayonlari, ko‘payishi va rivojlanishi. Ipak qurti boqish, ipakchilik. Tangachaqanotlilarning xilma – xilligi va tabiatdagi ahamiyati. Tangacha qanotlilar (Lepidoptera) turkumi kapalaklarning qanotlari mayda, rangli tangachalar bilan qoplangan. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Qurtlarining ko‘krak oyoqlari bilan birga 3—5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo‘ladi. Qorin oyoqlar bo‘g‘imlari bo‘lmasligi bilan haqiqiy ko‘krak oyoqlardan farq qiladi. Bosh qismida bir juft mo‘ylovlari va murakkab ko‘zlari bor. Uzun xartumi boshining ostida spiral shaklida taxlanib turadi. Ko‘pchilik turlari, ayniqsa tropik kapalaklar juda chiroyli bo‘ladi. Qanotlari rangi tangachalardagi pigmentlar bilan bog‘liq. Voyaga yetgankapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Gulga qo‘ngan kapalak xartumini yoyib, gulning ichiga botiradi va nektar so‘ra boshlaydi. Ayrim kapalaklar voyaga yetganda oziqlanmaydi.Kapalak qurtlarining og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Qurtlar o‘simlik to‘qimasi bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga katta ziyon yetkazadigan turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bir qancha kapalaklar qurtlari g‘alla, un, jun, mum va boshqa qimmatbaho mahsulotlar hamda materiallar bilan oziqlanadi.Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kechirishiga ko‘ra kunduzgi va tungi kapalaklarga bo‘linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko‘payishi sutkaning yorug‘ davriga to‘g‘ri keladi. Kech kirishi bilan ular pana joy topib, yashirinib oladi. Tungi kapalaklar kunduzi pana joyda yashirinib, kechqurunlari va tunda faol hayot kechiradi.Kunduzgi kapalaklar gavdasi bir tekis yo‘g‘onlikda, nisbatan ingichka, mo‘ylovlari to‘g‘nog‘ichsimon; qanotlari juda keng, qo‘nganida tanasi ustida vertikal taxlanib turadi. Ular sekin qanot qoqib uchadi. Tunlam kapalaklar qanoti qisqa va ensiz bo‘lib, qo‘nganida qorin qismini yopib, ikki tomonga yoyilib turadi. Tunlamlar tez-tez qanot qoqib uchadi.Ko‘pchilik kunduzgi kapalaklar katta iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Ular tabiatda odamga estetik zavq beruvchi hayvonlar sifatida himoya qilinadi. (47-rasm) Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling